Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU AKADEMIK LITSEYI O‘QUVCHILARI GERMANIYANING NUFUZLI OLIYGOHLARI TALABASIGA AYLANDILAR!

13:53, 26.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchilari xalqaro ta’lim maydonida yana bir katta muvaffaqiyatga erishdi. Litseyning bir guruh iqtidorli bitiruvchilari Germaniyaning nufuzli universitetlari talabasiga aylanish bilan birga, xalqaro grant dasturlarini ham qo‘lga kiritdilar.

Mazkur yutuq o‘quvchilarning puxta bilim olishi, xorijiy tillarni mukammal egallashi hamda ustozlarning fidokorona mehnati samarasi sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, Germaniyaning mashhur universitetlari va tayyorlov markazlariga qabul qilingan yoshlarning muvaffaqiyati litsey jamoasi uchun ulkan faxr bo‘ldi.

Xalqaro muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar:

Shahodjayev Azizxon Akmalxon o‘g‘li — Darmstadt texnika universiteti yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Germaniyaning Karlsruhe Studienkolleg tayyorlov dasturiga qabul qilinib, keyinchalik IT yo‘nalishida tahsil olish uchun nufuzli DAAD-Vollstipendium grantiga sazovor bo‘ldi.

Abdisheva Leyla Mashxurbekovna — Leipzig universitetining tarjimonlik fakultetiga qabul qilindi. Bundan tashqari, Heidelberg Studienkolleg hamda keyingi bosqichdagi oliy ta’lim uchun DAAD-Vollstipendium grantini qo‘lga kiritdi.

Egamqulova Munira Abdusalom qizi — Viadrina universitetining Iqtisodiyot fakultetiga talabalikka tavsiya etildi.

Qosimjonov Doniyorbek Qahramon o‘g‘li — Viadrina universitetining Iqtisodiyot fakultetiga qabul qilindi.

Nishonboyev Hasanboy Tursunali o‘g‘li — Kiel amaliy fanlar universitetining texnika yo‘nalishiga talaba bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, DAAD-Vollstipendium granti Germaniyada tahsil olishni istagan eng iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun ajratiladigan nufuzli xalqaro dasturlardan biri hisoblanadi. Ushbu grant nafaqat ta’lim xarajatlarini, balki talabalar uchun keng imkoniyat va xalqaro tajriba eshiklarini ham ochadi.

FarDU akademik litseyi o‘quvchilarining bunday yutuqlari yoshlarning ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini namoyon etmoqda. Bu esa kelgusida mamlakatimizning xalqaro ta’lim maydonidagi nufuzi yanada oshishiga xizmat qiladi.