Talabalarning shaxsiy o‘sishi va malakasini oshirishda yordam berish; Talabalarni xodim bo‘lishiga samarali va ularni o‘z sohasida tajribasini oshirishga ko‘maklashish; Jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni ish topishga yordamlashish.
Mahalliy va xalqaro ish beruvchi kompaniyalar bilan hamkorlik; Talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish; Kompaniyalarning yangi ishchilarga bo‘lgan talablari ma’lumotlar bazasini yaratish. Soha mutaxassislarini tajriba almashish maqsadida muntazam ravishda o‘quv jarayoniga jalb qilish. Bitiruvchi talabalar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish amaliyotini tashkil etish; Kurs tarkibini kompaniya loyihasi bilan boyitish.
Talabalarga o‘z maqsadlarini belgilashda ko‘rsatmalar berib borish; O‘qish yo‘nalishini tanlashda maslahatlar berish; Bo‘sh ish o‘rinlari, malaka oshirish bo‘yicha muntazam e’lon berib borish; Bepul til kurslarini tashkillashtirish; Ish beruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan maxsus dasturiy ta’minot kurslarini tashkil etish.
Karyera yarmarkasi; Musobaqa va tanlovlar; Mehmonlar ma’ruzalari; Baholash markazi.
Rezyume tayyorlash; Suhbat; Taqdimotlar; Mental qo‘llab-quvvatlash.
Universitetning ish e'lonlari bo‘yicha veb portali; Kompaniyaning kadrlarga bo‘lgan talablari bazasi; Ish portalida talabalarning tarjimai hollarini joylashtirish.
2024-yil 5-noyabr kuni universitet bitiruvchi kurs talabalari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali” vakillari bilan ochiq muloqat o‘tkazdi.
Muloqatda filial o‘rinbosari Samandar Raxmonov, bosh inspektor Akmal Madaminov, yetakchi inspektorlar Umida Shavkatovna va Oybek Axmadaliyevlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-aprelda “Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-61 son farmoni rasmiylashtirildi.
Farmonda Yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohatlarni izchil davom ettirish maqsad qilib olingan.
Tarix fakultetida 2024-yil 18-mart kuni Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalariga “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda Fakultet dekani X.Jo‘rayev, Farg‘ona Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarma boshlig‘i E.Asronqulov, Farg‘ona budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Z.Akramovlar ishtirok etdi.
Fizika-tehnika fakultetida 2024-yil 15-fevral kuni Fizika va Tehnologik ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalariga “Karyera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona shahar Ideal nodavlat ta’lim muassasa ta’sischisi N.Qodirov, Fizika kafedrasi mudiri B.Axmedov, Tehnologik ta’lim kafedrasi mudiri S.Otajonov, fakultet dekani S.Zaynolobidinova, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i G‘.Raxmatovlar ishtirok etdi.
2024 йил 23 январь куни Тошлоқ тумани мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги умумий ўрта таълим мактаблар 11-синф битирувчи ўқувчилари иштирокида ўқувчиларни олий таълимга қамраб олиш юзасидан семинар тренинг бўлиб ўтди.
Семинарда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги АКТни ривожлантириш ва назорат қилиш бўлими бошлиғи ўринбосари Сарварбек Муродович Мўминов, Фарғона политехника институти маркетинг ва талабалар амалиёти бўлими бошлиғи Абдурасул Абдумажидович Давронбеков, Фарғона давлат университети маркетинг ва талабалар амалиёти бўлими маркетологи Музаффар Зоирович Джумабаев, туман Баркамол авлодболалар мактаби директори Ғайратжон Эшматовлар мазкур тарғибот-ташвиқоттадбирида иштирок этди.
Семинарда таълим олиш учун талабаларга яратилган шарт шароитлари, ёшлар учун яратилаётган имкониятлар, таълим йўналишлари номи, ўқишга киришда баллар кетма-кетлиги тўғрисида маълумотлар берилди.
Куннинг иккинчи ярмида IT соҳасига қизиқувчи бир гуруҳ Тошлоқ туманлик ўқувчилар Марғилон шаҳрида жойлашган IT Паркда “IT соҳаси ва келажак касблар” мавзусидаги тадбирга таклиф этилди.
Фарғона шаҳар ҳокимининг 2024-йил 17-январдаги “Фарғона шаҳар ҳудудидаги умумий ўрта таълим мактаблари битирувчи синф ўқувчилари билан ўтказиладиган учрашувлар” топшириғига кўра 2024-йил 22-январ куни Фарғона шаҳар ҳокимлиги, Фарғона шаҳар Мудофаа бўлими, Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими, Ёшлар ишлари агентлиги Фарғона шаҳар ёшлар ишлари бўлими ва Фарғона давлат университети маркетологи иштирокида Фарғона шаҳар 12-мактабда учрашув ўтказилди.
Учрашувда битирувчи ёшларга Фарғона давлат университетида ўқитилаётган таълим йўналишлари, ёшларга яратилган шарт-шароитлар ва ўқувчиларни қизиқтирган саволларга жавоблар, маълумотлар берилди.
2023-yil 18-dekabr kuni Chet tillari fakulteti “Nemis va fransuz tillari” kafedrasi, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamkorligida “Karyera kuni” tadbiri tashkillandi.
Tadbirda Farg‘ona davlat univеrsiteti qoshidagi Akademik litseyi direktori H.Sharipov, Qo‘shtepa tumani №8 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori R.Yusupov, Farg‘ona shahar nemis tiliga chuqurlashtirilgan №10 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sh.Sodiqova, Marg‘ilon shahar nemis tiliga chuqurlashtirilgan №6 umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Murodov, Qo‘shtepa tumani №15 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.Xolmirzayev, №40 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sh.Sultonova, №11 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori G.Ergasheva, №13 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sh.Jo‘rayev, №2 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori U.Axmedov, №8 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori X.Qodirov, №6 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Murodov, №46 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori N.Teshaboyev, №32 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori A.Maxmudov, №33 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Z.Tojiboyev, №35 umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori X.O‘rmonov, №50 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori F.Musayev, №15 umumiy o‘rta ta’lim maktabi maktab direktori N.Xolmirzayev, №14 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori U.Axmedov, Toshloq tumani №21 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori M.Olimova, №50 umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori X.Olimovlar ishtirok etdi.
Chet tillari fakultetida 2023-yil 13-dekabr kuni Chet tillari fakulteti Ingliz tili kafedrasi va Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamkorligida yakka tadbirkor, Farg‘ona shahridagi “Shaxruza” atelyesi rahbari, “Mary Kay” xalqaro kompaniyasi Farg‘ona viloyati filiali ijrochi direktori Xakimova Nilufarxon Mo‘minovna ishtrokida “Karyera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
Pedagogika va psixologiya fakultetida 2023-yil 30-noyabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi va Psixologiya kafedrasi hamkorligida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bosh psixologi mayor J.R.Ernazarov, Farg‘ona viloyati ruhiy asab kasalliklar dispanseri bosh psixologi M.S.Sodiqov, Fargona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi mayor A.Q.Xusanov, Farg‘ona shahar Ishga marhamat monomarkaz Servis va xizmat ko‘rsatish bo‘lim boshlig‘i Z.X.Ergasheva, Oltiariq tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bolalarni ijtimoiy psixologik va inklyuziv qo‘llab-quvatlash ta’lim shu’basi psixolog metodisti I.F.Teshavoyevlar ishtrokida “Karyera kuni” uchrashuvio‘tkazildi.
2023-yil 8-noyabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchilari bilan Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Central Asia Medical Universitetiy xususiy tibbiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori t.f.n., dotsent Murodjon Botirov, Central Asia Medical University xususiy tibbiyot universiteti Tibbiy biologiya kafedrasi mudiri b.f.n., dotsent Kamoliddin G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Gulnoza To‘xtasinova, Farg‘ona viloyat Ekologiya partiyasi a’zosi, Rishton tuman 55-umumta’lim maktab direktori Dilshodbek Abdurayimovlar ishtirokida “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
“Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bilan 4-noyabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi va Andijon viloyati Shahrihon tumani Xalq maorifi a’lochisi, oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi Ahmadjonov Abduvohid Fattoyevich, Quvasoy tumani 1 darajali “Sog‘lom avlod” ordeni sohibi, oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi Sodiqov Qodirali, Quva tumani oliy toifali musiqa fani o‘qituvchisi Qoraboyev Alisher, O‘zbekiston tumani oliy toifali musiqa o‘qituvchisi Xasanov Ma'murjon va Musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi mudiri ishtirokida “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bilan 27-oktabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi va Farg‘ona shahar kasb-hunar maktabi Huquqshunoslik fani o‘qituvchisi I.Muhammedova, Farg‘ona tumani 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi N.G‘iyosov, Tasviriy san’at kafedrasi mudiri B.Qurbonovalar ishtrokida “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari bilan 11-oktabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi va viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tashkiliy nazorat bosh mutaxassisi Xamidullo Saidaxmedov ishtrokida “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetida 2023-yil 12-sentabr kuni marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, fakultet rahbariyati hamkorligida fahriy zahiradigipodpolkovnik Mirzaolimov Baxtiyor Maqsudovich ishtirokida “Karera kuni” uchrashuvi o‘tkazildi.
2023-yil 3-oktabr kuni Pedagogika kafedrasi tomonidan talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga va istiqbollik kasblarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anvarov Alisher Adxamovich, Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xoliqov Hursandbek Tolipovich, Farg‘ona shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azimjonov Diyorbek Akramjon o‘g‘li, Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish sho‘basi inspektori Uzaqov Avazbek Baxodirovich ishtirok etdi.