1975-yil 15-yanvarda Farg`ona viloyati, Quva tumanida tug`ilgan.
Ish telefoni: 73-244-44-06
E-mail: a_abdullayev1975 @mail.ru
Telefon raqami: 73-244-44-06
e-mail:komiljonurinov@mail.ru
Telefon raqami: 73-244-44-06
e-mail:sherozbek@mail.ru
“JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARINING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH, NAZORAT VA MONITORING” BO‘LIMINING ASOSIY VAZIFALARI
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, universitetda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid Qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me'yoriy xujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini o‘z vaqtida nazorat va tahlil qilish va istiqboli rejalarni ishlab chiqish. Fakultetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Qaror va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'ati qarorlari, buyruq va topshiriqlari, universitet Kengashi qarorlari va universitet buyruqlari bajarilishini nazorat qiladi va ta'lim sohasidagi me'yoriy xujjatlarning bajarilishini nazoratini va monitoringini olib borilishini tashkil qiladi. Universitet ta'lim sohasida ilg‘or tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni ishchi gurux bilan birgalikda amalga oshiradi. Nazorat natijalari hamda ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.
Shu bilan birga, universitetda hujjatlar almashinuvini “Qog‘ozsiz ish yuritish tamoyili” asosida amalga oshirish, ijro intizomini mustahkamlash borasidagi faoliyatni takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Universitetda ta'lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Universitetda ta'limning holati va rivojlanishi haqida ma'lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi Talabalar bilimini reyting tizimi asosida xolis va adolatli baholanishini nazorat qiladi. Zarur hollarda yakuniy nazoratdan keyin fanlar bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda qo‘shimcha sinovlar o‘tkazadi. Universitetda va unga tegishli ta'lim muassasalarida (fakultetlar, kafedralar, malaka oshirish fakultetlari, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) ta'lim standartlariga hamda ta'limga oid me'yoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshiradi. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni nazorat qiladi.
Farg’ona Davlat universitetiga kirim qilingan hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, ularning ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli taminlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari tug‘risida”gi 12-sonli qarori, 1999 yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respuyulikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va xuddudiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” hamda vazirlikning 2009-yil 8-sentyabrdagi 309-sonli va 2010 yil 21-maydagi 195-sonli, 2025 йил 6-январдаги 1-сонли buyruqlari, “Farg’ona Davlat universitetiga ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMA”ga asosan olib boriladi.