Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 460
  • Ko`rib chiqilganlar 427
    • Takliflar 59
    • Arizalar 358
    • Shikoyatlar 43
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

Bo‘lim boshlig‘i: Mamajonov Inomjon Noraliyevich

Ilmiy darajasi: Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Mobil: (+99890) 274-43-42

Qabul kuni: Har kuni 14:00-16:00

E-mail: inomjonmamajonov77@gmail.com



1989-yil 13-iyunda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tavallud topgan. 2012-yilda Farg‘ona davlat universitetining Ekologiya ta’lim yo‘nalishini, 2014-yilda esa Ekologiya (qishloq xo‘jaligi) magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2014-2016-yillarda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasida dispecher sifatida faoliyat yuritgan. 2016-2018-yillarda universitetning Ekologiya kafedrasida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2018-2021-yillarda Farg‘ona davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat olib borgan. 2021-2024-yillarda universitet doktoranti bo‘lgan. 2025-2025-yillarda Farg‘ona davlat universiteti o‘quv-uslubiy boshqarmasining Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2025-yildan hozirgacha Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda. Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Phd.

Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ – huquqiy hujjatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;

bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv – uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ – huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

universitet professor – o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;

ta’lim jarayoni moddiy – texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora –tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

Universitet kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida OTM rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;

ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bo‘lim boshlig‘i va ikkita bosh mutaxassisdan iboratdir.

Bo‘lim bosh mutaxassisi: Xamraqulov Jahongir Baxtiyorovich

Ilmiy darajasi: Pegagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Phd

Mobil: (+99890) 535-85-83

E-mail: jahon.1314@mail.ru




Bo‘lim bosh mutaxassisi: Isroilova Dildoraxon Tavakalovna

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Iqtisodchi

Mobil: (+99894) 399-60-01

E-mail: isd37157@mail.ru



Bo‘lim bosh mutaxassisi lavozimiga qo‘yidagi malaka talablari qo‘yiladi:

oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo‘lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy meyoriy – huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;

pedagogik va ta’lim – tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;

o‘quv, ilmiy–tadqiqot va ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun – mohiyatini tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarni bilishi;

o‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ – huquqiy hujjatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va universitet rektori buyruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

o‘quv jarayonini normativ – huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va ijro nazoratini ta’minlash hamda HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit – modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

universitetning o‘quv, ilmiy – uslubiy va ilmiy – tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota – ona, professor – o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy – uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan OTMlarni o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.

Farg‘ona davlat universiteti tarkibidagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi to‘g‘risidagi

NIZOM

Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14 - bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 - martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita Farg‘ona davlat universiteti tarkibiga kiradi.

I.UMUMIY QOIDALAR

1.Mazkur Nizom Farg‘ona davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek bo‘lim faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Farg‘ona davlat universiteti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda matnda – bo‘lim deb yuritiladi) Farg‘ona davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda matnda – universitet deb yuritiladi) tuzilmasiga kiradi.

3. Bo‘lim nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18 – iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515 – son qarorining 14 – bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 – martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72 – son buyrug‘iga asosida ishlab chiqiladi va universitet rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan universitet bo‘limining nizomi bo‘lim xodimlari tomonidan o‘ziga yuklatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun normativ – huquqiy hujjat hisoblanadi.

4. Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

5. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi rahbar – xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda universitet rektori buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari to‘g‘ridan to‘g‘ri vazirlikning Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga hisobdor sanaladi. Universitet tashkiliy tuzilmasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

6. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda universitet rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi nizomga muvofiq olib boradi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, muammolar va kamchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

II.BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

7. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv – uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ – huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor – o‘qituvchilarningmalakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

universitet professor – o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;

universitetning o‘quv jarayoni, ilmiy – tadqiqot va ilmiy – uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

ta’lim jarayoni moddiy – texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida baholarning xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota – ona, professor – o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora – tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;

universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

universitet kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

ta’lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish va tahlil qilish;

ta’lim sifatini ta’minlay oladigan professor – o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli o‘qituvchilami tanlash, ishga qabul qilish, ulaming kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof tashkiliy mexanizmlami yaratish;

professor – o‘qituvchilarning dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

oliy ta’lim muassasasini ichki baholashdan o‘tkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklami bartaraf etish choralarini ko‘rish;

o‘quv jarayonini normativ – huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit – modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

malaka talabalari, o‘quv reja va dasturlaming kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

bitiruvchi talabalaming kadrlar bozoridagi o‘rni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib borish;

dars o‘tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini o‘rganib borish;

talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi bo‘yicha ko‘rilgan choralar samaradorligini aniqlash;

professor – o‘qituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini o‘rganish;

professor – o‘qituvchilarga o‘quv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

axborot – resurs markazida talaba va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar bo‘yicha darsliklarning mavjudligi, talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;

mustaqil ta’limni talab darajasida tashkil etilishini o‘rganish va tahlil qilish (yo‘riqnoma yoki uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqilishi, mustaqil ta’limni tashkil etish uchun talablarni qo‘yilishi va talabalar yuklamasini shakllantirilishini ta’minlash);

oliy ta’lim muassasalarida plagiatga qarshi dasturlarni joriy etilishini ta’minlash (jumladan, akademik halollik tamoyillarini joriy etish va ko‘chirmachilikka qarshi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish);

vazirlikning topshirig‘iga muvofiq, boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishda ishtirok etish.

8. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

universitetda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora – tadbirlarni amalga oshiradi;

asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ–huquqiyhujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;

talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

universitet professor – o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qiladi;

o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi;

ilmiy – tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, universitet professor – o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy – tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tadbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;

universitet tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy – texnik ta’minoti, o‘quv – laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

ta’limning ishlab chiqarish va ilm–fan bilan integratsiyasini, universitetning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;

o‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

ta’lim jarayoniga ilmiy – tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;

universitetning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

universitetning o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy – ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;

universitet axborot – resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor – o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;

bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

ota – onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

professor – o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

universitet rahbariyati, professor – o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;

talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o‘rganadi va takliflar tayyorlaydi;

yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ – huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o‘tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda universitet rektoriga o‘rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

universitetda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota – ona, professor – o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

universitet faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o‘rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora – tadbirlarni ishlab chiqadi;

universitetda xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan OTMlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarish uchun tajribali professor – o‘qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda universitet rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

universitetda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijalari asosidagi takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.

III. BO‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

9. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun universitet tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

universitet va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;

universitetda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

universitetda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

o‘quv jarayonini normativ – huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit – modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;

belgilangan tartibda universitet kengashiga saylash va saylanish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

10. Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:

xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda universitetning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12–sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora–tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning ustavi, ichki tartib hamda odob – ahloq qoidalariga rioya etadi.

IV. BO‘LIM ISHINI TASHKIL ETISH

12. Bo‘lim respublikadagi barcha OTM tarkibida ularning belgilangan shtatlari doirasida universitet rektori buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi.

Bo‘lim yuridik shaxs maqomiga ega emas.

13. Bo‘lim 3 nafar xodim: bo‘lim boshlig‘i va ikki nafar bosh mutaxassisdan iborat.

14. Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlariga nomzodlar universitet rektori buyrug‘i bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ruxsati bilan lavozimlaridan ozod etiladi.

15. Bo‘lim xodimlarining oylik ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son,40-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 33-son, 852-modda) muvofiq belgilanadi va universitet tomonidan to‘lanadi. Bo‘lim xodimlariga universitet xodimlari lavozimlari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.

16. Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qilish bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.

Bo‘lim boshlig‘ining lavozimi, dekan lavozimiga tenglashtiriladi.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish bosh mutaxassisning biriga yuklatiladi.

17. Bo‘lim o‘z faoliyatini yuritishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga va universitet rektoriga bo‘ysunadi.

18. Bo‘limga ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy – metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek, ilmiy – pedagogik stajga ega bo‘lgan shaxslar tarkibidan malakaviy talablarga muvofiq belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

V. BO‘LIM XODIMLARINING MALAKA TALABLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI

19. Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qo‘yidagi malaka talablari qo‘yiladi:

oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo‘lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy meyoriy – huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;

ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim – tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;

universitetning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;

o‘quv, ilmiy – tadqiqot va ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun – mohiyatini to‘liq tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining grifini olish tartibini bilishi;

universitet professor – o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;

o‘zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

20. Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ – huquqiy hujjatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;

bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv – uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

universitet talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ – huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni universitet rektoriga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;

ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

universitet professor – o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni universitet rektoriga ma’lum qilish;

ta’lim jarayoni moddiy – texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora –tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;

o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;

Universitet kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

bo‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish haqida OTM rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;

ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo‘limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

21. Bo‘lim bosh mutaxassisi lavozimiga qo‘yidagi malaka talablari qo‘yiladi:

oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bo‘lishi;

ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy meyoriy – huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo‘llay olishi;

pedagogik va ta’lim – tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo‘lishi;

ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi;

o‘quv, ilmiy–tadqiqot va ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning mazmun – mohiyatini tushunishi, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarni bilishi;

o‘zbek tilini mukammal, rus va xorijiy tillardan birini yetarli darajada bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

22. Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:

o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ – huquqiy hujjatlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va universitet rektori buyruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;

o‘quv jarayonini normativ – huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida to‘g‘ri tashkil etilganligi va ijro nazoratini ta’minlash hamda HEMIS tizimidan foydalanish samaradorligini o‘rganib borish (jumladan, axborot tizimiga ma’lumotlami o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kiritilganligi, kredit – modul tizimini talab darajasida tashkil etilganligi);

universitetning o‘quv, ilmiy – uslubiy va ilmiy – tadqiqot ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota – ona, professor – o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;

jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;

attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;

bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy – uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan OTMlarni o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.

VI. YAKUNIY QOIDALAR

23. Bo‘lim xodimlari o‘z zimmasiga yuklatilgan va funksional vazifalari doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.

24. Bo‘lim faoliyatiga oid nizolar, o‘zaro munozaralar olib borish orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

25. Mazkur Nizomni bekor qilish yoki unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.