Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 394
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 44

Farg‘ona Davlat Universiteti Etika Qo‘mitasi Siyosati

1. Maqsad

Etika qo‘mitasining asosiy maqsadi – universitetda olib borilayotgan ilmiy, amaliy, o‘quv-tarbiyaviy hamda tashkiliy faoliyatlarning barchasi xalqaro va milliy etik me’yorlarga mos ravishda amalga oshirilishini ta’minlashdir. Qo‘mita nafaqat ilmiy tadqiqotlarda, balki ta’lim jarayonida, talabalar bilan ishlashda, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarda va jamiyat bilan muloqotda ham adolat, shaffoflik, mas’uliyat, inson qadr-qimmati va huquqlarini hurmat qilish kabi tamoyillarga rioya etilishini kuzatadi. Shuningdek, qo‘mita etik xatoliklarning oldini olish, paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish va universitet jamoasi uchun etik muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

2. Tarkib

Etika qo‘mitasi universitetning turli bo‘linmalari va akademik jamoasini qamrab oluvchi a’zolardan tashkil topadi. Qo‘mita tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Rais – Rektor yoki uning o’rniga ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektor bo’ladi. qo‘mitaning umumiy faoliyatini boshqaradi, kun tartibini shakllantiradi hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qiladi.

Kotib – maxsus ilmiy darajali xodim bo‘lib, qo‘mitaning barcha hujjatlarini yuritadi, yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtiradi, zarur yozishmalarni amalga oshiradi va a’zolar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.

A’zo vakillar – bioetika, huquq, metodologiya sohalarida yetuk mutaxassislar, shuningdek, doktorantlar va talabalar vakillari kiritiladi. Bu a’zolar qarorlar qabul qilishda turli manfaat va nuqtai nazarlarni ifodalaydi hamda qo‘mitaning faoliyatini yanada shaffof va xolis qiladi.

Qo‘mita tarkibi universitet kengashida tasdiqlanadi va zarurat tug‘ilganda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

3. Vazifalar

Etika qo‘mitasining asosiy vazifalari universitetda olib borilayotgan ilmiy, ta’limiy va tashkiliy faoliyatlarni etik me’yorlar asosida boshqarish hamda ularning shaffofligini ta’minlashdan iborat. Jumladan:

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini baholash – barcha ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalar, jumladan, talabalar, magistrantlar va doktorantlarning dissertatsiya tadqiqotlari etik talablar va xalqaro standartlarga mos kelishini nazorat qiladi, zarurat tug‘ilganda ekspert xulosalarini beradi.

Rozilik va maxfiylikni ta’minlash – tadqiqotlarda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqlari himoya qilinishini, ulardan olingan ma’lumotlarning maxfiy saqlanishini va “informed consent” (xabardor qilingan holda rozilik) jarayonining to‘liq bajarilishini ta’minlaydi.

Yig‘ilishlar jadvalini rejalashtirish – qo‘mitaning o‘z vaqtida faoliyat yuritishini ta’minlash uchun muntazam yig‘ilishlar o‘tkazadi, majlislarda ko‘tarilgan masalalarni yozma bayonnoma asosida rasmiylashtiradi va qarorlarning ijrosini kuzatib boradi.

Etik bilimlarni oshirish – talabalar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun etik me’yorlarga oid treninglar, seminarlar, mahorat darslari va axborot kampaniyalarini tashkil etadi.

Shikoyat va muammolarni ko‘rib chiqish – talabalar yoki xodimlar tomonidan taqdim etilgan etik xatoliklar haqidagi murojaatlarni adolatli va xolisona ko‘rib chiqadi, tegishli tavsiyalar va qarorlar chiqaradi.

Hamkorlikni rivojlantirish – boshqa universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan etik masalalarda tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va yangi standartlarni tatbiq etishda faol ishtirok etadi.

4. Yigʻilish Rejasi

Etika qo‘mitasi o‘z faoliyatini muntazamlik va davomiylik tamoyillari asosida olib boradi. Qo‘mita majlislari har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi, biroq imtihon sessiyalari yoki ta’til davrida bu yig‘ilishlar keyingi oyga ko‘chirilishi mumkin.

Majlislarda universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim jarayonlari, talabalar va xodimlar faoliyatida yuzaga kelayotgan etik masalalar muhokama qilinadi, shuningdek, qo‘mita a’zolari tomonidan yangi tashabbuslar ilgari suriladi. Har bir yig‘ilish yuzasidan rasmiy bayonnoma tuziladi va unda qabul qilingan qarorlarning ijrosi qat’iy nazorat qilinadi.

Dastlabki yil uchun uchrashuvlar jadvali belgilab olinadi va u universitetning rasmiy veb-saytida hamda fakultetlar axborot taxtalarida e’lon qilinadi. Zarurat tug‘ilganda favqulodda yig‘ilishlar chaqirilishi ham mumkin.


Etika Qo‘mitasi o’tkazgan Majlislari Jadvali (2024–2025)

No.

Majlis Sanasi

Asosiy Mavzu

Qatnashganlar

1

15.09.2024

Yillik Reja va Etika Normativlari

Rais, Kotib, 3 ekspert

2

20.10.2024

Ilmiy Loyihalarni Etik Baholash

Rais, 2 metod ekspert, talabalar vakili

3

18.11.2024

Maxfiy ma’lumotlarni muhofaza qilish

Rais, Kotib, 1 mutaxassis

4

16.12.2024

Training va Axborot Tadbirlarini muhokama

Rais, kengaytirilgan a’zo

5

20.01.2025

Yangi tadqiqot instrumentlari va etik yo‘riqnoma

Rais, 2 ekspert

6

17.02.2025

Ilmiy-etika qo‘llanmalarining yangilanishi

Rais, Kotib, 1 talaba vakili

7

17.03.2025

Annotatsiya va Etik baho jarayoni

Rais va barcha tarkib

8

21.04.2025

Yillik tahlil va kelasi yil rejasi

Rais, Kotib, ekspertlar