Fakultet dekani: Kaxarova Mavluda Mukaramovna
1960-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Filologiya fanlari nomzodi, professor
Qabul vaqti: Dushanba-shanba, 14:00-16:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
Uyali aloqa telefoni: (+99890) 160-44-77
E-mail: mavluda-ferg@mail.ru
Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Rajabov O‘tkirjon Xursanaliyevich
1986-yil 2-iyunda Sirdaryo viloyati Mehnatobod tumanida tug‘ilgan.
Qabul vaqti: dushanba-shanba 9:00-11:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
Uyali aloqa telefoni: (+99897) 132-17-27
e-mail: rajabov_77@mail.ru
O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Qo‘chqorov Isoxon Mo`sajonovich
1987-yil 14-iyul Farg'ona viloyati,O`zbekiston tumanida tug’ilgan
Mutaxasisligi: Lingvistika (ingliz tili)
Qabul vaqti: juma 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: (+99890) 805-07-68
E-mail: chet tillari@fdu.uz
O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Gafurova Nodira Ravshanovna
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1979-yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan.
Qabul vaqti: dushanba-shanba 9:00-11:00
Uyali aloqa telefoni: +998 91 691 05 05
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Fakultet 1970-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining chet tillarini o‘qitish bo‘limi negizida roman-german filologiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1999-yilda fakultet rus filologiyasi fakulteti bilan birlashtirilib, xorijiy filologiya, 2004-yili o‘zbek filologiyasi fakulteti bilan birlashtirilib, filologiya fakulteti tashkil topgan. 2014-yildan chet tillari fakulteti qayta tashkil etilgan.
Fakultetda 1961-yildan ingliz tili, 1966-yildan nemis tili, 1994-yildan fransuz tili, 2019-yildan gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lgan qo‘yilgan. 1991-1999-yillari sharq tillari (arab tili, fors tili), 2008-2013-yillari sharq tillari (xitoy tili) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. 2014-yildan buyon xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 2016-yildan xorijiy til va adabiyoti (nemis tili, fransuz tili) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2011-yildan boshlab Lingvisitika (nemis tili), 2013-yildan Lingvisitika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №PQ-1875-sonli qarori qabul qilingandan so‘ng xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan talab va soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortdi. Natijada 2014-yilda chet tillari fakulteti filologiya fakultetidan ajrab chiqdi.
2020-2021-o‘quv yilida mavjud 4 ta ta’lim yo‘nalishining 72 ta akademik guruhida 1682 nafar, shundan 521 nafari kechki ta’lim shaklida (265 nafari davlat granti, 1417 nafari to‘lov kontarkt asosida) tahsil olmoqda.
Hozirda chet tillari fakulteti tarkibida 4 ta – ingliz tili, nemis va fransuz tillari, tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari, gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kafedralarda 6 nafar fan nomzodi va filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsentlar hamda 100 dan ortiq yuqori malakali professor-o‘qituvchilar magistr va talabalarga bilim bermoqdalar.
Fakultet talabalarining 1 nafari Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.
Talaba va magistrantlarning til bilish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Germaniyaning Robert Bosh fondi, SES tashkiloti va AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda xorijlik nemis tili, fransuz tili, ingliz tili mutaxassislari o‘quv jarayonlariga jalb etilmoqda.
tamomlagan o‘nlab talabalar Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya singari davlatlarda magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
INGLIZ FILOLOGIYASI KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1990 yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan
Mutaxasisligi: adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti)
Qabul vaqti: dushanba-seshanba 14:00-16:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
Uyali aloqa telefoni: (+99891) 329-00-92
E-mail: d.mirzayeva@pf.fdu.uz
Mamlakatimiz mustaqillik deb atalmish buyuk maqomga ega bo‘lgan kundan buyon barcha sohalardakeng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, taraqqiyotimiz bardavomligini belgilovchi bu kabi islohotlar ta’lim jarayonlarini ham to‘laqonli qamrab oldi.
Islohotlarni amaliyotga joriy qilish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida ham qator ishlar olib borilmoqda. Filologiya fakulteti tarkibidan chet tillari fakultetining alohida ajralib chiqishi bu boradagi muhim bosqich bo‘ldi.
Ingliz filologiyasi kafedrasida hozirda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari, jumladan, 2 ta bakalavriat va 1 ta magistratura yo‘nalishi faoliyat ko‘rsatmoqda:
1.60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
2.61010500- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)
3.70230101- Lingvistika (ingliz tili)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan har bir viloyat hamda tumanlarda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida respublikamizning har bir hududlarida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish, malakali gid va tarjimon mutaxassislarini ta’minlab berish maqsadida 2019-2020-o‘quv yilida Ingliz filologiyasi kafedrasida yangi yo‘nalish “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)” yo‘nalishi ochildi. Bugungi kunda 100 nafardan ortiq talabalar mazkur yo‘nalishda tahsil olmoqda.
2024-yilda ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, Ingliz tili kafedrasi 2 ta kafedraga:
Har bir kafedrada hozirda malakali va tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedraga 1962-1974-yillarda Y.S.Saidov, 1974-1976-yillarda T.S.Jo‘rayev, 1976-1981-yillarda B.S.Rajabov, 1982-1986-yillarda M.S.Pudovkina mudirlik qilishgan. Universitet tashkil topgandan so‘ng, kafedra mudiri lavozimida 1991-1995-yillarda Y.S.Saidov, 1995-1998-yillarda A.M.Kuldashev, 1998-2000-yillarda T.M.Ibragimov, 2000-2004-yillarda M.M.Axmedova, 2004-2015-yillarda G.M.Qosimovalar, 2015-2016-yillarda filologiya fanlari nomzodi D.A.Ganiyeva, 2016-2017-yillarda filologiya fanlari nomzodi dotsent S.O.Solijonov, 2017-2022-yillarda katta o‘qituvchi D.S.Usmonovaishlaganlar, 2022-yil sentabr oyidan kafedrada filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.I.Mirzayeva rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan, 1 nafar fan doktori va 9 nafar falsafa doktorlari faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar 2015-2025-yillar davomida O‘zMU, FarDU Mintaqaviy markazida hamda BIMMda malaka oshirgan va barchasi ijobiy natija ko‘rsatgan. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari xalqaro va milliy C1 darajali sertifikatlarga ega.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar darslarni sifatli o‘tilishini ta’minlash maqsadida fan dasturlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratib boradilar. 2015-2025-yillar mobaynida yaratilgan uslubiy ishlar jumlasiga quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin: S.Fazildinovaning “Yozma tarjima (written translation)”, Sh.Dadabayevaning “Theory and practice of translation”, D.Ganiyevaning “Linguapragmatics” nomli darsliklari yaratildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 2015-2025-o‘quv yillarida 30 dan ortiq monografiyalar, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar,30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar hamda 3 ta elektron darsliklar yaratildi va amaliyotga joriy etildi.
2015-2025-yillar mobaynida ushbu kafedra tashabbusi bilan bir nechta xalqaro va respublika miqyosida konferensiyalar o‘tkazildi. Ushbu konferensiyalar respublikamiz ta’lim dargohlarida chet tillarini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati, dars jarayoni sifatini oshirishda jahon standartlariga mos keluvchi metodlarning afzalliklari haqida so‘z yuritish va ularni amaliyotda qo‘llash, respublikamiz va qator xorijiy mamlakat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba va fikr almashish, bugungi kun fan taraqqiyotida bahs munozaralarga sabab bo‘layotgan tarjimashunoslik masalalarini har tomonlama yoritish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ular jumlasidan quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin:
2016-yilda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Til o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2017-yil “Kognitiv tilshunoslik va filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidarespublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2018-yil 20-aprelda “Komparavistikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2020-yil 15-iyunda Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “Chet tillarini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2021-yil 22-aprelda “Amaliy tilshunoslikning fanlararo masalalari: masofaviy ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2022-yil 25-mayda “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;
2023-yil 18-oktabr kunida “Current problems of modern linguistics and an innovative approach in teaching foreign languages” 4-xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
2024-yil 18-mayda “Language identity in the digital age: social media, online communication and language use” mavzusidagi 5-xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Yuqoridagi o‘tkazilgananjumanlardaxorijiy davlatlar va respublikamizda filologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ilmiy xodim, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari o‘z maqola va tezislar bilan ishtirok etdilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro bazaga kiritilgan va xorijiy nashrlarda, OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida o‘z maqolalarini nashr etib kelmoqdalar. 2015-2016-o‘quv yilida kafedrada 7 ta, 2016-2017-o‘quv yilida 7 ta, 2017-2018-o‘quv yilida 8 ta, 2018-2019-o‘quv yilida 5 ta, 2019-2020-o‘quv yilida 12 ta, 2020-202-o‘quv yilida 15 ta, 2021-2022-o‘quv yilida 35 ta, 2022-2023-o‘quv yilida 130 dan ortiq, 2023-2024-o‘quv yilida 150 dan ortiq va 2024-2025-o‘quv yilida 115 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.
Ushbu kafedra o‘qituvchilari talabalarning nafaqat o‘qish jarayonini, balki ularning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Talabalarning turli miqyosdagi tanlovlarda ishtirok etishlarida amaliy yordam ko‘rsatib, ularga yo‘l-yo‘riq berib boradilar. Jumladan, yo‘nalish talabasi Qurbonova Mushtariybegim Baxtiyorjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi Qaroriga binoan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ultimate Frisbee” xalqaro turnirida Respublika miqyosida bizning talabalar faxrli 2-o‘rinni olishga muyassar bo‘ldilar. Bundan tashqari, 2021-yilda Mirzaahmedov Mirjalol (M.O‘ktamova rahbarligida), 2023-yilda Jalolov Zafar (D.Usmonova rahbarligida), 2024-yil Rajabova Nigina va Anvarjonova Zarifa (D.Usmonova rahbarligida), Abduvaliyeva Farangiz(D.Ubaydullayeva rahbarligida) Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.
Shu bilan birga, ingliz tili yo‘nalishi talabalari har yili Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Xatamov Hoshimbek 2016-yil O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida ingliz tili fanidan faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Lingvistika: ingliz tili magistrantlari Z.Dadaxonova va N.Irgashevalar universitetlararo talabalarining almashinuvi dasturi bo‘yicha Slovakiyaning Koshitse shahridagi Pavol Yojef Shafarik Universiteti bilan Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasidaInternational Credit Mobilityloyihasi bo‘yicha, L.Uzakova Xorijiy loyiha dasturi doirasidagi universitetlararo professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuviga mo‘ljallangan Fulbright Teaching Excellence and Achievement (Fulbright TEA) dasturi bo‘yicha AQShning Nevada universitetiga almashinuv dasturi bo‘yicha tahsil oldilar.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlari bo‘yicha iqtidorli talabalar D.Nematullayeva va D.Odilovalar AQSh mamlakatida, O.Sultonxonova Fransiya davlatida, M.Mansurxujayeva va Z.Sultonovalar Rossiya federatsiyasida, K.Nurmatova, B.Ibrohimov, M.Mirzayeva, M.Muxtorova, O.Shodmatova, O.O‘rmonjonova, N.Isroilova, M.Akbarov, A.Bektemirov,G.G‘aniyeva, G.Gofurov, S.Olimjonova, M.Aliyeva, M.Mirganovlar Qirg‘iziston Respublikasida tajriba almashib keldilar. Qo‘shni respublikalardagi universitetlardan akademik almashinuv dasturlari doirasida 30 nafardan ortiq talabalar kafedramizda tahsil oldilar.
Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari oxirgi yillarda ilmiy sohada ham yutuqlarga erishmoqdalar. Jumladan, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz fan doktori va falsafa doktori ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lmoqdalar. Ulardan 2022-yilda D.Mirzayeva falsafa doktori ilmiy darajasiga, 2023-yilda D.Ganiyeva fan doktori ilmiy darajasiga, N.Aliyeva va S.Azimovalar falsafa doktori ilmiy darajasiga, 2024-yilda D.Usmonova, N.Mahmudova, S.Yusupova, N.Komilovalar falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldilar. 2025-yilda M.Nasriddinov falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Qolgan o‘qituvchilar tomonidan ham falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
2021-yilda Farg‘ona davlat universiteti Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi doirasida Amerika Kengashi tomonidan olib borilgan UniCEN xorijiy loyixasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha koordinatori ingliz filologiyasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori D.Usmonova tayinlandi. Loyiha davomida Zoom dasturi orqali tabiiy fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun bir nechta uchrashuvlar va vebinarlar o‘tkazildi. Loyixa doirasida 2021-yil oktabr oyida AQSh Vashington shtati Amerika universiteti professori Maykl Brodi universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor Brodi o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashib, master-klasslar o‘tkazdi, bir necha xorijiy kitoblarni sovg‘a qildi.
Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining 2021-yil 21-oktabrdagi OC-23-02 xatiga muvofiq , vakolatxona tomonidan Going Global Partnership (Oliy ta’lim sohasida islohotlar) dasturida ishtirok etish uchun Farg‘ona davlat universiteti ingliz filologiyasi kafedrasi saralab olindi. “Change academy” loyixasi ishtirokchilari tomonidan yosh o‘qituvchilar va talabalarga seminar-trening o‘tkazildi, hamda jamoa noyabr-mart oylarida tashkil etilgan seminar-treninglarda qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, malaka va ko‘nikmalarini oshirib bormoqdalar. 2019-yilda D.S.Usmonova SlovakiyaningKoshitse shahridagi Pavel Yozef Shafarik Universiteti bilan Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasida International Credit Mobilityloyihasi bo‘yicha stajirovkada bo‘lib qaytdi. 2023-yilda D.Ismoilova AQShning Michigan Universitetida, 2023-2025-yillarda D.Mirzayeva, D.Ganiyeva, N.Aliyeva, D.Usmonova, S.Yusupova, N.Mahmudova, S.Azimovalar Turkiya, Hindiston va Qozog‘iston kabi dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar va seminar-treninglar o‘tkazdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-sonli va 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori ijrosi bo‘yicha xalqaro xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xorijdan mutaxassislar jalb etilgan. 2018-2020-yillarda AQSh elchixonasi ko‘ngillisi Greham Derri, 2021-yilda Keyt Bridjmen va 2022-2024-yillarda Mery Strabalalar kafedrada 2 yil muddatda faoliyat kursatdi. Ular “The English Language Fellow Program” dasturi asosida talabalarga belgilangan fanlardan dars o‘tish bilan birga professor-o‘qituvchilarga ingliz tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha haftaning har juma kuni seminar-trening, talabalar uchun esa to‘garak mashg‘ulotlarini olib bordi.
2018-yil oktyabr-noyabr oylarining 4 hafta muddatga Germaniyaning “Malakali ekspertlar xizmati” bo‘yicha ingliz tili mutaxassisi Brigitte Myuller-Grayf tashrif buyurdi va o‘qituvchilarga master-klasslar o‘tkazdi va ingliz tilini mukammal o‘rganishda talabalarga amaliy darslar o‘tdi.
2019-yil 8-15-dekabr kunlarida Birlashgan Arab Amirligining King Saud Universiteti (King Saud University) professori Reyma Al-Jarfi ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga ma’ruza o‘qidi.
2022-yil 19-apreldan 13-maygacha Germaniyaning malakali ekspertlar xizmati dasturi (Senior Experten Service) mutaxassisi Dirk Heinrich Andersen ham kafedrada professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga “Asosiy o’rganilayotgan til aspektlari” fanidan 20 soat dars mashg‘ulotlariniolib bordi.
Hindiston Respublikasi Allahabad universiteti Rajarshi Tandon Mahila Mahavidyalaya kolleji chet tillari fakulteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shamenaz Banoni 2023-yil 23-28-oktabr kunlari Ingliz filologiyasi kafedrasiga tashrif buyurib, “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fanidan talabalarga oʻzining malakali oʻqitish usullaridan foydalangan holda oʻz bilimlarini ulashdi.
Yuqoridagi kabi tashabbuslar, ya’ni xorijiy til egalarining tashrifi, master-klass darslar, malaka va tajriba almashish o‘qituvchi va talabalarda tilga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi.
Ingliz filologiyasi kafedrasi yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ko‘plab ishlar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari respublika, viloyat, shahar va universitet tadbirlarida faol qatnashib kelmoqdalar.
Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari har yili o‘tkaziladigan xalqaro festivallarda, Yoshlar forumlarida va viloyat hokimligi tomonidan tashkillangan biznes-forumlarda tarjimon sifatida ishtirok etadilar. Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Universiada – 2016”da ingliz tili yo‘nalishi talabalari va professor o‘qituvchilari faol ishtirok etib, ko‘plab faxriy yorliqlarni qo‘lga kiritganlar. Talabalarni yuksak ma’naviyatli va madaniyatli inson qilib tarbiyalash yo‘lida ham kafedrada qator tadbirlar tashkillanib kelinmoqda. Talabalar guruh murabbiylari rahbarligida muntazam ravishda Respublikamizning diqqatga sazovor joylariga, qadimiy shaharlariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida Ingliz filologiyasi kafedrasida ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha, kitobxonlik kechalari, insholar tanlovlari o‘tkazilib kelinmoqda. “Sunny books” nomli telegram tarmog‘ida kutubxona gruppasi tashkil qilinib, unda Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik (ingliz tili) yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etmoqdalar. Ushbu onlayn kutubxonada o‘zbek, ingliz va jahon adabiyotining yorqin asarlaridan namunalar o‘rin olgan. Kitobxonlar o‘rtasida “Eng yaxshi qisqa hikoya tarjimasi chellendji” nomli tanlov e’lon qilingan bo‘lib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari ulashildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqamasi Furqat tumani Xalq ta’limi bo‘limi Mamlakatimizda pandemiya davrida tumanimiz ingliz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish uchun o‘zining telegram messendjeridagi “Sunny books” guruhi orqali kitobxonlikni keng targ‘ib qilganligi, ingliz tilidan audio va video resurslar, onlayn videodarslar orqali o‘qituvchilarimiz va o‘quvchilarimizga bergan ilmiy va metodik yordamlari uchun kafedra a’zosi A.Sh.Bazarbayeva tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Har yili ushbu kafedra a’zolari tomonidan tashkillangan “Mening sevimli kitobim” deb nomlangan tadbirda maktab va maktab-internatlarga tashriflar buyurilib, esdalik uchun kitoblar taqdim etilmoqda. Fakultet xotin–qizlar kengashi raisi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini bilan hamkorlikda 3- va 9-TTJlarda hamda akademik guruhlarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda.
Ingliz filologiyasi kafedrasida har yili kafedra a’zolari tomonidan bir qancha to‘garaklar tashkillangan bo‘lib, unda yo‘nalish talabalari faol ishtirok etmoqdalar. N.Mahmudovaning 3-TTJda olib borilayotgan “English has no equals” nomli to‘garagi, M.O‘ktamovaning “Tarjimon” to‘garaklarida talabalar faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Har oyda ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari maktab, akademik litsey va kollejlar o‘qituvchilari hamda amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan birgalikda ingliz tili o‘rganish jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitish maqsadida metodik seminarlar, master-klasslar o‘tkazadilar.
Har yili yuzlab bitiruvchi talabalar o‘qishni tamomlab, mehnat shartnomalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar.
Ingliz filologiyasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o`qituvchilar
1. |
Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna |
Kafedra mudiri |
1990-yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda NamDU adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. |
2. |
Ganiyeva Dildoraxon Azizovna |
Professor |
1986-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda NamDU Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi professori v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
3. |
Аliyeva Navruza Xabibullayevna |
Dotsent v.b |
1988-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda FarDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). |
4. |
Usmonova Dona Sotvaldiyevna |
Dotsent v.b |
1975-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda FarDU german filologiyasi (ingliz tili) yo‘nalishini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). |
5. |
Azimova Sayyora Xusanboyevna |
Katta o‘qituvchi |
1986-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda NamDU adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
6. |
Yusupova Sabohatxon A’zamjonovna |
Katta o‘qituvchi |
1986-yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). |
7. |
Maxmudova Nargiza Ravshanovna |
Katta o‘qituvchi |
1977-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda FarDU filolog, ingliz tili o‘qituvchisi yo‘nalishini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
8. |
Usmonova Shahnoza Yoqubjon qizi |
Katta o‘qituvchi |
1992-yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda NamDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
9. |
Nasridinov Muxridin Vaslidin o‘g‘li |
Katta o‘qituvchi |
1994-yilda Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda FarDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). |
10. |
O‘ktamova Moxigul Xamidullo qizi |
Katta o‘qituvchi |
1993-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2015-yilda O‘zDJTU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
11. |
Karimova Shaxloza Boyqo‘zi qizi |
Katta o‘qituvchi |
1991-yilda Furqat tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda FarDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
12. |
Аxmadjonova Shaxnoza Tolibjon qizi |
O‘qituvchi |
1995-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2020-yilda FarDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
13. |
Jurayev Islomjon Mamasadikovich |
O‘qituvchi |
1990-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan. 2017-yilda FarDU lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2024-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
14. |
Ubaydullayeva Durdona Raxmonjon qizi |
O‘qituvchi |
1994-yilda Uchko‘prik tumani tumanida tug‘ilgan. |
15. |
Madraximova Nasiba Numanjanovna |
O‘qituvchi |
1987-yilda Oltiariq tumani tug‘ilgan. 2024-yilda Buyuk Britaniya Reading Universitetini ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2025-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
16. |
Amonova Dilnozaxon Ilxomjon qizi |
O‘qituvchi |
1998-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2021-yilda Toshkent shahridagi Webster universitetini tamomlagan. 2025-yildan Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
INGLIZ TILI AMALIY KURSI KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Аbbasova Nargiza Kabilovna
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
1976 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan
Mutaxasisligi:Ingliz tili va adabiyoti mutaxassisligi
Qabul vaqti: dushanba-seshanba 14:00-16:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
Uyali aloqa telefoni: (+99893) 976-40-00
E-mail: abbasovanargiza@gmail.com
1962 yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutida chet tillar kafedrasi sifatida tashkil topgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-dekabrdagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi PF-269-sonli Farmoni. 2023-yil "Ma'muriy islohotlar doirasida oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini usamarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-200-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda universitetda malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida kafedralar faoliyatini muvofiqlashtirish va universitet kuzatuv kengashining 30-yanvardagi 1-yig'ilishi qaroriga asoslanib, Chet tillari fakulteti "Ingliz tili" kafedrasi negizida va "Ingliz tili amaliy kursi" kafedrasi tashkil etildi. 2024-yilning fevral oyidan boshlab kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Nargiza Kabilovna Abbasova rahbarlik qilib kelmoqda.
Ushbu kafedrada jami 24 nafar professor- o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Professor- o‘qituvchilarning 19 nafari asosiy, 5 nafari ichki o‘rindoshlik asosida ishlab kelmoqdalar.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi bakalavriatning 2 ta taʼlim yo‘nalishi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda mas'ul hisoblanadi:
1. 5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
2. 5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)
Kafedrada 7 nafar PhD darajasi va 1 nafar ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilar:
1. Abbasova Nargiza Kabilovna “Методика обучения пословицам и поговорокам английского языка учащихся общеобразовательных школ”;
2. Gafurova Nodira Ravshanovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim jarayonida tolerantlik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”;
3. Dadabayeva Shirin Shuxratovna “Tilda qiyoslash munosabatini ifodalashning tizimli tadqiqi”;
4. Nurmatova Munisxon Mashrabovna “Ingliz va O‘zbek tillarida ijtimoiy yuz (face) hodisasini voqelantiruvchi vositalarning lingvopragmatik tadqiqi”;
5. Karimjonova Shahloxon Ravshanojonovna “O‘zbek va Ingliz tillarida kauzativ fe’llar taqiqi”;
6. Adamboyeva Nafisa Qodirberganovna “Ingliz va O‘zbek tillarida hushmuomalalik kategoriyasining aksiolingvistik tahlili”;
7. Porubay Igor Feliksovich “Axborot texnologiyalari diskursi va uning hozirgi davr til manzarasidagi o‘rni”;
8. Sotvaldiyeva Hilolahon Musinovna – 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya halqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan dotsent ilmiy unvoniga hamda PhD ilmiy darajaga ega bo‘lgan.
2023-2025-yillarda fakultetda faoliyat olib borgan xorijiy professor-o‘qituvchilar:
Meri Strabala (Strabala Mary) 2022-o‘quv yili 9-sentabr kunidan chet tillari fakulteti talabalariga ingliz tilidan dars o‘tib kelmoqda. Bundan tashqari, ingliz tili o‘qituvchilarining malakalarini oshirish maqsadida Meri Strabala seminar-treninglar o‘tkazdi.
Hozirgi kunda SES tashkiloti eksperti, doktor Lilo Elba kafedra o‘qituvchilarining malakasini oshirish uchun seminarlar va master-klasslar o‘tkazmoqda.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida QS reytingida ro‘yhatidan o‘rin olgan Top-1000 talik universitetlarda ma’ruza qilgan professor-o‘qituvchilar soni 6 nafarni tashkil etadi:
1. Abbasova Nargiza Kabilovan – Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamda Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti;
2.Gafurova Nodira Ravshanovna - Turkiyaning Haccettepe Universitetida,Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamda Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti;
3. Dadaboyeva Shirin Shuxratovna – Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamda Hindiston davlatiningjawaharlal nehru universiteti;
4. Sotvaldiyeva Hilola Musinovna - Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti;
5. Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna - Hindiston davlatiningjawaharlal nehru universiteti;
6. Nurmatova Munisxon Mashrabovna – Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dotsenti Abbasova Nargiza Kabilovna hamda Gafurova Nodira Ravshanovna, Turkiyaning Haccettepe Universitetida tashkil etilgan “Uluslararasi marmara bilimsel araştirmalar ve inovasyonkongresi” ilmiy amaliy konferensiyasida “Linguistic study of tourism in Uzbek and English Languages” va “Exploring linguo-pragmatic features: expression of refusal and surprises in Russian and English” mavzularida ma’ruza qildilar.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida QS reytingi ro‘yhatidan o‘rin olgan Top-1000 talik universitetlarda turuvchi OTMlarga stajirovka uchun yuborilgan professor-o‘qituvchilar:
1. Ortiqov Rustam Аbdumalik o‘g‘li - Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti tarkibidagi Yelabuga institiutida 144 soatlik “Oliy ta’limda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va interfaol shakllari va metodlari” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
2. Dushatova Shohsanam Baxtiyor qizi - Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti tarkibidagi Yelabuga institiutida 144 soatlik “Oliy ta’limda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va interfaol shakllari va metodlari”;
3. Abbasova Nargiza Kabilovna - Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida 144 soatlik “Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilik mahoratini oshirish”;
4. Sotvaldiyeva Hilola Musinovna - Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida 144 soatlik “Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilik mahoratini oshirish”;
5. Gafurova Nodira Ravshanovna - Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida 144 soatlik “Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilik mahoratini oshirish” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 4-bosqich 20-124 guruhi talabasi Odilovca Durdona AQShning Gergia College state university universitetida akademik almashinuvi bo‘yicha tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Chet tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi 4-bosqich 20-124 guruhi talabasi Mirzayeva Muazzam Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyalar dasturi doirasida Slovakiyaning Pavel Jozef Shafarik universitetida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi haqida (monografiya): Kafedra bo‘yicha jami– 5 ta monografiyalar mavjud bo‘lib, ulardan 2ta xalqaro va 6 ta respublika miqyosida chop etilgan:
1. Abbasova Nargiza Kabilovna (Respublika va Xalqaro);
2. Gafurova Nodira Ravshanovna (Respublika hamda Xalqaro);
3. Adamboyeva Nafisa Qodirberganovna (Respublika);
4. Nurmatova Munisxon Mashrabovna (Respublika);
5. Karimjonova Shaxlo Ravshanjonovna (Respublika);
6. Dadboyeva Shirin Shuxratovna (Respublika va Xalqaro).
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi haqida (darslik va o‘quv qo‘llanma) 6 ta:
1. Fazildinova S.N. “Yozma tarjima” (Written translation”)-Darslik;
2.Dadaboyeva Sh. Sh. “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”–Darslik;
3. Dadaboyeva Sh. Sh. “Theory and the practice of translation”–Darslik;
4. Karimjonova Sh. “Introduction to Germanic Philology” –O’quv qo’llnama;
5. Abbasova N. K. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” –Darslik;
6. Gafurova N.R. “Comparitiva Typology” – Darslik.
Elektron xisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hamda mualliflik huquq obyektlarini depotentlash to‘g‘risida guvohnomalar: 15 ta.
2023-2024 hamda 2024-2025 o'quv yillarida president granti va davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar:
1. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi 4-bosqich talabasi Shikina Anastasiya Aleksandrovna.
2. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi 4-bosqich talabasi Norinboyeva Durdona.
3. O`zbekiston Respublikasi Prezident grand sohibi Mustafoyeva Saida.
4. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi 4-bosqich talabasi Anvarjonova Zarifa Abrorjon qizi;
5.Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi 3-bosqich talabasi Rajabova Niginaxon Raxmatullayevna;
6. Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Chet tillari fakulteti, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi 3-bosqich Abduvaliyeva Farangiz Salohiddin qizi
Hozirda kafedrada doktorlik dissertatsiyalari ustida 12 nafar professor-o‘qituvchilari ish olib bormoqdalar.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida har bir oyda 9-TTJda kafedra kunlari tashkil etilib, unda TTJda Zakovat tanlovlari, huquqshunoslik bo‘yicha talabalar bilimini boyitish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda, talaba qizlar orasida milliy taomlar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o`qituvchilar
1. | Аbbasova Nargiza Kabilovna | Kafedra mudiri, Dotsent | 1976-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda FarDUni Ingliz tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2017-yildan ingliz tili kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida 2024-yil fevraldan ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
2. | Gafurova Nodira Ravshanovna | Dotsent | 1979-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda FarDUni roman-german filologiyasi (ingliz tili); pedagog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.2000-yildanFargʻona viloyati 1-iqtidorli bolalar maktab internati oʻqituvchisi,2002-yildan Fargʻona shaxar 1-kattalar oʻqitish markazi oʻqituvchisi, 2006-yildan Fargʻona davlat universiteti magistri, 2008-yiladan Fargʻona davlat universiteti Fakultetlararo chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi, 2018-yildan Fargʻona davlat universiteti Tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasi katta oʻqituvchisi (oʻrindoshlik asosida ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi), 2023-yildan Fargʻona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi v.b. dotsenti, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi v.b. dotsenti lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
3. | Ergasheva Nigora Qurbonovna | v.b. dotsent | 1974 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Farg‘ona davlat universitetini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 2015 yildan buyon tabiiy yo`nalishlar bo`yichachet tillari kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda |
4. | Dadabayeva Shirinxon Shuxratovna | Katta o‘qituvchi | 1992-yilda Qirgʻiziston Respublikasi Bishkek shaxrida tug‘ilgan. 2015-yildan Fargʻona davlat universiteti magistranti, 2017-yildan Fargʻona davlat universiteti chet tillarini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2021-yildan Fargʻona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, 2022-yildan Fargʻona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti, 2023-yildan Fargʻona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
5. | Nurmatova Munisxon Mashrabovna | Katta o‘qituvchi | 1974-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda FarDUni German Filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2018-yildan ingliz tili kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
6. | Аxmedova Miyassar XXX | O‘qituvchi | 1953-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1976- yilda FarDUni chet tillar, ingliz tili va nemis tili mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2018-yildan ingliz tili kafedrasida,2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
7. | Mirzayeva Gulbaxor Soxibovna | O’qituvchi | 1986-yilda Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda FarDUni lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yildan ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
8. | Ortikov Rustamjon Аbdumalik o‘g‘li | O‘qituvchi | 1990-yilda Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda FarDUni lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yildan ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
9. | Dushatova Shoxsanam Baxtiyor qizi | O‘qituvchi | 1994-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2021-yilda FarDUni lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2021-yildan ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
10. | Adamboyeva Nafisa Qodirberganovna | O‘qituvchi | 2019-yildan Termiz Davlat Universiteti magistranti, 2021-yildan,Termiz Davlat Universiteti stajyor oʻqituvchisi, 2022-yildan, Termiz Davlat Pedagogika Instituti oʻqituvchisi, 2023-yildan Fargʻona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasio‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
11. | Ganiyeva Malika Sadikjonovna | O‘qituvchi | 1985-yilda Fargʻona viloyati Quvasoy shahrida tug‘ilgan. 2007-yildan, Quvasoy shahar sanoat kasb-hunar kolleji ingliz tili oʻqituvchisi, 2019-yildan Fargʻona davlat universiteti Lingvistika (ingliz tili) yoʻnalishi magistranti, 2021-yildan Fargʻona davlat unversiteti Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
12. | Karimjonova Shahloxon Ravshanjonovna | O‘qituvchi | 1994-yilda Fargʻona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda,Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, 2015-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali akademik liseyi ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2019-yilda Fargʻona shahar 6-oʻrta taʼlim maktabi ingliz tili fanioʻqituvchisi, 2020-yilda Fargʻona davlat universiteti magistri, 2022-yilda Fargʻona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
13. | Mamadaliyeva Zaxro Shuxratjon qizi | O‘qituvchi | 1994-yilda Fargʻona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan.2017-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani 90-maktabi Ingliz tili oʻqituvchisi, 2020-yilda Margʻilon shahar 18-maktabi ingliz tili oʻqituvchisi,2020-yilda Fargʻona davlat universiteti magistranti, 2022-yilda Fargʻona shahar 13-sonli maktabi ingliz tili oʻqituvchisi, 2023-yilda Fargʻona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
14. | Mirzayeva Gulbahor Sohibovna | O‘qituvchi | 1986-yilda Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumanida tug‘ilgan.2011-yilda Chirchiq shaxar Akademik litseyida ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2018-yilda Termiz shaxar 9-oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, 2019-yilda Termiz Davlat Universiteti magistranti, 2020-yilda Fargʻona davlat universiteti magistranti, 2021–yilda Fargʻona davlat unversiteti Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
15. | Ortiqov Rustamjon Abdumalik oʻgʻli | O‘qituvchi | 1990-yilda Fargʻona viloyati, Buvayda tumani tug‘ilgan.2014-Margʻilon shahar umumiy oʻrta taʼlim maktabi ingliz tili oʻqituvchisi, 2015–yildan Margʻilon shahar 1-Davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabi ingliz tili oʻqituvchisi, 2019-yildan Fargʻona davlat universiteti talabasi (magistratura), 2021-Fargʻona davlat unversiteti Ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
16. | Umirziyayev Umidjon Maxammadjonovich | O‘qituvchi | 1990-yilda Toshkent viloyati Yangi yoʻl shaxrida tug‘ilgan.2013-yilda Fargʻona tumani kompyuter texnologiyalari kolleji ingliz tili oʻqituvchisi, 2015-yilda Janubiy Korea “Pay Chai” universiteti magistranti, 2018-yilda Smart oʻquv markazi ingliz tili oʻqituvchisi, 2021-yilda Fargʻona davlat universiteti tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillari kafedrasioʻqituvchisi, 2023-yilda Fargʻona davlat universiteti ingliz tili kafedrasi oʻqituvchisi, 2024-yil fevraldan ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisilavozimida faoliyat olib bormoqda. |
NEMIS VA FRANSUZ TILLARI KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1991-yil Rishton tumanida tug‘ilgan.
