Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat
buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” PF-81-sonli
Farmoni, 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini
amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”
PQ-330-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil
10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va
qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 149-sonli
Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘i hamda Farg‘ona davlat universiteti
rektorining 2025-yil 3-apreldagi 193-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash,
shuningdek, ta’lim grantlarini iqtidorga yo‘naltirish, grant kvotalarining
taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetda ta’lim yo‘nalishi (magistratura
mutaxassisligi), ta’lim tili va kurslar kesimida to‘liq davlat granti va to‘liq
bo‘lmagan ta’lim grantlari kvotalari taqsimlandi