Fizika fanidan universitet
olimpiadasini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qarorining 1-ilovasi 28.2-bandida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab fizika yo‘nalishida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida fizika fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman – viloyat (shahar) – oliy ta’lim muassasi) o‘z olimpiadasini o‘tkazish va 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish vazifasi belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 3-martdagi 03/35-3/1-15 sonli xati ijrosini ta’minlash hamda viloyatda yoshlar orasidan fizika fani bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarni aniqlash, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti o‘zining fizika fanidan universitet olimpiadasini o‘tkazadi.
Fizika fanidan universitet olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi 2022-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida, viloyat bosqichi aprelning ikkinchi o‘n kunligi hamda universitet bosqichi aprel oyining uchinchi o‘n kunligida, qoida tariqasida haftaning yakshanba kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizomiga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
Universitet rektorining 2022-yil
___________dagi _______sonli
buyrug‘iga 1-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martidagi
“Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 5032-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida fizika fanidan universitet olimpiadasini tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan binolar
№. |
Shahar (tuman) |
O‘tkazilish joyi |
O‘tkazilish sanasi |
|
Farg‘ona shahri |
5-maktab |
10-aprel |
|
Marg‘ilon shahri |
10-maktab |
10-aprel |
|
Qo‘qon shahri |
39-maktab |
10-aprel |
|
Quvasoy shahri |
1-IDUM |
10-aprel |
|
Bag‘dod tumani |
56-maktab |
10-aprel |
|
Buvayda tumani |
14-IDUM |
10-aprel |
|
Beshariq tumani |
45-maktab |
10-aprel |
|
Dang‘ara tumani |
1-maktab |
10-aprel |
|
Toshloq tumani |
2-maktab |
10-aprel |
|
So‘x tumani |
11-maktab |
10-aprel |
|
Furqat tumani |
4-IDUM |
10-aprel |
|
Qo‘shtepa tumani |
9-IDUM |
10-aprel |
|
Farg‘ona tumani |
1-IDUM |
10-aprel |
|
O‘zbekiston tumani |
26-maktab |
10-aprel |
|
Yozyovon tumani |
39-maktab |
10-aprel |
|
Quva tumani |
2-maktab |
10-aprel |
|
Rishton tumani |
18-maktab |
10-aprel |
|
Oltiariq tumani |
4-IDUM |
10-aprel |
|
Uchko‘prik tumani |
18-maktab |
10-aprel |
Universitet rektorining 2022-yil ___________dagi _______sonli buyrug‘iga
3-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida fizika fanidan olimpiada o‘tkazish tartibi
Universitet rektorining 2022-yil
___________dagi _______sonli
buyrug‘iga 6-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-son qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida fizika fanidan universitet olimpiadasida ishtirok etuvchilar uchun
ESLATMA
1. Farg‘ona davlat universitetining fizika fanidan olimpiadasida Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf (11-sinf) o‘quvchilari ishtirok eta oladi.
2. Universitet olimpiadasida ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar universitet olimpiadasi uchun yaratilgan elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi.
3. Universitet olimpiadasi 3 bosqichda (tuman (shahar) bosqichi, viloyat bosqichi, universitet bosqichi) o‘tkaziladi. Yakuniy (universitet) bosqichda g‘olib bo‘lgan 3 nafar ishtirokchilar Farg‘ona davlat universitetiga imtihonsiz o‘qishga (olimpiada o‘tkazilgan fan yo‘nalishi bo‘yicha) qabul qilinishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga nomzod sifatida yuboriladi.
4. Javoblar varaqasining tegishli joyiga familiyasi, ismi va sharifini yozmaslik, imzo qo‘ymaslik - bunday holat keyingi bosqichda (masalan, apellatsiya jarayonida) ishtirokchilar e'tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.
5. Savollar kitobini topshirmaslik- bunday holat keyingi ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuzish orqali chetlashtirishga, ishtirokchi e'tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.
6. Javoblar varag‘ini topshirmaslik- bunday holatda auditoriyalar taqsimotiga muvofiq test sinovi yakuni bo‘yicha qaytarib keltirilgan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovi natijalari hisoblanishi belgilanganligi bois, qaytarilmagan javoblar varaqalari bo‘yicha natija hisoblanmaydi va bu ishtirokchi e'tirozinining ko‘rib chiqilmasligiga sabab bo‘ladi.
7. Test materiallari (savollar kitobi va javoblar varaqasi)ni belgilangan vaqtda topshirmaslik, auditoriya nazoratchilarining test materiallarini topshirish haqidagi talabiga bo‘ysunmaslik – bunday holat ishtirokchining test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
8. Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda ishtirokchi mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa – bunday holat ishtirokchining test sinovi o‘tkaziladigan binoga kiritilmasligiga yoki test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
9. Test materiallari (savolar kitobi, javoblar varag‘i)ni auditoriyadan tashqariga chiqarsa - bunday holat ishtirokchining test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
10. Test sinovi topshirish jarayonida boshqalarga yordam bersa, yordam olsa - bunday holat ishtirokchining test sinovi jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
11. Universitet olimpiadasida ishtirok etuvchilar imtihon sinovlari bo‘ladigan kuni belgilangan hududga fuqarolik pasporti (yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) bilan kelishlari so‘raladi.
