Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 521
  • Ko`rib chiqilganlar 487
    • Takliflar 63
    • Arizalar 405
    • Shikoyatlar 53
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU TALABALARI OSIYO CHEMPIONATIDA O‘ZBEKISTON SHARAFINI HIMOYA QILADI

12:35, 15.06.2026      

O‘zbekiston karate WKF milliy terma jamoasi Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun yo‘l oldi. Qit’aning eng kuchli karatechilari jam bo‘ladigan ushbu nufuzli musobaqa 2026-yil 14–23-iyun kunlari tashkil etilib, unda Osiyoning yetakchi sportchilari chempionlik uchun kurash olib boradi.

Mazkur yirik sport anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi safida Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati yo‘nalishining ikki nafar iqtidorli talabasi ham yurtimiz sharafini himoya qiladi. Xalqaro musobaqalar g‘olibi Mamayusuf Muqimjonov erkaklar o‘rtasida -75 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqsa, “Yoshlar ligasi” yetakchilaridan biri, xalqaro turnirlar sovrindori Humoyunmirzo Halimov -55 kilogramm vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi.

Har ikki sportchi ham so‘nggi yillarda xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etib, o‘z mahorati va qat’iyati bilan karate ixlosmandlari e’tiborini qozongan. Ularning Osiyo chempionatidagi ishtiroki nafaqat universitet, balki mamlakat karate sporti rivoji uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

FarDU jamoatchiligi va sport muxlislari yosh karatechilarning qit’a birinchiligidagi ishtirokini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Ishonamizki, ular musobaqada munosib ishtirok etib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taradi hamda xalqaro maydonda yangi yutuqlarga erishadi.

FarDU talabalari va murabbiylar jamoasi nomidan sportchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!