Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 485
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

FARDU VOLEYBOL JAMOASI YARIM FINALDA

15:48, 06.06.2026      

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida o‘tkazilayotgan voleybol bahslarida Farg‘ona davlat universiteti jamoasi navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.

Nimchorak final uchrashuvida FarDU voleybolchilari Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda sportchilarimiz yuqori mahorat, kuchli iroda hamda jamoaviy hamjihatlik namoyon etib, raqibini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar.

Uchrashuv davomida har ikki jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Shunga qaramay, FarDU voleybolchilari hal qiluvchi daqiqalarda sovuqqonlik va qat’iyat ko‘rsatib, o‘yin taqdirini o‘z foydalariga hal qildilar. Ushbu g‘alaba jamoamizning musobaqadagi navbatdagi muvaffaqiyati bo‘lib, ularni yarim final bosqichiga olib chiqdi.

Talabalarimizning ushbu natijasi universitetda sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijasi ekanini yana bir bor tasdiqladi.