Xalqaro loyihalar
Fakultet dekani: Xonkeldiyeva Go`zal Sherovna
29.04.1975 yil Farg`ona viloyati Farg`ona shaxrida tug`ilgan.
Iqtisodiyot fanlari doktori, Professor
Ish telefon: +998-73-243-04-30
Qabul vaqti: har kuni 9:00-11:00
E-mail: honkeldiyeva@mail.ru
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari:
Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich
11.11.1989 yil Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998-93-042-40-03
Qabul vaqti: har kuni 9:00-12:00
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi:
Nematova Shaxlo Egamberdiyevna
30.06.1974 yil, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan.
Telefon: +99891-680-78-70
Qabul vaqti: Har kuni 9:00-12:00
“IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Mirzayev Abdullajon Topilovich
05.11.1982 yil, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani.
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Telefon: +99894-134-53-70
Qabul vaqti: Har kuni 9:00-12:00
E-mail: abdubehr@mail.ru
Kafedra 1993-yil 7-yanvarda universitet rektori buyrug‘iga asosan bozor nazariyasi va agrobiznes nomi ostida iqtisodiyot fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Keyinchalik xalqaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy va sotsial rejalashtirish, mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi, menejment, iqtisodiyot nomlari bilan yuritilgan. 2018-yil 30-avgustdan “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi deb nomlanib, hozirda kafedra tarkibida turizm sohasi bo‘yicha bakalavriat va magistratura mutaxassisligining ochilishi hisobiga “Iqtisodiyot va turizm” nomiga o‘zgartirildi. Кafedra asosiy shtatida 2 nafar fan doktori (shundan, 2 nafari professor), 2 nafar fan nomzodi, professor, v.v.b., 2 nafar PhD, dotsent,v.v.b., 3 nafar PhD, katta o‘qituvchilar va 2 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Oliy ta’limning ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi, fakultetda bakalavriat va magistrlar tayyorlanishining yo‘lga qo‘yilishi 2003-yil 1-fevraldan boshlab rahbariyat ko‘rsatmalari asosida amaldagi bozor nazariyasi va agrobiznes hamda mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi kafedralari negizida “Iqtisodiyot” kafedrasi tashkillandi. Kafedra qoshida 2000-yilda 5A340102 – “Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda magistrantlarga yetakchi professor va dotsentlar tahsil berib kelmoqdalar.
Kafedra tarkibida uch yo‘nalish asosida ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bular 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va 61010100 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda 61010100 - Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlaridir. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga ham kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib kelmoqdalar. Shu bilan birga kafedrada 70410102 – Iqtisodiyot hamda 71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi.
Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida o‘z faoliyatlarini olib borayotgan bo‘lsa, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish hamda turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi bitiruvchilari mamlakatimizning turizm sohasi korxonalari va infratuzilmalarida ishlamoqdalar.
“Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida bakalavriat yo‘nalishi talabalariga iqtisodiyot nazariyasi, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, Iqtisodiyot, menejment, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, tarmoqlar iqtisodiyoti, dinamik makroiqtisodiyot, turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti, turizm:nazariya va amaliyot, restoran biznesi, mehmonxonada brending, menejment va marketing, xalqaro turizm: nazariya va amaliyot, turizm va mehmonxona xizmatlari iqtisodiyoti, turizmda transport xizmatlari, ixtisoslashgan mehmonxona turlari, mehmonxona xo‘jaligida xavfsizlik xizmati, turoperator menejmenti, biznesga kirish, bojxona ishi, innovatsion menejment, mintaqaviy turizm, ekoturizm, Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish, Mehmonxonalarda ishbilarmonlik etiketi, mikroiqtisodiyot-2, ekonometrika 2, biznesni tadqiq etish usullari, korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlashtirish, Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi, makroiqtisodiyot-2, real sektorda sifatni boshqarish, real sektorni davlat tomonidan tartibga solish, raqobat strategiyasi, zamonaviy korporativ boshqaruv kabi fanlar o‘qitiladi.
2023-yildan boshlab kafedra bazasida 08.00.01 – Iqtisodiy nazariya ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura mustaqil izlanuvchilik asosida tadqiqotchilar tayyorlanadi.
Chop etilgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot:
1.50 ga yaqin monografiyalar
2.100 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, ilmiy, ilmiy - ommabop risolalar
3.1000 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar
“Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchilari:
|
1 |
Mirzayev Abdullajon Topilovich |
Kafedra mudiri Iqtisod fanlari doktori, professor |
1982 yil 5 noyabrda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Xalqaro turizm menejmenti. 2022 yil dekabr oyidan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi muidiri lavozimida ishlaydi. |
|
2 |
Adxamov Mamajon |
Iqtisod fanlari doktori professor |
1943 yil 6 fevralda Farg‘ona viloyati,Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1965 yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2003 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida professor lavozimida ishlaydi. |
|
3 |
Olimova Nodira Hamroqulovna |
Iqtisod fanlari nomzodi, professor v.v.b. |
1975 yil 26 iyunda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1997 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2022 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida professor v.v.b. lavozimida ishlaydi. |
|
4 |
O‘rinov Akmaljon Ahmadjonovich |
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent |
1975 йил 16 декабрда Риштон туманида туғилган. 1999 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2024 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi |
|
5 |
Tо‘xtasinova Dildora Raxmonberdiyevna |
PhD, dotsent |
1974 yil 10 mayda Andijon viloyati, Marhamat shahrida tug‘ilgan. 1996 y. Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2023 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsenti lavozimida ishlaydi. |
|
6 |
Mirsodiqov Abdulla Tursunaliyevich |
PhD, dotsent, v.v.b. |
1989 yil 11 noyabrda Farg’ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 2016 yil Farg‘ona davlat universiteti (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). 2022 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida dotsent v.v.b. lavozimida ishlaydi. |
|
7 |
Teshabaeva Odina Nasridinovna |
PhD, Katta o‘qituvchi |
1978 yil 5 may Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2007 yil Farg‘ona politexnika institutini (bakalavr), 2009 yil Farg‘ona politexnika institutini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2017 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
8 |
Yulchiyev Asiljon Ortig‘ali o‘g‘li |
PhD, Katta o‘qituvchi |
1994 yil 27 iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016 yil Farg‘ona politexnika institutini (bakalavr), 2020 yil Janubiy Koreya Respublikasi, Youngsan universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: mexmonxona boshqaruvi va turizm. 2020 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi |
|
9 |
Xomidov Qaxxorali Qurbonali o’g’li |
PhD, Katta o‘qituvchi |
1998 yil 04 avgustda Farg‘ona viloyati,Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2021 yil Farg‘ona davlat universitetini (bakalavr), 2023 yil Farg‘ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2023 yildan buyon “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
10 |
Nematova Shaxlo Egamberdiyevna |
o‘qituvchi |
1974 yil 30 iyulda Farg‘ona viloyati Farg’ona tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha). 2021 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
11 |
Karimov Shahbozxo‘ja Xamdamjon o‘g‘li |
o‘qituvchi |
1994 yil 20 mayda Farg‘ona viloyati Farg’ona tumanida tug‘ilgan. 2017 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (bakalavr), 2019 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: turizm. 2019 yildan “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi o‘qituvchisi |
JAHON VA MINTAQA IQTISODIYOT KAFEDRASI
|
Professorlar |
Dotsentlar |
Katta o‘qituvchilar |
Oqituvchi |
DSc va PhD |
Ilmiy salohiyat |
|
2 |
6 |
0 |
1 |
7 |
75% |
Kafedra mudiri: Jo‘rayeva Nodiraxon Qurbonovna
1986 yil 25-aprelda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +99890-407-00-24
Qabul vaqti: Dushanbadan-jumagacha 14:00-16:00
E-mail: nodiraxonnum1@gmail.com
Farg‘ona davlat pedagogika instituti tashkil etilishi bilan 1930 yilda boshqa fanlar qatorida ijtimoiy-gumanitar fanlar ham maxsus kurslar sifatida ta’lim-tarbiya tizimiga kiritilgan edi. Ijtimoiy fanlar tarkibida esa falsafa, iqtisodiyot va tarix fanlari ham mavjud bo`lib, iqtisodiyot fani siyosiy iqtisod kursi sifatida ta’lim tizimidan o`rin egallagan edi.
1960 yili Ijtimoiy fanlar kafedrasi tugatilib, undan maxsus mustaqil ijtimoiy kafedralar qatorida Siyosiy iqtisod kafedrasi tashkil topdi.
