Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

TALABALAR TURAR JOYI TO‘G‘RISIDA


Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universitetida 10-ta talabalar turar joyi mavjud. Shuningdek, talabalar turar joylarida 3824 o‘rin mavjud bo‘lib, xorijiy talabalar uchun mutlaqo to’lov olinmaydi.

Bugungi kunda talabalarga yashash uchun talabalar turar joylariga yo‘llanmalar berilmoqda va ular bilan ikki yoqlama shartnomalar tuzilib va to‘lovlar amalga oshirilmoqda.

Talabalar turar joylari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida talabalar turar joylari o‘rtasida reyting tizimi joriy etildi. Ushbu reyting tizimiga ko‘ra Talabalar turar joyi mudiri, tarbiyachi-pedagoglar hamda Talabalar Kengashining faoliyati baholandi.

Reyting tizimiga ko‘ra sentyabr oyida berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha 2-TTJ g‘olib deb topildi va mahsus statuetka bilan taqdirlandi.

Talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilarni navbatchiligini nazorat qilish va ularni navbatchilik vaqtidagi faoliyatini baholash bo‘yicha haftalik reyting tizimi joriy qilindi. Unga ko‘ra navbatchi o‘qituvchini o‘z vaqtida talabalar turar joyiga kelishi yoki kelmasligi bo‘yicha fakultet, kafedralar miqyosida haftalik monitoring qilinadi va reyting ballari qo‘yiladi. Ushbu talabalar turar joylarida universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan. Talabalar turar joylarida universitet kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 4000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishadi. Turar joylarda talabalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda madaniy dam olishlari uchun har qaysi qavatlarga muzlatgichlar, televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar turar joylarni muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan. Talabalar uchun barcha qavatlarda dush, kir yuvish xonalari mavjud. Qavatlarda zamonaviy kir yuvish mashinalari va oshxonalarga gaz plitalar o‘rnatildi. Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari soʼnggi modeldagi kompyut sinflari mavjud boʼlib WI-FI hamda internet tarmogʼiga ulangan.
Talabalar turar joylari ma’naviyat xonalarida universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar va kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.