O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLIY TA`LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA KIRISH UCHUN HARBIY QISMLAR QO'MONDONLIGINING TYeGISHLI TAVSIYANOMALARIGA EGA BO'LGAN ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO'G`RISIDA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o`tab bo`lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida» 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-son qaroriga muvofiq, shuningdek harbiy qismlar qo`mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo`lgan, respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko`rgan abituriyentlar mehnatini rag`batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: