O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
OLIY TA`LIM MUASSASALARIGA O'QISHGA QABUL QILISH, TALABALAR O'QISHINI KO'CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O'QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBI TO'G`RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
«Ta`lim to`g`risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar hamda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida Nizom 3-ilovaga muvofiq;
O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi qoshidagi Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash idoralararo komissiyasi to`g`risida Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.