Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDUDA “MILLAT SHAVKATI” MAVZUSIDA MA’RIFAT DARSI

14:46, 26.05.2026      

Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakultetida yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Millat shavkati” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbir talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Ma’rifat darsi fakultet boshlig‘i A. Rahimov tomonidan olib borildi. Mashg‘ulot davomida siyosatshunos Qudratilla Rafiqov muallifligidagi “Millat shavkati” maqolasining mazmun-mohiyati keng tahlil qilinib, unda ilgari surilgan milliy g‘urur, Vatanga sadoqat, ma’naviy yetuklik va yoshlar tarbiyasiga oid dolzarb fikrlar talabalarga atroflicha tushuntirildi.

Dars davomida xalqning kuch-qudrati, millat ravnaqi va davlat taraqqiyoti avvalo ma’naviy barkamol, bilimli hamda fidoyi yoshlar bilan chambarchas bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi. Talabalar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan mashg‘ulotda yurt tinchligini asrash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va ajdodlar merosiga munosib bo‘lish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda, shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda Vatan manfaatlariga sadoqat ruhini kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.