Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi


Bo‘lim boshlig‘i: Abduvaliyev Baxtiyorjon Avazbekovich

Telefon raqami: (+99891) 396- 30- 96


Bo‘lim muxandisi: Dadaboyev Farhodjon Fozilovich

Telefon raqami: (+99891) 055-34-73

E-mail: dadaboyevfarhod733@gmail.com


Bo‘lim muxandisi Nematov Abdumalik Abduraxim o‘g‘li

Telefon raqami: (+99893) 223-25-28

E-mail: nematovabdumalik97@gmail.com

Bo‘lim intelektual mulk sektori mutaxasissi: QodirovaGulbahor Odilovich

Telefon raqami: (+99891) 662-98-73

E-mail: qodirovagulbahor009@gmail.com

BO‘LIM FAOLIYAT VA VAZIFALARI HAQIDA

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va meyoriy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari, intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, universitet Nizomi, rektorning ko‘rsatmalar va buyruqlari, universitetning ichki qoidalari, ushbu Nizom va universitetning boshqa meyoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bo‘limda 4 ta shtat birligida 1 ta bo‘lim boshlig‘i va 3 ta muxandis va intelektual mulk sektori mutaxasissilavozimida xodimlar faoliyat yuritadi.

1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat innovatsion mahsulotlar (ishlarni, xizmatlarni) bozori hamda ularga bo‘lgan talabni, xarajatlarni o‘z muddatida qoplashini, rentabelligi va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq havf-xatarlarni baholashni tizimli tahlil qilish;

-yuksak tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlash;

-innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor tomonlarni jalb qilish;

-yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

2. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Farg‘ona davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar, shuningdek, tashqi tashkilotlar mutaxassislari budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqotlarni hamda mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlarni bajarishga jalb etadi;

-O‘zbekiston Respublikasida va chet elda intellektual mulkni patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tayyorlash, topshirish va shu jumladan, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

-amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan intellektual mulk obyektlari mualliflari bilan shartnomalar tuzadi va ularni amalga oshirishni nazorat qiladi;

-boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitetning intellektual mulk obyektlariga egalik huquqini o‘tkazish imkoniyatini o‘rganadi, intellektual mulk obyektlariga egalik huquqini o‘tkazishni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

-universitetning ilmiy ishlanmalari va ITF natijalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini to‘playdi va saqlaydi, intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish samaradorligini va rivojlanishini doimiy monitoring qilib boradi;

-ITF natijalari va innovatsion loyihalarning ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy va innovatsion salohiyatlarini baholash, tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etadi, eng muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlaydi;

-intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, shu jumladan, innovatsion siklning barcha bosqichlarida ITF natijalarini qayd etish, taqsimlash va egalik huquqini o‘tkazish;

-raqobatbardosh ilmiy-texnikaviy mahsulotlarini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan intellektual faoliyat natijalarini amaliy qo‘llash (amalga oshirish) uchun xo‘jalik obyektlarni tashkil qilish orqali universitetning ilmiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi;

-texnologiyalarni sotish sohasida maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, innovatsion loyihalar uchun biznes-rejalarni tayyorlash, raqobatbardosh ustunlik va havf-xatarlarni baholash, ITF natijalarining huquqiy muhofazasi, potensial investorlarni izlash;

-ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish, birgalikdagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik va universitet tomonidan intellektual mulk masalalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar bo‘limlarini tayyorlaydi va nazorat qiladi;

-universitetning intellektual mulk obyektlarini noto‘g‘ri ishlatish holatlarini aniqlaydi va ushbu qoida buzarliklarni bartaraf etish hamda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish to‘g‘risida rahbariyatga takliflar kiritadi, ushbu qoida buzulishlarni bartaraf etish uchun kerakli choralarni amalga oshiradi;

-universitetning intellektual mulk obyektlariga mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mualliflarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishga yordam beradi;

-univesitet xodimlari, intellektual mulk obyektlarining mualliflarini mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini amalga oshirishda, shu jumladan, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar bo‘yicha huquqiy-maslahat va axborot ko‘magi bilan ta’minlaydi;

-universitet xodimlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida o‘qishni tashkil etadi;

-oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazining faoliyatini o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha meyoriy, metodologik va patent axborotlari bo‘yicha muvofiqlashtiradi;

-budjet loyihasiga ixtirochilik va patent-litsenziyalash faoliyati, texnologiyalarni sotish va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

-intellektual mulkni yaratish, himoya qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadi;

3.Tijoratlashtirish bo‘limi o‘z faoliyatini amalga oshirishda va o‘z faoliyatida uchinchi tomon tashkilotlari va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga xizmatlar ko‘rsatishni 7-bandda ko‘zda tutilgan funksiyalarning majburiy ustunligi bilan amalga oshirishi mumkin.

Bo‘limi xodimlarining lavozim vazifalari va malaka talablari:

Fakultet dekanati va kafedralar tomonidan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va sohalar bo‘yicha buyruqlar, rejalar va boshqa meyoriy hujjatlar bajarilishini nazorat qilish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlardan kelgan topshiriqlar asosida ichki buyruqlar tayyorlash;

Bo‘limdagi ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish sohaga oid ishlarga tizimli yondashish;

Bo‘limda amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda tashkiliy ishlarda faol ishtirok etish;

Talabalar turar joylarda yashayotgan yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni tashkil etish;