Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 500
  • Ko`rib chiqilganlar 467
    • Takliflar 60
    • Arizalar 391
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Huquqshunoslik fakulteti

Fakultet dekani: So‘fiyev Abduhakim Abdulazizovich

1975-yil 13-noyabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan.

Ish telefоni: (+99873) 244-47-08

E-mail: sufiyevabduhakim474@gmail.com

Qabul vaqti: dushanba-juma 1400-1600

Fakultet manzili: 5120300, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy, 7-bino.
Telefon: (+99873) 224-47-08


O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari: Yusupov Dilshodjon Ne’matjon o‘g‘li

Farg’ona viloyatida tug‘ilgan

Uyali aloqa telefoni: +99899-430-82-20

E-mail: alfargoniy.uz@gmail.com

Qabul kuni: chorshanba 14:00 - 16:00




FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Huquqshunoslik fakulteti dastlab 1991-yilda tashkil topgan va 2003-yilga qadar faoliyat yuritgan. Bu davrda fakultetga yuridik fanlari doktori, professor Y.Raximov dekanlik qilgan. 2022-yilda Farg‘ona davlat universiteti huzurida yurisprudensiya yo‘nalishi ochilgan bo‘lib, Tarix fakulteti trakibida faoliyat olib borgan. 2026-yilning yanvarida universitet tarkibida Huquqshunoslik fakulteti tashkil topgan. 2022/2023-o’quv yilida yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishiga 189 (93 ta kunduzgi va 96 ta sirtqi) nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan.

Bugungi kunda Huquqshunoslik fakultetida yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 1438 nafar (shundan, 628 nafari kunduzgi, 782 nafari sirtqi va 28 nafari kechki ta’lim shaklida) talabalar taxsil olmoqda. Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘qish muddati kunduzgi shaklida 4 yil, sirtqi shaklida 5 yil, kechki shaklida esa 4,5 yilni tashkil etadi.

Fakultetda 2 ta kafedrada jami 23 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy ish o‘rnida faoliyat yuritmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati 44 % ni tashkil etadi. Shundan, 1 nafar fan doktori professor, 9 nafari fan nomzodi, 6 nafari dotsentlar, 4 nafari katta o‘qituvchi hamda 11 nafari o‘qituvchilardir.

MAXSUS HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Dadaboyeva Jumagul Anvarovna

1974-yil 22-martda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan

Telefon raqami: +998 99 147 22 77

E-mail: dadaboyevajumagul74@gmail.com

Qabul kunlari: Seshanba, juma 09.00-11.00


Huquq ta‘limi kafedrasi 30.08.2022-yildagi 355-sonli buyruq asosida tashkil topgan. 2022-yildan 2024-yilgacha huquq ta‘limi kafedrasining mudiri lavozimida Ahrorqulov Anvarjon Anvarovich faoliyat yuritib kelgan. 2024-yildan 2026-yilga qadar Dadaboyeva Jumagul Anvarovna kafedran mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2026-yil yanvarda Universitet tashkiliy tuzilmasiga kiritlgan o‘zgarishga ko‘ra Huquq ta’limi kafedrasi negizida “Umumnazariy huquqiy fanlar” hamda “Maxsus huquqiy fanlar” kafedralari tashkil qilingan. Ayni kunda Dadaboyeva Jumagul Anvarovna Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari haqida ma‘lumot:

F.I.Sh.

Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni

Ma‘lumot

1

Dadaboyeva Jumagul Anvarovna

Kafedra mudiri, Yu.f.n., dotsent

1974-yil 22-martda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1996-yil. Farg‘ona davlat universiteti tamomlagan. Mutaxassisligi: Huquqshunos. 2022-yildan kafedra dotsenti, 2024-yildan kafedra mudiri.

2

Kazixadjayev Jumaxodja Hamdamxo’jaevich

Yu.f.n., dotsent

1954-yil 21-dekabrda Farg‘ona viloyati Marg’ion shahrida tug‘ilgan. 1981-yil, Ichki ishlar boshqarmasi Toshkent Oliy maktabi tamomlagan. Mutaxassisligi: kriminalistika. 2022-yildan kafedra dotsenti.

3

Usmonova Mahliyo Sobirjon qizi

Yu.f.f.d., dotsent

1993-yil 17-aprelda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2016-yil Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Huquqshunos. 2025-yildan kafedra dotsenti.

4

Tillaboyeva Muvazzam Baxtiyorovna

Yu.f.f.d., katta o‘qituvchi

1985-yil 4-mayda Qirg’iziston Respublikasi Osh shahrida tug’ilgan. 2021-yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

5

Jumaboyev Axrorjon Hamzaliyevich

O‘qituvchi

1980-yil 14-sentabrda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug‘ilgan. 2004-yili Toshkent davlat yuridik insitutini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

6

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

O‘qituvchi

1981-yil 6-martda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent davlat yuridik insitutini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra o‘qituvchisi.

7

Egamberdiyev Feruzbek Asqarjon o‘g‘li

O‘qituvch

2001-yil 2-dekabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti. 2024-yildan kafedra o‘qituvchisi.

