Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

Ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari

Universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

• Farg`ona vodiysi tabiiy resurslari va ulardan samarali foydalanish;

• Mintaqaviy ekologik muammolar va ularni tadqiq etish;

• Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirishning geoekologik asoslari;

• Farg`ona vodiysida keng tarqalgan sug`oriladigan tuproqlar unumdorligini oshirish muammolari;

• Unumdorligi past, o`rtacha va yuqori bo`lgan bo`z tuproqlarning biogeoцyenoziga dukkakli ekinlarning ta`siri;

• G`o`za turli navlarining yetishtirish muhitiga ko`ra fenotipik o`zgarishlar darajasi;

• Farg`ona vodiysining O'zbekiston qismida tarqalgan g`alladoshlar oilasining istiqbolli yem-hashak o`simliklari;

• Biologik xilma-xillikni saqlab qolishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish;

• Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etishning geoekologik asoslarini ishlab chiqish;

• Iqlim o`zgarishi bilan bog`liq gidrometeorologik tadqiqotlar olib borish;

• Qishloq xo`jalik ekinlari zararkunandalarining tarqalishi, rivojlanishi, ekologik xususiyatlari biomonitoringi;

• Farg`ona viloyati sug`oriladigan tuproqlari shakllanishining genetik-geografik qonuniyatlarini o`rganish, Yer fondi va diagnostikasi;

• Bentonit agrorudasini qumli dahalarning suv-fizik va kimyoviy xossalariga, bug`doy hosildorligiga ta`siri;

• entomologiya soxasiga matematik uslublar va axborot texnologiyalarini qo`llash;

• atrof-muxit holatini bioindikasiya qilish;

• entomofauna va entomokomplekslar antropogen transformaцiyasining qonuniyatlarini o`rganish;

• Farg`ona vodiysida o`suvchi xom-ashyo o`simliklarini tadqiq etish;

• Noyob-manzarali o`simliklarni Farg`ona vodiysiga introduksiyasi;

• Farg`ona vodiysi ixtiofaunasining tur tarkibini o`rganish;

• Yarim o`tkazgichlar va ularning tuzilmalarida kechadigan keskin tabiatli optik, fotoelektrik, deformasiyaviy va kinetik hodisalarni tadqiq etish;

• Kimyo sanoatida o`simliklardan dorivor moddalar olish;

• Kimyo sanoati chiqindilari mahalliy xom ashyodan foydalanib ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish;

• Yuqori unumli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish va takomillashtirish;

• Termoelektrik yarim o`tkazgichlar olish texnologiyasini yaratish hamda qo`llanish sohalarini o`rganish;

• Xususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika;

• Yoshlarni yuksak ma`naviyat ruhida tarbiyalashning innovaцion omillari va amaliy vositalari;

• o`quvchi yoshlarning sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularda psixonevrologik tangliklarni oldini olish, yurak-qon tomirlari faoliyati, chekish va ichishning salbiy oqibatlarini tadqiq etish;

• Globallashuv sharoitida shaxsda informasion madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy falsafiy muammolari;

• Shaxsning intellektual madaniyati: ijtimoiy-falsafiy tahlili;

• Shaxs ekologik ongi shakllanishida axloqiy va estetik omillarining o`zaro ta`sir xususiyatlari;

• Farg`ona vodiysi tarixi, etnogenezi va etnografiyasi;

• Farg`ona vodiysi arxeologiyasi;

• Bozor iqtisodiyotiga o`tishda xususiy mulkchilik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish muammolari, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish;

• Pedagogik loyihalashtirishning uslubiy asoslari;

• Bo`lajak o`qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlashning ijtimoiy – pedagogik muammolari;

• Oilada bolalarni ijtimoiy xayotga yo`naltirish pedagogik shart-sharoitlari.

• Jismoniy tarbiya nazariyasi asoslari;

• Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim muammolari;

• Ijtimoiy taraqqiyotning falsafiy-ma`naviy muammolari;

• Din va shaxs psixologiyasi, komil inson muammosi;

• Sosiologik tadqiqotlar olib borish va tahlil etish;

• Badiiy asar poetikasini tadqiq etish;

• Roman poetikasini tadqiq etish;

• Sistem tilshunoslik muammolari;

• Psixolingvistik tadqiqotlarning nazariy asoslari;

• Antroposyentrik muammolar tadqiqi;

• Yoshlar jismoniy tayyorgarligining psixologik, pedagogik va fiziologik asoslari;

• Xalq ta`limi tizimini boshqarish va pedagog xodimlar tayyorlash;

• Oliy, o`rta va boshlang`ich ta`lim uslubiyoti, darslik va o`quv qo`llanmalarini yaratish.

Mazkur yo`nalishlar bo`yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, asosan, davlat byudjeti mablag`lari va ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan innovaцion hamkorlik shartnomalari hamda davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida va xo`jalik shartnomalari asosida amalga oshirilmoqda.