Bo`lim boshlig`i: Bazarbayeva Azizaxon Shokirovna
Bo`lim uslubchisi: Marhabo Abdurazzoqova Asrardin qizi
1992-yil 1-martda Farg`ona shahrida tug`ilgan.
Ma’lumoti bo`yicha mutaxassisligi: Boshlang`ich ta’lim
Michael Brody AQShlik professori “UniCEN” dasturi doirasida universitetda Tabiiy fanlar fakulteti va chet tillari fakulteti professor-o’qituvchi va talabalarga seminar-trening olib borgan
Qian Dandan, Xitoy Xalq Respublikasining Konfutsiy instituti o’qituvchisi Farg‘ona davlat universitetida jahon tarixi xitoy tili o‘qituvchisi sifatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Xanna Rotvell (LYNN) AQShlik o’qituvchi, “Fullbright English Teaching Assistant” dasturi doirasida chet tillari fakultetining xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi talabalariga va “English Access Microscholarship Program (Access)” loyihasi ishtirokchilariga ingliz tilidan dars o‘tadi.
Rayner Bleyh AQSH elchixonasining SES (Senior Executive Service) ingliz tili assistenti dasturi mutaxassisi ingliz tili va ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedralarida dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda
Denni Klapper Germaniyaning DAAD lektorlar dasturi doirasida nemis tili o‘qituvchisi, Farg’ona davlat universitetining chet tillari fakulteti, nemis va fransuz tillari kafedrasida nemis tili ta’lim yo‘nalishida nemis tilidan dars beradi
Bilol Koch Turkiyaning Hoji Bayram universiteti o’qituvchisi O’zbekiston tarixi kafedrasida tarix fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borgan
Bagautdinova Nailya Rossiya Federatsiyaning Qozon Federal Universiteti professori Iqtisodyot va servis kafedrasida Mikroiqtisodyot fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borgan
Lyudmila Valentinovna Rossiya Federatsiyaning Ural davlat pedagogika universiteti professori Boshlang’ich ta’lim kafedrasida “Matematika o’qitish metodikasi” fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borgan
Mamadaliyev Inomjon Tojikistonning Hojand davlat universiteti Universiteti tarix fanlari dokotori tarix ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Jahon tarixi“ fanidan dars mashg‘ulotlarini olib borgan
Xalqaro bo‘lim 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1996-2000 yillarda R.Zakirova,
2000-2002-yillar A.Yunusov, 2003-2004-yillar A.Yusupov, 2005-2008-yillar G.Xolmatdjanova, 2008-2011-yillar I.Zokirov, 2011-2014-yillar A.O‘rinboev,
2014-2020-yillar X.Sattarova, 2020-2021-yillar J.Nishonov bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat yuritganlar. 2021 yil iyul oyidan hozirgi kunga qadar S.To`ychiboyzoda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlab kelmoqda.
Xalqaro bo‘lim O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli xalqaro tashkilot, fondlar va ta’lim sohasi bilan bog‘liq dasturlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugungi kungacha universitetning xalqaro bo‘limi Yevropaning TASIS, TEMPUS, Erasmus+ dasturlari bilan, Germaniyaning DAAD, Gyote instituti, Robert Bosh fondi, Britaniya konsulligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreyaning KOICA agentligi, Xitoy Xalq Respublikasining Konfutsiy Instituti bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda universitetda Koreyaning KOICA agentligi, Konfutsiy Instituti, Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi hamda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi orqali mutaxassislar jalb qilinib, ular universitet talabalariga koreys, xitoy, nemis va ingliz tillaridan dars berib kelishmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Turkiya, Misr, Rossiya, Slovakiya va Ozarbayjon singari mamlakatlar, shuningdek, qo‘shni davlatlar ilmiy markazlarida, yetakchi o‘quv yurtlarida bo‘lib, u yerdagi ta’lim tizimi bilan tanishib malakalarini oshirib qaytdilar.
Universitetda muntazam ravishda xorijiy mehmonlar ishtirokida turli uchrashuvlar, tanlovlar, konferensiya va simpoziumlar o‘tkaziladi. Universitetga Germaniya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi va Hindiston davlatlarining Favqulotda va Muxtor elchilari bir necha bor tashrif buyurishgan.
Universitet professor-o‘qituvchilari Tempus dasturida faol ishtirok etib kelganlar. Mazkur dastur doirasida tayyorlangan “EUTraCeFer” va “UnIvEnt” loyihalari grant g‘olibi bo‘lgan. Loyihalar doirasida tashkil etilgan 2 ta markaz bugungi kunda ham faoliyat olib bormoqda.
2015-2018 yillar davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida qo‘lga kiritilgan grantlar asosida MODEHED, CACTLE va MAGNET loyihalari amalga oshirilgan. Shu bilan birga xalqaro grantlarni universitetga yanada kengroq jalb qilish maqsadida Erasmus+ Programme 2021/2027 va boshqa xalqaro donor tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan grantlar doirasida loyihalar tayyorlanmoqda.
2021-yilda Farg`ona davlat universiteti Qozon federal universitetining filologiya va madaniyatlararo instituti bilan rus filologiyasi bakalavr yo`nalishi bo`yicha qo`shma ta’lim dasturi va Vengriyaning Vengriya qishloq xo`jaligi va hayot fanlari universiteti bilan ”Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik” qo`shma fakultetini tashkil etdi. Ushbu tashkil etilgan yo`nalishlarda tahsil olgan talabalar bir vaqtning o`zida hamkor oliygoh talabalari ham hisoblanadilar. Tahsil yakunida talabalar xorijiy tajriba, bilim va ko`nikmalar bilan birga hamkor oliygoh diplomini ham qo`lga kiritadilar.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimiga bog‘lash va yaqinlashtirish borasida faoliyat olib borilyapti.
Xalqaro hamkorlik bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• Xorijiy mamlakatlar oliy o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik;
• Xorijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;
• Xalqaro anjumanlar (uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar) o’tkazish;
• Xalqaro ta’lim markazlarini ochish va faollashtirish;
• Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);
• FarDU vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha xorijga malaka oshirish, stajirovka o`tash, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish.