Xalqaro loyihalar
“Analysis and PDE” xalqaro ilmiy markazda ilmiy faoliyat
Fakultet dekani: Bakirov To’lqinjon Yunusaliyevich
Ma`lumoti: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti: Dushanba-Juma 14:00-16:00
Tel: (+99890) 583-67-36
Yoshlar masalalari va manaviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Rahmatov Odiljon Rahmonberdiyevich
1984-yil 20-may Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan
Ish telefoni: +998732444465
Uyali aloqa telefoni: +998916507373
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 14:00 - 16:00
E-mail: rahmatovodil84@umail.uz
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Mamanazarov Azizbek Otajon o'g'li
1992-yil 10-oktyabrda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan
Uyali aloqa telefoni: +998941009744
Qabul vaqti payshanba kuni soat 14:00-16:00
Е-mail: mamanazarovaz@gmail.com
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Umarov Bekzod Azizovich
Ma`lumoti: Pedagogika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti: Dushanba-Payshanba 14:00-16:00
Tel: (+99890) 668-11-18
E-mail: ubaumarov@gmail.com
Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
Murabbiylar ko`chasi, 19-uy, 1-bino.
Telefon: (+99873) 224-44-65.
E-mail: fizmat@fdu.uz
Fizika-matematika fakulteti haqida ma’lumot
Fakultet 1930-yilda fizika-matematika nomi bilan ochilgan va 1962-yilga qadar shu nom bilan faoliyat yuritgan. Fakultetning birinchi dekani shu institutni birinchilar qatori tamomlagan Rahim Karimovich Otajonov bo‘lgan va u 1930-1937 -yillarda fakultetni boshqargan. Undan so‘ng 1937-1940-yillarda dotsent Sokolov Georgiy Timofeyevich, 1941-1955-yillarda O‘rmonov Hamid O‘rmonovich, 1953-1955-yillarda Inomov Ibrohim Inomovich, 1958-1959-yillarda So‘fiyev Tilavoldi So‘fiyevich va 1955-1958, 1959-1962-yillarda professor Karimov Jamol Xudoyberdiyevichlar boshqardilar.
1962-yilda fizika-matematika fakulteti alohida fizika fakulteti hamda matematika fakulteti bo‘lib ajraldi. Matematika fakultetida dekan lavozimlarida 1962-1968- yillari Qo‘chqor Boyqo‘ziyevich Boyqo‘ziyev, 1968-1975-yillarda Najmiddin Sotvoldiyevich Sotvoldiyev, 1975-1980-yillarda Qo‘chqor Sarimsoqovich Sarimsoqov, 1980-1987-yillarda Qalandar Xolmatov, 1987-1999-yillarda Qo‘nok Huseinovich Shabadikov, 1999-2004-yillarda Xursanali Nurmatovich Qosimovlar faoliyat ko‘rsatishgan.
2004-yilga kelib, fizika fakulteti bilan matematika fakulteti yana birlashtirilib, fizika-matematika fakulteti deb nomlandi. Uni 2004-2008-yillarda f.-m.f.d., professor Rustam Yavkachovich Rasulov, 2008-2011-yillarda dotsent Xursanali Nurmatovich Qosimov, 2011-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi Abdurashid Tolibjonovich Abduqodirovlar boshqargan bo‘lsa, 2011-2016-yillarda fizika-matematika fanlari nomzodi Tojiboyev Ibrohimjon Tojialiyevich, 2016-2019- yillari Qodirov Komiljon Raximovich, 2019-2021-yillarda esa fizika-matematika fanlari doktori Shaxobiddin Tuychiboyevich Karimov boshqargan. Fizika-matematika fakulteti 2022-yil 1-oktyabrdan ikkiga ajragan holda fizika-texnika va matematika-informatika fakultetlariga bo‘lindi. Matematika-informatika fakultetini 2021- yil yanvar oyidan 2022-mart oyiga qadar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent G‘oziyev Qobiljon Solijonovich, 2022-yil mart oyidan 2024-yil avgust oyigacha fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent Xaydarov Ibroxim Usmonaliyevich boshqargan.
2024-yilning avgust oyida matematika-informatika va fizika-texnika fakultetlari birlashtirilib, fizika-matematika fakulteti deb nomlandi va shu davrdan boshlab pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent Bakirov To‘lqinjon Yunusaliyevich fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2024-2025-o‘quv yilida fakultetda asosiy shtatda jami 82 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 6 nafar fan doktori professorlar, 43 nafar fan nomzodi dotsentlar va 33 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Fakultet ilmiy salohiyati 59,7% ni tashkil qiladi.
Kafedralar kesimida ilmiy salohiyat fizika kafedrasida 79%, matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasida 75%, texnologik ta’lim kafedrasida 60%, amaliy matematika va informatika kafedrasida 58%, matematika kafedrasida 48%, axborot texnologiyalari kafedrasida 22 %ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda fakultetda talabalar amaliy matematika, matematika, fizika, texnologik ta’lim,kompyuter ilmlari, axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar.
