Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 378
  • Ko`rib chiqilganlar 334
    • Takliflar 50
    • Arizalar 290
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 44

Xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan stipendiyalar

Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2023-yil 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan 5-yig‘ilishi bayoniga asosan, universitetda xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan “FerSU stipendium” granti va stipendiyalarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur nizom xorijiy talabalarning o‘qishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash hamda universitetga xorijiy talabalarni jalb qilish jarayonini tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Fargʻona davlat universitetida xorijiy talabalar uchun
“FerSU stipendium” granti va stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisida NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta'lim toʻgʻrisida”gi OʻRQ–637-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uning maqsadli koʻrsatkichlari 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi “Davlat oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta'minlash boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–60-son qarori, “Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–61-son qarori 2-band 6-xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 169-son hamda 2019-yil 20 iyundagi “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 517-son qarorlariga asosan Fargʻona davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta'lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun “FerSU stipendium” granti va stipendiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.

FerSU stipendium (FarDU stipendiyasi) – Fargʻona davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta'lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarni moliyaviy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, bu orqali chet ellik abiturientlarni universitet ta'lim xizmatlaridan foydalanishga keng jalb qilish va universitetning xalqaro ta'lim bozorida mustahkam oʻrin egallashini ta’minlash maqsadida joriy etilgan, tayinlanish maqsadi va muddatiga koʻra “A”, “B”, “G”, “G + A” turlariga boʻlinuvchi pul ta'minoti;

FerSU stipendium Academic merit (qisqartirigan holati: “FerSU stipendium A”) – Fargʻona davlat universitetida tahsil olayotgan, bir semestr yakuniga koʻra barcha fanlarni a'lo bahoga oʻzlashtirgan, xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talaba va magistrantlarga tanlov natijalariga asosan tayinlanuvchi va bir semestr davomida oyma-oy toʻlanadigan pul ta'minoti;

FerSU stipendium Bursary (qisqartirigan holati: “FerSU stipendium B”) – Fargʻona davlat universitetida tahsil olayotgan va oʻqish davomida favqulotda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlib qolgan xorijiy talaba va magistrantlarga bir oʻquv yili davomida faqat bir marotaba toʻlanadigan pul ta'minoti;

FerSU stipendium Grant (qisqartirigan holati: “FerSU stipendium G”) – Fargʻona davlat universitetida tahsil olayotgan, bir oʻquv yili yakuniga koʻra va butun oʻqishi davomida barcha fanlarni a'lo bahoga oʻzlashtirgan, ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanayotgan va belgilangan nashr koʻrsatkichlariga ega xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talaba va magistrantlarga tanlov natijalariga asosan tayinlanuvchi, keyingi bir oʻquv yilining kontrakt summasini toʻliq qoplab berish uchun toʻlanadigan pul ta'minoti;

FerSU stipendium Grant Plus (qisqartirigan holati: “FerSU stipendium G+A”) – Fargʻona davlat universitetida tahsil olayotgan, bir oʻquv yili yakuniga koʻra va butun oʻqishi davomida barcha fanlarni a'lo bahoga oʻzlashtirgan, shugʻullanayotgan ilmiy tadqiqoti boʻyicha aniq natijalarga, shu jumladan patent va mualliflik guvohnomasi olgan, xalqaro va respublika olimpiadalari, nufuzli tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sozovor boʻlgan, belgilangan nashr koʻrsatkichlariga ega, alohida qobiliyat va iqtidor egasi, universitet jamoat ishlarida faol xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talaba va magistrantlarga tanlov natijalariga asosan tayinlanuvchi, keyingi bir oʻquv yilining kontrakt summasini toʻliq qoplab berish bilan birga, bir semestr davomida oyma-oy toʻlanadigan stipendiya koʻrinishidagi pul ta'minoti.

FerSU stipendium komissiyasi – Fargʻona davlat universitetida xorijiy talaba (magistrant)larga grant va stipendiyalar tayinlash uchun har bir oʻquv yilida soha prorektorlari, xalqaro hamkorlik boʻlimi, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va etakchi olimlar, shuningdek, kasaba uyushmasi, akademik guruhlar va buxgalteriya vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan hamda universitet rektori tomonidan tasdiqlanadigan komissiya;

universitetning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi – Fargʻona davlat universitetida oʻquv semestri yoki yili yakuni boʻyicha fanlarni a'lo darajada oʻzlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi boʻlgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj xorijiy talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriluvchi mablagʻlarni tashkil etish jamgʻarmasi.

“FerSU stipendium A” – ta'lim yoʻnalishi va mutaxassisligidan qat'iy nazar Fargʻona davlat universitetida 1-kursning 2-semestridan bitiruvchi kursning
1-semestriga qadar boʻlgan davr oraligʻida kunduzgi ta'lim shaklida oʻqiyotgan xorijiy talabalarga faqat bir semestr uchun tayinlanadi va toʻlanadi. “FerSU stipendium A”ning har oylik miqdori universitet Kengashining tavsiyasiga asosan Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

“FerSU stipendium B” – ta'lim yoʻnalishi va mutaxassisligi qat'iy nazar Fargʻona davlat universitetida kunduzgi ta'lim shaklida oʻqiyotgan, oʻqish davomida favqulotda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlib qolgan xorijiy talabalarga bir oʻquv yili davomida faqat bir marotaba tayinlanadi va toʻlanadi. “FerSU stipendium V”ning bir martalik miqdori universitet Kengashining tavsiyasiga asosan Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

“FerSU stipendium G” – ta'lim yoʻnalishi va mutaxassisligidan qat'iy nazar Fargʻona davlat universitetida 2-kursning 1-semestridan bitiruvchi kursning
1-semestriga qadar boʻlgan davr oraligʻida kunduzgi ta'lim shaklida oʻqiyotgan xorijiy talabalarga faqat bir oʻquv yili uchun tayinlanadi va toʻlanadi. “FerSU stipendium G”ning miqdori sovrindor talaba tahsil olayotgan ta'lim yoʻnalishi (yoki mutaxassisligi) boʻyicha bir talabani tegishli oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdoriga asosan universitet Kengashining tavsiyasi bilan Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

“FerSU stipendium G + A” – ta'lim yoʻnalishi va mutaxassisligidan qat'iy nazar Fargʻona davlat universitetida 2-kursning 1-semestridan bitiruvchi kursning 1-semestriga qadar boʻlgan davr oraligʻida kunduzgi ta'lim shaklida oʻqiyotgan xorijiy talabalarga faqat bir oʻquv yili uchun tayinlanadi va toʻlanadi. “FerSU stipendium G + A”ning stipendiya va kontrakt miqdorlari sovrindor talaba tahsil olayotgan ta'lim yoʻnalishi (yoki mutaxassisligi) boʻyicha bir talabani tegishli oʻquv yili uchun toʻlov- kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdoriga asosan universitet Kengashining tavsiyasiga bilan Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

barcha fanlardan a'lo oʻqish;

ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;

yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

Oʻzbekiston tarixini bilish (faqat, oliy ta'lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoridagi ta'lim; san'at va gumanitar fanlar; ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim sohalaridagi ta'lim yoʻnalish (mutaxassislik)larida tahsil olayotgan talaba (magistrant)larga taalluqli);

xorijiy til boʻyicha V2 darajasiga ega boʻlish.

barcha fanlardan a'lo oʻqish;

ilmiy (ijodiy) tadqiqot olib borayotganlik;

oʻqiyotgan ta'lim yoʻnalishi (mutaxassisligi) va tadqiqot mavzusi doirasida OAK e'tirof etgan xalqaro bazalardagi “Impact Factor”li xorijiy jurnalda kamida 1 ta hamda respublika ilmiy jurnallarida 1 ta maqolaga, shuningdek, xorijiy OTM yoki ITIda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada 1 ta hamda respublika anjumanida 1 ta tezisga ega boʻlish. Bunda, OAK tomonidan “Ilmiy gʻirrom” deb e'lon qilingan tijoriy yohud klon jurnallarda chop etilgan ishlar inobatga olinmaydi;

Oʻzbekiston tarixini bilish (faqat, oliy ta'lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoridagi ta'lim; san'at va gumanitar fanlar; ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim sohalaridagi ta'lim yoʻnalish (mutaxassislik)larida tahsil olayotgan talaba (magistrant)larga taalluqli);

xorijiy til boʻyicha S1 darajasiga ega boʻlish.

Mazkur Nizomning 5-bandi “b” kichik bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablardan biri bajarilishi lozim:

patent yoki mualliflik guvohnomasi mavjudligi;

xalqaro yoki respublika fan / sport olimpiadalarida birinchi uchtalik sovrinli oʻrinlardan birini qoʻlga kiritganlik;

xalqaro yoki respublika miqyosida oʻtkazilgan nufuzli tanlovlarda birinchi uchtalik sovrinli oʻrinlardan birini qoʻlga kiritganlik.

FerSU stipendium granti va stipendiyalariga talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun Xalqaro hamkorlik boʻlimiga quyidagilarni taqdim qiladilar:

talabaning Hemis axborot tizimidagi oʻquv varaqasi; dekanat va kafedraning tavsiyanomalari;

ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi; ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari; til bilish darajasi sertifikatining nusxasi.

Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada FerSU stipendium turi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat ta'lim yoʻnalishi, kursi, guruhi koʻrsatiladi.

Ovoz berish jarayonida universitet ilmiy kengashning barcha ishtirokchilari ishtirok etishi mumkin.

Ovoz berish natijalariga koʻra:

Tanlovga hujjat topshirgan, FerSU stipendium komissiyasi tavsiyanomasiga ega, ajratilgan har bir kvota boʻyicha eng koʻp ovoz olgan nomzodlarning bir nafari tegishligi boʻyicha FerSU stipendium granti va stipendiyalaridan birining gʻolibi boʻladi.

“FerSU stipendium G + A” sovridori boʻlgan xorijiy talaba (magistrant)ni “FerSU stipendium”ning boshqa turlari uchun oʻtkaziluvchi tanlovlarga hujjat topshirish mumkin emas.

“FerSU stipendium B” moliyaviy koʻmagidan foydalangan xorijiy talaba (magistrant) mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan “a”, “b”, “c” kichik bandlaridan birini bajarganligidan kelib chiqib, FerSU stipendiumning boshqa turlari uchun oʻtkaziluvchi tanlovlarga hujjat topshirishi mumkin.