Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDU YOSHLARIDAN YANA BIR G’ALABA!

14:21, 26.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti talabalari sport sohasida munosib natijalarni qayd etishda davom etmoqda. “Talabalar ligase” sport musobaqalarining chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika final bosqichida universitet jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli jamoalar ishtirokidagi musobaqalar yuqori raqobat va murosasiz bahslar ostida o‘tdi. Farg‘ona davlat universiteti sharafini himoya qilgan talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va sport mahorati bilan ajralib turdilar.

Musobaqa davomida jamoa a’zolari har bir uchrashuvda g‘alaba uchun qat’iyat bilan kurash olib borib, murabbiylar tomonidan berilgan taktik ko‘rsatmalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdilar. Ayniqsa, himoya va hujumdagi uyg‘un harakatlar, tezkor kombinatsiyalar hamda sportchilarning iroda va intilishi tomoshabinlar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Respublika final bosqichida qo‘lga kiritilgan ushbu natija universitetda sportni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasi hisoblanadi.

Universitet jamoasi sportchi talabalarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaydi.