Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDU YENGIL ATLETIKACHILARI RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIDA

15:36, 06.06.2026      

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida Farg‘ona davlat universiteti sportchilari yengil atletika bahslarida munosib ishtirok etib, navbatdagi yutuqlarni qo‘lga kiritdilar.

Yengil atletikaning 400 metr masofaga yugurish yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda FarDU Sport faoliyati fakultetining 2-bosqich talabasi Bakirov Sarvarbek yuqori natija qayd etib, marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va faxrli 2-o‘rin hamda kumush medal sohibiga aylandi.

Shu bilan birga, fakultetning yana bir iqtidorli talabasi Raimova Mashxura ham musobaqada o‘zining mahorati va matonatini namoyon etib, 3-o‘rinni egalladi hamda bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli sportchilar o‘rtasida kechgan murosasiz bahslarda FarDU vakillari yuqori tayyorgarlik, chidamlilik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlari bilan ajralib turdilar. Ushbu natijalar universitet sportchilari salohiyati va murabbiylar tomonidan olib borilayotgan samarali tayyorgarlik jarayonining amaliy ifodasidir.

Mazkur yutuq nafaqat sportchilarimizning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Farg‘ona davlat universitetida yoshlar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin natijasidir.