Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

Ikkinchi oliy ta'lim (2-mutaxasislik)

Farg‘ona davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi

1. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron https://my.edu.uz/ tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat ilovasining nusxasi;

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

3. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun da’vogarlarga imtihon suhbat yoki test shaklida tashkil etiladi.

Jumladan, 60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha) ta’lim yo‘nalishiga da’vogarlar soni ajratilgan kvotaga nisbatan ko‘pligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda test sinovi o‘tkaziladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul abituriyentlar orasidan test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha tasdiqlangan qabul parametrlar doirasida amalga oshiriladi.

Suhbat shaklida o‘tkaziladigan imtihonlarda da’vogarlarning har biriga quyidagi mavzular bo‘yicha bittadan, jami to‘rtta savol beriladi:

Har bir savolga 25 balldan ajratilib, jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi. Suhbat natijalariga ko‘ra 55 ball va undan yuqori natijaga erishgan da’vogarlar talabalikka tavsiya etiladi.

Imtihonlar joriy yilning 10-avgustidan 25-avgust kuniga qadar universitetda o‘tkaziladi.

4. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish natijalari joriy yilning 30-avgustiga qadar e’lon qilinadi.

5. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasini (yoki diplomdan ko‘chirma (asl nusxasi) – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat ilovasini OTMga taqdim etadi.

6. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan OTM o‘rtasida shartnoma rasmiylashtiriladi.

7. Talabalarni o‘qishga qabul qilish shartnomada belgilangan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

8. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, 2-kursdan boshlanadi.

ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/5657199.


MA’LUMOTLAR

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida nizom

Baholash mezonlari






2024/2025 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga

sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarining

ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha

TAQSIMLANISHI

Shifr

Vazirlik, idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari nomi

To‘lov-kontrakt asosida

Jami

shu jumladan:

o‘zbek

rus

1

Farg‘ona davlat universiteti

250

225

25

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

25

25

60230100

Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili

25

25

60310100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

75

75

60310900

Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

25

25

60510100

Biologiya (turlari bo‘yicha)

25

25

60220300

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

25

25

60420100

Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

50

50