Ro`yhatdan o`tish quyida keltirilgan havolaga o’tish orqali amalga oshiriladi. https://forms.gle/GQsEn2dWBpHRrwKTA
Kimyo va biologiya fanidan
universitet olimpiadasini
tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qaroriga muvofiq “2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazish va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish belgilangan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-sentyabrdagi “Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 383-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda viloyatda yoshlar orasidan kimyo va biologiya fani bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarni aniqlash, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona davlat universiteti Kimyo biologiya fanidan o‘zining universitet olipiadasini o‘tkazmoqda.
Kimyo va biologiya fanidan universitet olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi 2022-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida, viloyat bosqichi aprelning ikkinchi o‘n kunligi hamda universitet bosqichi aprel oyining uchinchi o‘n kunligida, qoida tariqasida haftaning yakshanba kunlarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-sentyabrdagi 383-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktablari bitiruvchilari o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fan olimpiadalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.
Universitet rektorining 2022-yil
___________dagi _______sonli
buyrug‘iga 1-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi
“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanidan universitet olimpiadasini tuman (shahar) bosqichini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan binolar
№. | Shahar (tuman) | O‘tkazilish joyi | O‘tkazilish sanasi |
| Farg‘ona shahri | 5-maktab | 10-aprel |
| Marg‘ilon shahri | 10-maktab | 10-aprel |
| Qo‘qon shahri | 39-maktab | 10-aprel |
| Quvasoy shahri | 1-IDUM | 10-aprel |
| Bag‘dod tumani | 56-maktab | 10-aprel |
| Buvayda tumani | 14-IDUM | 10-aprel |
| Beshariq tumani | 45-maktab | 10-aprel |
| Dang‘ara tumani | 1-maktab | 10-aprel |
| Toshloq tumani | 2-maktab | 10-aprel |
| So‘x tumani | 11-maktab | 10-aprel |
| Furqat tumani | 4-IDUM | 10-aprel |
| Qo‘shtepa tumani | 9-IDUM | 10-aprel |
| Farg‘ona tumani | 1-DUM | 10-aprel |
| O‘zbekiston tumani | 18-IDUM | 10-aprel |
| Yozyovon tumani | 39-maktab | 10-aprel |
| Quva tumani | 2-maktab | 10-aprel |
| Rishton tumani | 18-maktab | 10-aprel |
| Oltiariq tumani | 4-IDUM | 10-aprel |
| Uchko‘prik tumani | 18-maktab | 10-aprel |
Universitet rektorining 2022-yil ___________dagi _______sonli buyrug‘iga
3-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi
“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va
ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanidan olimpiada o‘tkazish tartibi
№ | Bajariladigan ishlar mazmuni | Muddati | Mas’ullar |
Tuman (shahar) bosqichi
| |||
1. | Universitet olimpiadasi uchun talabgor o‘quvchilarni olimpiada o‘tkaziladigan ta’lim muassasi hududiga soat 9.00 da yetib kelishlarini ta’minlash. | 10.04.2022 y. | Tuman XTBdan biriktirilgan mas’ullar |
2. | Universitet olimpiadasi uchun talabgor o‘quvchilarni 9.30 dan kechikmagan holda belgilangan auditoriyaga kirishlarini ta’minlash. | 10.04.2022 y. | Tuman XTBdan biriktirilgan mas’ullar |
3. | Ishtirokchilarni auditoriyaga kirishlaridan avval taqiqlangan vositalar (uyali aloqa vositasi, kalkulyator, quloqchin, kitob va h.k.) olib kirishlarini oldini olish maqsadida tekshiruvdan o‘tkazish. | 10.04.2022 y. | Tuman XTBdan biriktirilgan mas’ullar |
4. | Soat 10.00 da test jarayonlarini boshlash. Test materiallari hamda javoblar varaqasini ishtirokchilarga tarqatish. Ishtirokchilar uchun belgilangan vaqt 100 daqiqa ekanligini eslatib o‘tish. | 10.04.2022 y. | Universitet vakili hamrohligida har bir maktabga biriktirilgan barcha mas’ullar |
5. | 11.40 da test jarayoni yakunlanganligini e’lon qilish. Ishtirokchilar tomonidan topshirilgan javob varaqalarini suratga olib tuman (shahar) lar kesimida olimpiada ishtirokchilari a’zo bo‘lgan telegram guruhlariga yuborish. | 10.04.2022 y. | Universitet vakili hamrohligida har bir maktabga biriktirilgan barcha mas’ullar |
6. | Universitet olimpiadasi ishtirokchilari taqdim etgan javoblar varqasini tekshirish, natijalarni barcha ishtirokchilarga ma’lum qilish. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni keyingi bosqichga tavsiya etish. | 10.04.2022 y. | Universitet vakili hamrohligida har bir maktabga biriktirilgan barcha mas’ullar |
7. | Universitet olimpiadasi tuman (shahar) bosqichi yakunlanganligini e’lon qilish. | 10.04.2022 y. | Universitet vakili hamrohligida har bir maktabga biriktirilgan barcha mas’ullar |
Universitet rektorining 2022-yil
___________dagi _______sonli
buyrug‘iga 6-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi
“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanidan universitet olimpiadasida ishtirok etuvchilar uchun
ESLATMA
1. Farg‘ona davlat universitetining kimyo biologiya fanidan olimpiadasida Farg‘ona viloyati umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf (11-sinf) o‘quvchilari ishtirok eta oladi.