
Mazkur tanlov talabalarning siyosiy tafakkurini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. Dastlab fakultetlar kesimida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida 800 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar universitet bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Yakuniy bosqichda ishtirokchilar Prezidentimizning asarlari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga oid bilimlari asosida baholandi.
Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
1-o‘rin — Chet tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Rafiqova Nilufar Umidjon qizi;
2-o‘rin — Huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Habibullayev Muhammadrajab Obidjon o‘g‘li;
3-o‘rin — Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi Qodirova Mahliyo Qobiljon qizi.
G‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi nafaqat bilimlar sinovi, balki yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, davlat boshqaruvi, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy maydon sifatida ahamiyat kasb etmoqda.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining keng dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi va siyosiy-huquqiy bilimlarini namoyon etib, Prezidentimiz asarlarida ilgari surilgan g‘oyalarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatdilar.
Bugungi kunda Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularni ma’naviy barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgan loyihalar izchil davom ettirilmoqda. “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi ham ana shunday tashabbuslarning amaliy natijasi bo‘lib, yoshlarning bilimga intilishi va Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.