Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

ILMIY HIMOYA

15:04, 06.06.2026      

Farg‘ona davlat universitetida ilm-fan sohasidagi yutuqlar safi yana bir muhim natija bilan boyidi. Universitetning Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tadqiqotchi olimning 08.00.13 – Menejment ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.11.03 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Himoya jarayonida dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar, nazariy yondashuvlar hamda amaliy takliflar keng muhokama qilinib, turizm sohasini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy natijalarning dolzarbligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Tadqiqot ishida O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqarishning zamonaviy mexanizmlari, xizmatlar sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish hamda turizm infratuzilmasini samarali rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, sohaga oid boshqaruv metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan olib borilgan muhokamalar yakunida dissertatsiya ishi yuksak e’tirof etilib, 100 foiz ovoz bilan bir ovozdan ma’qullandi. Natijada Xomidov Qaxxorali Qurbonali o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga munosib ekanligi e’tirof etildi.

Ushbu yutuq nafaqat olimning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari samarasi, balki Farg‘ona davlat universitetida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yorqin natijasidir.