Mutaxasisligi: Lingvistika (nemis tili)
Qabul vaqti: dushanba-chorshanba 10:00-16:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
E-mail: xasanovaozoda51@gmail.com
1962-yilda chet tillar kafedrasi sifatida tashkil topdi. 1994-yildan boshlab fransuz tili yo‘nalishi tashkil etilib, kafedra “Nemis va fransuz tillari kafedrasi” deb yuritila boshlandi.
Nemis va fransuz tillari kafedrasi a’zolari qiyosiy tilshunoslik, nemis va fransuz tillari o‘qitishning dolzarb muammolari bilan samarali shug‘ullanib kelmoqda. So‘nggi yillarida kafedradaQ.Kaxarov, R.Axrorova, Z.Yigitaliyeva, Z.Abdullayev, Sh.Asqarova, O.Dadajonov, N.Ahmadjonov, Sh.Yusufjonova, Sh.Akbarova, A.Axtyamovlaro‘zlarining PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarining ilmiy-ijodiy izlanishlarida yaqindan ko‘maklashib keladilar. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotgan talabalar respublika, viloyat miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadilar. Nemis va fransuz tillari yo‘nalishi talabalari orasida 4 nafar Prezident stipendiyasi sovrindorlari, 2 nafar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, 10 nafar Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari, 4 nafar Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Oratorlik” tanlovi va 6 nafar Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Fronkofoniya” bayrami g‘oliblari yetishib chiqdi.
2024-2025 o‘quv-yilida kafedrada 9 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafarpedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar dotsent, 6 nafar o‘qituvchi, 1 nafar DAAD lektori asosiy shtatda hamda 3 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida, jami 27 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim bermoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari nemis va fransuz tili fanining uch tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslik nazariyasi, til tarixi, shuningdek uslubshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi.
Kafedra 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) va 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti(fransuz tili) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr hamda 70230101-Lingvistika (nemis tili)va 70230101-Lingvistika (fransuz tili)mutaxasisligi bo‘yicha magistrlar ilmiy muassasalar hamda umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, kollej va litseylar uchun nemis va fransuz tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlaydi.
Kafedra Germaniyaning Robert Bosh fondi bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. 2015-2016 o‘quv-yilida germaniyalik nemis tili mutaxassisi Simona Helmshrott, 2016-2017 o‘quv-yilida Ingrid Landes, 2017-2018-2020 o‘quv-yillarida esa Karina Guseva faoliyat ko‘rsatdi. Karina Guseva “Mamlakatshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqot”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati va ana’nalari”, “Matnlingvistikasi”, “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Xorijiy mamlakat lingvistik nazariyasi” kabi fanlardan mashg‘ulotlar olib bordi.
Bugungi kunda kafedra Germaniyaning DAAD, Gyote institute va Darmshtat universitetlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. Hozirda kafedrada DAAD lektori Frank Richter faoliyat yuritmoqda. Kafedradailmiy salohiyati 68foizni tashkil etadi. Kafedra doktoranti (DSc) Ziyodbek Abdullayev “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Germaniyaning Regensburg universitetida PhD ilmiy-tadqiqot ishini himoya qildi. Hozirda universitetning 2-kurs dokroranti (DSc). A.Axtyamov va Q.Sh.Kaxarovlar hozirdadoktorantura (DSc) da 1-kursda ehsil olmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari Sh.Aripova, G.Astonova, S.Tolanov va Sh.Jurayevalarning ilmiy-tadqiqot ishi yakunlangan va himoya qilish arafasida.
Mazkur o‘quv-yilida magistratura Lingvistika (nemis tili) ixtisosligida ta’lim oluvchilar soni 4 nafarni tashkil qilmoqda. Lingvistika (fransuz tili) ixtisosligida esa 6 nafar magistrantlar ehsil olmoqda.
Nemis va fransuz tillari kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar
№ | F.I.SH | Lavozimi | O‘zi haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi | Kafedra mudiri | 1991-yil 21-iyunda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika (nemis tili). 2016-2020-yillar Farg‘ona politexnika institutida nemis tili o‘qituvchisi, 2021-yilda stajyor-tadqiqotchi, 2022-yilda tillarni o‘rgatish kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.Nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi, 2024—yil 7-noyabrdan nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri. |
2 | Kaxarov Qobiljon Shuhrat o‘g‘li | f.f.f.d.,(PhD), dotsent | 1990-yil 11-sentyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2014-yil O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika (nemis tili). 2014-2017-yillar Farg‘ona davlat universiteti nemis va fransuz tillari kafedrasida nemis tili o‘qituvchisi, 2017-2020-yillar Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, 2020-2021-yillar Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2021-yildan nemis va fransuz tillari kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik |
3 | Dehqonov Islom Teshayevich | Dotsent v.b | 1958-yil 17-oktabrda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: fransuz va ingliz tillari o‘qituvchisi. 2008-2022-yillar nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. 2022-yil nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
4 | Zinnatullina Asiya Xalilovna | O‘qituvchi | 1953-yil 29-aprelda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 1976-yilSamarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: filolog. 2013-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. |
5 | Axmadjonov Nurbek Zokirovich | f.f.f.d.,(PhD), dotsent v.b. | 1990-yil 20-sentyabr Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida tug‘ilgan. 2013 yil Farg‘ona davlat universitetining lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika(nemis tili).2022-2024 – yy. Nemis fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2024-yil 4-noyabrdan kafedra dotsenti. v.b. |
6 | Yigitaliyeva Zilola Muratovna | f.f.f.d.,(PhD), dotsent v.b | 1989-yil 9-iyunda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda O‘zJTU n tamomlagan. Mutaxassisligi: lingvistika (nemis tili) o‘qituvchisi. 2013-2022-yillar nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. 2022-yil nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
7 | Merganova Nigora Mirodilovna | f.f.f.d.,(PhD), dotsent v.b. | 1982-yil 28-avgustda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: xorijiy tillar, nemis tili o‘qituvchisi. 2012-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti nemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. |
8 | Yusufjonova Shahlo Muxtorovna | f.f.f.d.,(PhD), dotsent v.b. | 1974-yil 17-aprelda Andijon viloyati, Marxamat tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: filolog, germanist nemis tili o‘qituvchisi. 2017-yildan buyon nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
9 | Abdurazzaqov Yusufjon Ismoilovich | o‘qituvchi | 1972-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1997-yil Farg‘ona davlat universitetining lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2020-yildan nemis va fransuz tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
10 | Aripova Shodiyaxon Mahmudovna | o‘qituvchi | 1976-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. 1998-yil Farg‘ona davlat universitetining lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2020-yildan nemis va fransuz tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
11 | Astanova Go‘zalxon Raxmonaliyevna | O‘qituvchi | 1989-yil 4-aprelda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: filolog, nemis tili o‘qituvchisi. 2020-yildan buyonnemis va fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. |
12 | Husanboyev Sadafbek Yorqinjon o‘g‘li | f.f.f.d.,(PhD), katta o‘qituvchi | 1996-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetining lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2020-yildan nemis va fransuz tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
13 | Jo‘rayeva Shalola Xusanboyevna | o‘qituvchi | 1991-yil 15-avgust Namangan viloyati, Pop tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika fransuz tili. 2021-yildan buyon Nemis fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. |
14 | Akbarova Shahlo G‘aniyevna | f.f.f.d.,(PhD), katta o‘qituvchi | 1986 -yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tugatgan. 2009-yildam buyon Nemis fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi |
15 | Richter Frank | o‘qituvchi | 1963-yilda 22-fevralda Germaniyaning Frankfurt shahrida tug‘ilgan. 1990-yildaFrankfurt universitetlarini tamomlagan. 2023-yildan boshlab Farg‘ona davlat universitetining nemis va fransuz tillari kafedrasida DAAD lektori sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. |
16 | Pazilova Zilola Shuhratovna | f.f.f.d.,(PhD), katta o‘qituvchi | 1985 yil 29 iyunda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2017 yilda Farg‘ona davlat universitetining lingcistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. 2017 yildan buyon nemis va fransuz tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
17 | To‘lanov Sobitjon Xudoberdi o‘g‘li | o‘qituvchi | 1995-yil 26-iyul Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2022-yilda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi: Lingvistika fransuz tili. 2022-yildan buyon Nemis fransuz tillari kafedrasi o‘qituvchisi. |
18 | Dadajonov Oybek Zokirovich | f.f.f.d.,(PhD), katta o‘qituvchi | 1989-yil 1-mart Rishton tumani Qayrag‘och qishlog‘ida tug‘ilgan. 2013 yil Farg‘ona davlat universitetining lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika (nemis tili). 2023-yilda buyon Nemis fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
19 | Olimjonov Sarvarbek Abdusalom o‘g‘li | f.f.f.d.,(PhD), katta o‘qituvchi | 1991-yil 30-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2015-yil Farg‘ona davlat universitetining Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika (nemis tili). 2024-yil 20-dekabrdan buyon Nemis fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
CHET TILLARI KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Asqarova Shahnoza Ismailovna
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1975-yil Andijon shahrida tug‘ilgan.
Mutaxasisligi: filolog, germanist nemis tili o‘qituvchisi
Qabul vaqti: dushanba-shanba 10:00-16:00
Ish telefoni: (+99873) 244-66-02
1966-1967 o‘quv-yilida chet tillar kafedrasi tarkibidan fakultetlararo chet tillar kafedrasi ajrab chiqdi. 1966-yilda kafedraning dastlabki mudiri sifatida D.K.Savchenko faoliyat olib borgan. Kafedrada ingliz va nemis tillari yo‘nalishi bo‘yicha amaliy, nazariy mashg‘ulotlar ham olib borilgan. Chet tili fanidan dars mashg‘ulotlarini dastlab Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlab, yo‘llanma bilan Farg‘ona pedagogika institutiga kelgan S.S.Subanqulov (1962-1965), P.F.Sayfullayeva (1987-yilda pedagogika fanlari nomzodi bo‘lgan), A.A.Agzamov, M.J.Jalilovlar olib borgan.
Kafedraga 1967-1977-yillarda M.G.Qurbonov, 1977-1981-yillarda N.L.Nesterenko, 1982-1985-yillarda D.A.Ahmadaliyeva, 1986-1992-yillarda D.Yu.Qambarova mudirlik qilgan.
1992-yilda Farg‘ona davlat universitetida tillar kafedrasi negizida fakultetlararo chet tillar kafedrasi tashkil etilib, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi O.M.Shamsutdinova mudir etib tayinlangan.
1997-yilda xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan e’tibor hamda nofilologik ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida chet tillariga ajratilgan o‘quv yuklamalari hajmining oshishi natijasida fakultetlararo chet tillar kafedrasi negizida uchta kafedra tashkil etildi.
1. Iqtisod fakulteti chet tillar kafedrasi (kafedra mudiri T.Yuldashev).
2. Gumanitar yo‘nalishidagi chet tillar kafedrasi (kafedra mudiri D.Ahmadaliyeva).
3. Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi chet tillar (kafedra mudiri D.Qambarova) faoliyat olib borgan.
2000-yili nofilologik ta’lim yo‘nalishlariga xizmat qiladigan “Chet tillari” kafedralari qayta birlashtirilib, ularning negizida chet tillar kafedrasi tashkil etilgan. 2000-2004-yillari kafedra mudiri lavozimida pedagogika fanlari nomzodi, dosent D.Yu.Qambarova faoliyat yuritgan.
2004-2005-yillarda ushbu kafedraga filologiya fanlari nomzodi O.Mamaziyayev, 2006-2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dosent D.Yu.Qambarova mudirlik qilgan. 2012-yilda “Chet tillar” kafedrasi “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasiga aylantirilgan.
Kafedrani 2012-2016-yilda katta o‘qituvchi N.Ergasheva, 2016 -2017 o‘quv-yilida filologiya fanlari nomzodi, dosent S.Solijonov va katta o‘qituvchi R.Soliyev boshqarganlar. 2017-yildan buyon kafedra mudiri lavozimda V.Abdurahmonov ish olib bormoqda.
Universitet rektorining 2019-yil 4 noyabrdagi 989- sonli buyrug‘iga muvofiq fakultetlararo chet tillari kafedrasi negizida “Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari” va “Gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari” kafedralari tashkil etildi. 2023-yildan boshlab “Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari” va “Gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari” kafedralari negizida “Chet tillari” kafedrasi tashkil etildi.
Chet tillari kafedrasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar RO‘YXATI
№ | Familiyasi va ismi | Lavozimi | O‘zi haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Asqarova Shahnoza Ismailovna | Kafedra mudiri | 1975-yil 30 iyulda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: filolog, germanist nemis tili o’qituvchisi. 2000-2022-yillar nemis va fransuz tillari kafedrasi o’qituvchisi. 2022-yil nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o’qituvchisi, 2023-yildan “Chet tillari” kafedrasi mudiri. |
2 | Qambarova Dilorom Yusupovna | v.b. professor | 1945-yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 1967-yilda Fargona davlat pedagogika institutini ingliz tili o‘qituvchisi mutaxasisligi buyicha tamomlagan. Ilmiy darajasi pedagogika fanlari nomzodi, ilmiy unvoni dotsent. 2011-2019 -yillarda fakultetlararo chet tillar kafedrasida, 2019-yildan buyon esa gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida dosent lavozimida ishlab kelmoqda. |
3 | Abduraxmonov Voxid Abdusattorovich | v.b. dotsent | 1983 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Farg‘ona davlat universitetini pedagogika magistri mutaxasisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2019 yildan buyon tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillari kafedrasi kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda |
4 | Umurzaqova Bonuхon Azizovna | v.b. dotsent | 1987-yilda Farg’ona tumanida tug’ilgan. 2007-2011-yillarda O’zbekiston davlat Jahon tillari Universitetining Tarjimonlik fakultetining bakalavr yo’nalishini tamomlagan. 2012-2014-yillarda O’zbekiston davlat Jahon tillari Universitetining magistratura bosqichida o’qigan. 2015-2019 2019-yildan buyon esa gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. |
5 | A’zamova Gulasal | Katta o’qituvchi | 1990-yilda Farg’ona viloyati Farg’ona tumanida tug’ilgan.2010-2014-yillarda Farg'ona davlat universitetining filologiya fakultetida o'qigan. 2018-2020 -yillarda o’zMU magistratura bo'limida o'qigan. 2020-yildan FarDU gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasida ingliz tili o'qituvchisi sifatida ishlaydi |
6 | Xaqnazarova Sayyora Abduraхmonovna | Katta o’qituvchi | 1970 --yilda Oltiariq tumanida tug’ilgan. 1996--yilda O`zMUning Roman-German Filologiyasi fakultetini, nemis tili va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2003 - 2019-yillarda fakultetlararo chet tillari kafedrasida katta o` qituvchi 2019-yil dan Gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. |
7 | Madazizova Dilafruz Xabibilloevna | Katta o’qituvchi | 1974-yilda Rishton tumanida tug’ilgan. 1996-yilda Farg’ona Davlat Universitetining Chet tillari fakulteti filolog –germanist, ingliz tili o’qituvchisi mutaxassisliklari bo’yicha tamomlagan.1996-2002-yillar mobaynida Rishton tumanidagi №29, №27 o’rta umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida bo’lib ishlagan. 2002- 2017-yillar mobaynida fakultetlararo chet tillari kafedrasi o’qituvchisi, 2017-2018-yillarda Chet tillari fakulteti dekan o’rinbosari, 2018- 2019-yillar mobaynida fakultetlararo chet tillari kafedrasi o’qituvchisi 2019-yildan boshlab Chet tillari fakulteti Gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. |
8 | Alimjonova Meхriniso Iboхimjonovna | Katta o’qituvchi | 1975-yil Qirg‘iziston respublikasi Jalolobod viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona davlat universitetini filolog-germanist ingliz tili o‘qituvchisi mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 2016-2019 -yillarda fakultetlararo chet tillar kafedrasida, 2019-yildan buyon esa gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. |
9 | Yusupjanova Feruza Qurbanovna | Katta o’qituvchi | 1987-yilda Marg’ilon shahrida tug’ilgan. 2004-2008-yillarda Farg’ona davlat universitetining filologiya fakultetida o’qigan. 2008-2010--yillarda NamDU ning Magistratura bosqichida taxsil olgan. 2011-2019 -yillarda fakultetlararo chet tillar kafedrasida, 2019-yildan buyon esa gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda . |
10 | Raxmonova Iroda Odilovna | Katta o’qituvchi | Raxmonova Iroda Odilovna.1988-yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2005-2009 yillarda FarDU filologiya ingliz tili yoʻnalishida o’qigan. 2015-2017 yillarda FarDU Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan. 2017-2019 yillarda fakultetlararo chet tillar kafedrasida, 2019-2023 yillarda gumanitar yo’nalishlari boʻyicha chet tillari kafedrasida, 2023-yildan buyon chet tillari kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. |
11 | Nuraliyeva Shoхistaхon Abdusalomovna | O’qituvchi | 1979-yilda Andijon viloyati Marxamat tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Farg‘ona davlat universitetini pedagogika magistri mutaxasisligi buyicha magistraturani tamomlagan.2017-2019 -yillarda fakultetlararo chet tillar kafedrasida, 2019-yildan buyon esa gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda |
12 | Tuхtarova Iroda Muхammadjon qizi | O’qituvchi | 1991-yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2015-yilda FarDU Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishi bakalavriat, 2017-yilda FarDU Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan. 2019-yildan Gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasi ingiz tili fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda |
13 | Asomiddinova Gulbarno Alijonovna | O’qituvchi | 1976-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1994 - 1999-yilda FarDUning German Filologiyasi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 1999-2009 FarDUning nemis va fransuz tillari kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat olib borgan. 2019-yildan FarDUning Gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. |
14 | Artiqova Shaxnoza Maxammadovna | O‘qituvchi | 1976 yil Farg‘ona viloyati Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 1999 yilda Farg‘ona davlat universitetini filolog, ingliz tili o‘qituvchisi mutaxasisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005 yildan buyon tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillari kafedrasida oqituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |
15 | Nuritdinova Shoira | O’qituvchi | Was born in 1961 in Oltiariq district, Fergana region. From 1983-1990 yy. - works as a teacher at the 38th comprehensive school of Oltiariq district, Fergana region. 2002 -2016 - Fergana State University, teacher. From 2018 to 2021 he has been working as a teacher in 15 secondary schools of Oltiariq district, and since 2021 he has been working as a German language teacher at the Department of Foreign Languages in the humanities. |
16 | Kosimova Aziza Botirali qizi | O‘qituvchi | 1994 yil Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 2021 yilda Farg‘ona davlat universitetini lingvistika (ingliz tili) o‘qituvchisi mutaxasisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2021 yildan buyon tabiiy yo`nalishlar bo`yicha chet tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda |
17 | Xalilova Zarnigor Muhammadjon qizi | O‘qituvchi | 1993-yil Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2021-yilda FarDU Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan. 2022-yilda tabiiy yo‘nalishlarbo‘yicha chet tillari kafedrasida o’qituvchi, 2023-yildan buyon chet tillari kafedrasida ingliz tili o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. |