Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 378
  • Ko`rib chiqilganlar 334
    • Takliflar 50
    • Arizalar 290
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 44

Xalqaro talabalar uchun tadbirlar

Fargʻona davlat universitetida xorijiy talabalar uchun madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkaziladi

Fargʻona davlat universitetida xorijiy talabalarni madaniy muhitga moslashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda universitet hayotiga faol jalb etish maqsadida muntazam ravishda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib boriladi.

Mazkur tadbirlar orqali xorijiy talabalar nafaqat oʻz milliy madaniyatlarini namoyish qilish imkoniyatiga ega boʻladilar, balki Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari va anʼanalari bilan bevosita tanishadilar.

Xususan, xorijiy talabalar quyidagi asosiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda:

Navroʻz umumxalq bayrami,

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni (1-sentabr),

Xalqaro Talabalar kuni (17-noyabr),

Yangi yil bayrami,

hamda universitet miqyosida tashkil etiladigan ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xalqaro doʻstlik kechalari va boshqa madaniy tadbirlar.

Bunday faoliyatlar xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zaro integratsiyani kuchaytirish, millatlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Universitet bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirmoqda.