Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 520
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 404
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

NUFUZLI XALQARO E’TIROF!

15:55, 04.06.2026      

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun quvonchli voqealardan biri sifatida universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Inner Mongolia University of Technology tomonidan Faxriy professor unvoniga sazovor bo‘lgani munosabati bilan samimiy tabriklandi.

Mazkur faxriy unvon professor Bahodirjon Shermuhammadovning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish borasidagi samarali faoliyati hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi tashabbuslari e’tirofi sifatida taqdim etildi.

So‘nggi yillarda Farg‘ona davlat universitetida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yutuqlarda universitet rahbari sifatida professor Bahodirjon Shermuhammadovning tashabbuskorligi va fidokorona mehnati muhim o‘rin tutadi.

Faxriy professor unvoni nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki Farg‘ona davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzi va ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganining ham yorqin ifodasidir. Bu e’tirof universitetning dunyoning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy markazlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Universitet jamoasi professor Bahodirjon Shermuhammadovni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy, pedagogik va boshqaruv faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilaydi.

Mazkur xalqaro e’tirof Farg‘ona davlat universiteti uchun ham katta sharaf bo‘lib, ta’lim va ilm-fan rivoji yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasini namoyon etadi.