Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 520
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA “PREZIDENT ASARLARI BILIMDONI” TANLOVI

14:26, 04.06.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talaba-yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularda vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlov talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, mamlakat taraqqiyoti, yoshlar siyosati, ta’lim-tarbiya hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularni mutolaa va tahliliy fikrlashga undashga xizmat qildi.

Tanlov bir necha qiziqarli va mazmunli shartlar asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilar dastlab “Prezident asarlari bilimdoni” sharti bo‘yicha 20 ta savoldan iborat test sinovlarida qatnashib, o‘z bilim va tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar. Savollar Prezident asarlarida ilgari surilgan muhim g‘oyalar, islohotlar va davlat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oldi.

Shuningdek, “Men yoqtirgan asar” sharti doirasida talabalar Prezident asarlaridan o‘zlari uchun eng qiziqarli va ahamiyatli deb topgan kitoblar yuzasidan annotatsiyalar taqdim etib, asarlardan olgan taassurotlari hamda ularning bugungi yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tanlovning yana bir muhim bosqichi — “Prezident asarlarini keng targ‘ib etish” sharti bo‘lib, unda ishtirokchilar kitobxonlikni ommalashtirish, Prezident asarlarining mazmun-mohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha innovatsion g‘oya va tashabbuslarini taqdim etdilar. Ularning takliflari orasida kitobxonlik klublarini tashkil etish, interaktiv loyihalar, intellektual tanlovlar va raqamli platformalar orqali targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tibor qozondi.

Tadbir davomida faol va bilimdon talabalar o‘zlarining keng dunyoqarashi, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini namoyish etib, tanlovning yuqori saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.

“Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi talaba-yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda iste’dodli va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.