O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTASIYA KOMISSIYASI RAYOSATINING
QARORI
TALABGORLARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA LAYOQATINI ANIQLASH BO'YICHA TEST O'TKAZISH TARTIBI TO'G`RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 aprelda ro`yxatdan o`tkazildi, ro`yxat raqami 2664]
Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 7 apreldagi 237/2-sonli ««Talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo`yicha test o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorni o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida»gi qaroriga (ro`yxat raqami 2664-1, 13.04.2017 y.) asosan o`z kuchini yo`qotgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o`tkazish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son «Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestasiyadan o`tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: