Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 518
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 62
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 52
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

UNIVERSITETDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISHGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

14:49, 26.05.2026      

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallalarda osoyishta muhitni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda profilaktika inspektorlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar, jamoatchilik faollari hamda universitet mas’ul xodimlari ishtirok etib, yoshlar orasida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, xavfsizlikni ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda so‘zga chiqqan O‘. Nabijonov Prezident qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, mahallalarda profilaktik faoliyatni samarali tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, M. Ahmadaliyev mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini mustahkamlash, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ular bilan manzilli ishlashning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Universitet profilaktika inspektori S. Umarov esa talaba-yoshlar orasida jinoyatchilik va turli salbiy holatlarning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtaldi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, xavfsiz va barqaror muhitni yaratishda ta’lim muassasasi, mahalla hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.