8

Mirzakarimova Dilafruz Doniyorjon qizi

O‘qituvchi

2002-yil 6-mayda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug’ilgan, 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Kiber huquq. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

9

Nabiyev Muhriddin Bahtiyor o‘g‘li

O‘qituvchi

1991-yil 18-dekabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan, 2023-yilda IIV akademiyasi tamomlagan, Jinoyatlarni oldini olish va fosh etish faoliyati mutaxassisligi boʻyicha yurist. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

10

Sodiqov Axrorbek Abdumalik o‘g‘li

O‘qituvchi

2000-yil 4-martda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ilgan, 2023-yilda AQShning Pensilvaniya davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra o’qituvchisi.

11

So‘fiyev Abdulhakimjon Abdulazizovich

O‘qituvchi (Ichki o‘rindosh)

1975-yil 13-noyabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug’ilgan. 1998-yili Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi: huquqshunos, 2022-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

12

Abdurahimova Dilnoza Isroilovna

Kabinet mudiri

1981-yil 14-iyulda Farg’ona viloyati, Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2006-yil Farg‘ona Engilsanoat texnikumini tamomlagan. Mutaxassisligi: hisobchi. 2025-yildan kafedra kabinet mudiri.


UMUMNAZARIY HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Borotov Alisher Xomidovich

1984 yil 25-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan

Telefon raqami: +998 99 879 84 10

E-mail: borotovalisher@gmail.com

Qabul kunlari: Dushanba, payshanba 09.00-11.00



Umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi Huquq ta‘limi kafedrasi negizida Universitetning 21.01.2026-yildagi 43-sonli buyrug’i asosida ajralib chiqqan. Universitetning 30.01.2026-yildagi 38-K-sonli buyrug’i bilan Borotov Alisher Xomidovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedrada kunduzgi ta‘limdan tashqari, kechki, sirtqi ta‘lim va 2-mutaxassislik sirtqi ta’lim shakli ham mavjud bo‘lib, talabalar tahsil olib kelmoqda.

Umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari haqida ma‘lumot:

F.I.Sh.

Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni

Ma‘lumot

1

Borotov Alisher Xomidovich

Kafedra mudiri, Yu.f.f.d. (PhD)

1984-yi 25-dekabrda Far’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ilgan. 2011-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquq magistri. 2026-yildan Umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi mudiri.

2

Ahrorqulov Anvarjon Anvarovich

Yu.f.b.f.d.(PhD), dotsent

1974-yil 26-martda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.1998-yil Farg‘ona davlat universiteti tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2024-yildan kafedra dotsenti.

3

Mirzayev Anvar Sattoraliyevich

Yu.f.b.f.d.(PhD), dotsent

1986-yil 30-iyunda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2007-yili IIV akademiyasi tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra dotsenti.

4

Ismoilov Ixtiyorjon Azamjonovich

F.f.b.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi

1984-yil 8-dekabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Nizomiy davlat universiteti tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

5

Mamajonova Dilfuzaxon Abdujabborovna

Katta o‘qituvchi

1974-yil 9-mayda Farg‘ona viloyati Farg’ona shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: yurist. 2025-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

6

Madumarova Nilufar Maxamadovna

O‘qituvchi

1977-yil 03-mayda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra katta o‘qituvchisi.

7

Muhammadjonov Shohinurbek Shuhratjon o‘g‘li

O‘qituvchi

2002-yil 21-oktabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan. 2023-yil O'zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi: yurist. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

8

Turdiqulov Maxtumqul Mirzaqulovich

O‘qituvchi

1962-yil 21-sentabrda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug’ilgan. 1992-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

9

Movlonov Baxrom Qodirovich

O‘qituvchi

1959-yil 05-iyunda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tug’ilgan. 1987-yili IIV akademiyasi tamomlagan. Mutaxassisligi: tergov kriminalistika. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

10

Qodirov Xursanali Nurali o’g’li

O‘qituvchi

1998-yil 18-martda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2021-yili IIV akademiyasi tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqbuzarliklar profilaktikasi. 2024-yildan kafedra o‘qituvchisi.

11

Abduvaliyev Murodillo Ma’rufjo o’g’li

O‘qituvchi

1997-yil 8-oktabrda Farg‘ona viloyati Bag’dod tumanida tug’ilgan. 2022-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Huquqshunos. 2024-yildan kafedra o’qituvchisi.

12

Axmadaliyev Yusufjon Ismoilovich

Professor (Ichki o‘rindosh)

1962-yil 8-sentabrda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug’ilgan. 2001-yili Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2025-yildan kafedra professori.

13

Topivoldiyeva Olmosxon Akmal qizi

Kabinet mudiri

1993-yil 20-aprelda Farg’ona viloyati, Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2012-yil Farg‘ona shahar huquqshunoslik kollejini tamomlagan. Mutaxassisligi: huquqshunos. 2026-yil fevraldan kafedra kabinet mudiri.