1991 yil 1 martida davlat pedagogika instituti Respublikada Farg‘ona davlat universitetiga aylantirilganidan so‘ng va pedagogik ta’limning Farg‘ona pedagogika institutida tashkil topganining 60 yilligida kafedra nomi Iqtisodiyot nazariyasi nomi bilan yuritila boshlandi.
Universitet rektori buyrug‘iga asosan 2019 yildan Iqtisodiyot nazarayasi kafedrasi o‘rniga Mintaqaviy iqtsodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi ish boshladi.
2022 yil sentyabr oyida Mintaqaviy iqtsodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasiga aylantirildi. Kafedrada 2 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafar o`qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar.
Asosiy shtatdagi ilmiy saloxiyat 84% tashkil etadi
Hozirda 60310300 -Mintaqaviy iqtisodiyot va 60411900 -Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar va 60411000 – Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo`nalishida bakalavrlar tayyorlanadi. Bugungi kunda, kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq iqtisodiy fanlar o`qitiladi.
Kafedrada iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish jarayoni jonlantirildi, natijada 2010-2022 yillarda yo`nalish talabalaridan J.Madaminov (G.Xalmatjanova rahbarligida), Q.Xomidov (G.Xalmatjanova rahbarligida), Z.Mirzaaxmadova (G.Xalmatjanova rahbarligida) Navoiy nomidagi nomdor stipendiya sohiblari degan nomga sazovor bo‘ldilar.

Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi ayni kunlarda Rossiyaning G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti, Qozog`istonning Gumilyov nomidagi milliy universiteti, Chimkent
universiteti, Qirg`izistonning Osh davlat universiteti, O`zbek-Qirg`iz universitetlari bilan bevosita hamkorlik aloqalarini olib boradi.


Jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Izoh: Xalqaro bazalardagi profil linki ko’rsatilgan qatorga Scopus, Web of Science (WoS) va Google Scholar bazalaridagi maqolalarning havolalari keltiriladi
№ | F.I.SH. | Ilmiy darajasi va unvoni | Ma’lumot | Xalqaro bazalardagi profil linki |
1 | Jo‘rayeva Nodiraxon Qurbonovna | kafedra mudiri, Iqtisod fanlari falsafa doktori, dotsent | 1986 yil 25 aprelda Farg`ona viloyati Yozyovon tumanida tug`ilgan 2007 yil Farg`ona politexnika institutini (bakalavr), 2014 yil Farg`ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 2024 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&authuser=1&user=R4KBpTYAAAAJ nodiraxonnum1@gmail.com |
2 | G`ofurov Ahmadali | Iqtisod fanlari doktori, professor | 1927 yil 23 fevralda Farg`ona viloyati,Beshariq tumanida tug`ilgan. 1965 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2003 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida professor lavozimida ishlaydi. | |
3 | Tojiboyev Zokir Malikovich | Iqtisod fanlari doktori, professor v.b. | 1949 yil 20 oktabrda Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida tug`ilgan. 1971 yil Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2025 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi professor v.b. lavozimida ishlaydi | zakir1949@gmail.com |
4 | Yunusov Alisher Ruzimatovich | Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | 1949 yil 20 oktyabrda Farg`ona viloyati, Farg`ona tumanida tug`ilgan. 1971 yil Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2018 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=ZJ... alisher_yun@mail.ru |
5 | Xalmatjanova Gulchexra Djurabayevna | Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | 1967 yil 30 martda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1989 yil Rossiyaning Belgorod pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2024 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=QB... gulchexra1777@mail.ru |
6 | Xakimov Dilshod Rahmonaliyevich | Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | 1975 yil 26 aprelda Farg`ona shahrida tug`ilgan. 1997 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2021 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. | https://scholar.google.com/citations?user=XJHM7d0A... dxakimov1975@gmail.com |
7 | Xolmatov Baxtiyor Abdumutalovich | Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | 1976 yil 1 fevralda Farg`ona viloyati, Yozyovon tumanida tug`ilgan. 1998 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: xalqaro iqtisodchi. 2025 yildan jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. | kholmatov.76@list.ru |
8 | Mannopova Muazzamxon Sultonbekovna | Dotsent v.b | 1974 yil 24 sentyabrda Farg`ona viloyati, Kuva tumanida tug`ilgan. 1998 yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2025 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=Vh... muazzam.mannopova@gmail.com |
9 | Raximov Davronbek Sharibjonovich | O ‘qituvchi | 1987 yil 23 avgust Farg ‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug ‘ilgan. 2012 yil Farg`ona davlat universitetini (bakalavr), 2014 yil Farg`ona davlat universitetini (magistr) tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. 2014 yildan buyon jahon va mintaqa iqtisodiyoti kafedrasida o`qituvchi lavozimida ishlaydi. | https://scholar.google.com/citations?user=cIcBBNMA... davronbek.raximov87@gmail.com |

BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYA KAFEDRASI
|
Professorlar |
Dotsentlar |
Katta o‘qituvchilar |
Oqituvchi |
DSc va PhD |
Ilmiy salohiyat |
|
0 |
3 |
2 |
3 |
8 |
61.5% |
Kafedra mudiri: Oripov Abdumalik Abdusalomovich
1983-yil 28-mart kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +99890-290-66-52
Elektron pochta: aaoripov@gmail.com
Qabul vaqti: Har kuni 13:00-16:00
Kafedra haqida
Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi universitetning 2025-yil 1-avgustdagi 491-son buyrug‘iga muvofiq Iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi “Buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil” hamda “Moliya” kafedralari negizida tashkil etilgan bo‘lib, unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Oripov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Hozirda kafedrada asosiy ish o‘rnida 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda va ularning 8 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lib, shundan 3 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega. Shu bilan birga 2 nafar professor-o‘qituvchi katta o‘qituvchi, qolgan 3 nafari esa o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning asosiy shtatga nisbatan ilmiy salohiyati 61,5%ni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar:
Bakalavriat:
60410200 – Buxgalteriya hisobi
60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60410700 – Statistika
60410600 – Sug‘urta ishi
Tayanch doktorantura:
08.00.06 – Ekonometrika va statistika
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Buxgalteriya hisobi va moliya” kafedrasi jamoasi 2025-2026 o‘quv-yilida samarali natijalarga erishish, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari salohiyatini 61,5%dan oshirish, professor-o‘qituvchilarini ilmiy sohaga yo‘naltirish hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, kafedrada faoliyat olib borayotgan ilmiy darajaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, joriy o‘quv-yilida kafedrada ilmiy-tadqiqot sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, magistraturani tamomlagan iqtidorli tadqiqotchilarni kafedraga ishga olib qolish, katta ilmiy-xodim izlanuvchi institutiga kirishiga tayyorlash hamda doktorlik dissertatsiyalarini qisqa muddatlarda himoya qilish kabi masalalar ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish rejasida ko‘zda tutilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘nggi 5-yilda 20 ta monografiya, 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma, ilmiy, ilmiy-ommabop risolalar, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Kafedradaning erishgan yutuqlari
Ilmiy daraja va unvon olganlar:
A.Asraqulov (dotsent, 2025-y.), Sh.Maxsudov (PhD, 2025-y.)
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
•Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik
•Aktuar uslublar
•Amaliy ekonometrika
•Audit
•Audit va turdosh xizmatlar
•Auditning xalqaro standartlari
•Bank ishi
•Banklarda buxgalteriya hisobi
•Banklarda iqtisodiy tahlil
•Biznes tahlil
•Boshqa tarmoqlarda audit xususiyatlari
•Boshqaruv hisobi
•Boshqaruv hisobiga kirish
•Buxgalteriya hisobi
•Buxgalteriya hisobi tadqiqot usullari
•Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
•Buxgalteriya hisobining dasturiy komplekslari
•Byudjet hisobi
•Davlat moliyasi
•Davlat sektori buxgalteriya hisobi
•Davlat xaridlari
•Ekonometrika
•Ekonometrikaga kirish
•G‘aznachilik
•Ichki audit
•Ijtimoiy-iqtisodiy statistika
•Iqtisodiy tahlil
•Korporativ moliya
•Moliya
•Moliya asoslari
•Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar
•Moliyaviy hisob
•Moliyaviy hisob asoslari
•Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari
•Moliyaviy hisobot
•Moliyaviy hisobot tahlili
•Moliyaviy iqtisodiyot
•Moliyaviy menejment
•Moliyaviy tahlil va audit
•Moliyaviy texnologiyalar
•Moliyaviy tizimlar va inqirozlar
•Personal moliya
•Portfel nazariysi va moliyaviy bozorlar
•Pul va banklar
•Soliqlar va soliqqa tortish
•Statistika
•Statistika nazariyasi
•Sug‘urta ishi
•Tannarx kalkulyatsiyasi
•Xalqaro buxgalteriya hisobi
Xalqaro hamkorlik
Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Perm davlat ilmiy tadqiqotlar universiteti (Rossiya), Osh davlat universitetining Iqtisodiyot, biznes va menejment instituti (Qirg‘iziston), M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston), Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti (Tojikiston) bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar, talabalarning akademik almashinuvi, xorijiy professorlarni o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro loyihalarda hamkorlik, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar Osh davlat universitetining Iqtisodiyot, biznes va menejment instituti bilan hamkorlik doirasida 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilar almashinuvi, 60 ga yaqin talabalarning akademik almashinuvi amalga oshirildi, 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik doirasida kaferaning 3 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan iqtisodiy yo‘nalishdagi talabalarga ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Perm davlat ilmiy tadqiqotlar universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida 2026-2027-o‘uv-yilidan qoshma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmoqda.
Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, hamkorlikda xalqaro kollektiv monografiya nashr etildi. Shu bilan birga Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetining 2 nafar professor-o‘qituvchilari kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan o‘quv jarayoniga muntazam jalb etib kelinmoqda.
Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi
F.I.SH. | Ilmiy darajasi va unvoni | Ma’lumot | Xalqaro bazalardagi profil linki | |
1 | Oripov Abdumalik Abdusalomovich | PhD, kafedra mudiri | 1983-yil 28-mart kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. 2025-yildan Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. | |
2 | Jumaqulov Zamir Islomovich | iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent | 1960-yil 5-yanvar kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1981-yili Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini bitirgan. 1990-yilda iqtisodiyot fanlari nomzodi, 1994-yil dotsent unvonini olgan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. | |
3 | Xaydarov Xoshimjon Urinboyevich | Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent | 1952-yil 13-iyunda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. 1973-yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: Moliya va kredit. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. | |
4 | Ergashev Alijon Hojimamatovich | PhD, katta o‘qituvchi | 1970-yil 21-noyabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Farg‘ona davlat universitetini, 1996-yil Turkiyaning Anqara universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Xalqaro munosabatlar. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
5 | Asraqulov Abduraxmon Sultonovich | PhD, dotsent | 1975-yil 8-oktabr kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. 2024-yildan buyon Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. | |
6 | Achilov Abror Niyatqobilovich | PhD, dotsent. | 1973-yil15-avgustda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1996-yil Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati tahlili va nazorat. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda | |
7 | Maxsudov Sherzod Solijonovich | PhD, dotsent v.b. | 1976-yil 13-oktyabrda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. 2003-yil Farg‘ona davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. | |
8 | Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘li | PhD, dotsent v.b. | 1993-yil 27-fevral kuni Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Iqtisodchi. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. | |
9 | Madaminov Anvarjon Mamayunusovich | katta o‘qituvchi | 1958-yil 2-iyun kuni Fargona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan. 1989-yil Belarus davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda | |
10 | O‘rinov Dilshodjon Ahmadjonovich | O‘qituvchi | 1980-yil 18-avgustda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Farg‘ona politexnika instituti moliya yo‘nalishini, 2003-yil Farg‘ona davlat universiteti magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda | |
11 | Yuldasheva Gulmira Azatovna | o‘qituvchi | 1965-yil 6-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahrida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
12 | Eminchayev Baxodir Sadikovich | o‘qituvchi | 1975-yil 19-yanvarda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1996-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi-menedjer. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
13 | Axmadaliyeva Moxigul Kadirovna | o‘qituvchi | 1976-yil 19-mayda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: muhandis-iqtisodchi Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
14 | Safarova Dilshodaxon Eshmuxammadovna | o‘qituvchi | 1982-yil 13-iyul kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
15 | Ziyayev Dilshodjon Salimjonovich | o‘qituvchi | 1985-yil 17-iyun kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2023-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
16 | Xamidov Elyorjon Tursunali o‘g‘li | o‘qituvchi | 1996-yil 1-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. 2023-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
17 | Raximova Maftuna Axmadjon qizi | o‘qituvchi | 1992-yil 5-dekabr kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2022-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
18 | To‘ychiyeva Begoyim Vohidjon qizi | o‘qituvchi | 1999-yil Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2021-yil Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi:menejment Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. | |
19 | Ismoilova Nigora Mahmudjon qizi | o‘qituvchi | 1998-yil Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2021-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi:iqtisodchi Hozirda Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. |