Bundan tashqari, 2000-yildan boshlab fakultetda differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika o‘qitish metodikasi, matematika (matematik analiz), yarim o‘tkazgichlar fizikasi, fizika o‘qitish metodikasi, kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik, fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlangan bo‘lsa, hozirgi kunda matematika (matematik analiz) kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi va materialshunoslik, fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha), texnologika ta’lim kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlab kelinmoqda. O‘tgan davrlar mobaynida fakultetda differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va statistika, hisoblash usullari, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi, nazariy fizika mutaxassisliklar bo‘yicha aspirantura hamda tayanch doktarantura mavjud bo‘lib, ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqqan.
Hozirgi kunda fakultetda matematika, matematik analiz va differensial tenglamalar hamda doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilar instituti faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultetda bakalavriatning
1) 5130100 – Matematika
2) 5130200 – Amaliy matematika
3) 60610100 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
4) 60610204 – Axborot tizimlari va texnologiyalari
5) 60530900 – Fizika
6) 60530500 – Fizika
7) 60112300 -Texnologik ta`lim
8) 60111300 – Texnologik ta’lim
yo‘nalishlari , shuningdek magistraturaning
1) 5A130101– Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
2)70540201 - Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha)
3) 70530901 – Fizika
4) 70530501 – Fizika
mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi.
Professorlar |
Dotsentlar |
Katta o‘qituvchilar |
Oqituvchi |
DSc va PhD |
Ilmiy salohiyat |
3 |
5 |
6 |
5 |
5 |
50% |
Xonkulov Ulug‘bek Xursanaliyevich
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Tel:+998 90-255-95-82
Pochta: u_xonqulov@mail.ru
Qabul vaqti: dushanba - juma, 14:00 – 16:00
Kafedra haqida
Farg‘ona davlat pedagogika institutida 1931-yilda matematika fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibidagi yagona kafedra, ya'ni algebra va matematik analiz kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra matematika yo‘nalishi bakalavr tayyorlash bo‘yicha chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Bakalavriatning – “Мatematika” yo‘nalishi bo'yicha mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi. Kafedrada algebra va sonlar nazariyasi, differensial geometriya va topologiya, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika o‘qitish metodikasi, matematikadan misollar va masalalar yechish metodikasi, matematika darslarini loyihalash va kasbga yo‘naltirish, oliy matematika, matematika, analitik geometriya, analitik geometriya va chiziqli algebra, chizma geometriya va muhandislik grafikasi, diskret matematika va matematik mantiq, funksional analiz kabi fanlar o‘qitiladi.
Kafedrada hozirgi vaqtda 19 nafar (3 нафар профессор, 5 nafar fan nomzodi, PhD va dotsentlar, 6 nafar katta o’qituvchi, 5 nafar o’qituvchi ) professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Matematika kafedrasining hozirgi vaqtdagi ilmiy saljhiyati 50% ni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
60540100 -Matematika
Ilmiy va ijodiy faoliyat
Matematika kafedrasi 2022-2025 o‘quv yilida ajoyib natijalarga erishdi, jumladan, uchta professor, besh nafar fan nomzodi va uchta dotsent.
So‘nggi besh yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 ta o‘quv qo‘llanma, 15 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va beshta monografiya, shuningdek, nufuzli xalqaro (Web of Science, Scopus) va milliy ilmiy jurnallarda 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, konferensiya materiallari to‘plamlarida nashr etilgan.
Kafedra fanlari
1.Algebra
2.Analitik geometriya
3.Funksional analiz
4.Differensial geometriya va topologiya
5.Chiziqli algebra va analitik geometriya
6.Diskret matematika
7.Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
8.Matematika o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar
9.Matematika o‘qitish metodikasi
10.Chiziqli algebra
Xalqaro hamkorlik
Matematika kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Bu hamkorliklar qo‘shma tadqiqotlar, maqolalar, amaliyotlar, onlayn seminarlar va loyihalarni o‘z ichiga oladi.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Matematika kafedrasi dunyoning eng yaxshi 1000 ta universitetlari bilan xalqaro aloqalarni olib boradi. Xususan, Rossiyaning Belgorod davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Ummonning Sulton Ahmad universiteti (BAA) va Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti (Qozog‘iston) bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatib, ushbu universitetlarning yetakchi olimlarini ma’ruzalar o‘qishga taklif qilgan. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari ushbu universitetlarga amaliyot o‘tash, malaka oshirish kurslari va ma’ruzalar o‘qish uchun yuboriladi.
Mahalliy hamkorlar:
Namangan davlat texnika universiteti
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Ilmiy seminar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi
Scopus va Web of Scienceda indekslangan ilmiy nashrlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
№ |
F.I.SH. |
Ilmiy darajasi va unvoni |
Ma’lumot |
Xalqaro bazalardagi profil linki |
|
Xonkulov Ulugbek Xursanaliyevich |
Professor |
1989 yil 2 iyunda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2014-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. 2018 yildan “Matematika” kafedrasi o‘qituvchisi, 2020 yildan “Matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2022 yildan “Matematika” kafedrasi dotsenti, 2025 yildan kafedra professori lavozimida ishlaydi. |
|
|
Kodirov Komiljon Raximovich |
professor |
1965 yil 24 oktabrda Fargo’na viloyati, Oltiariq tumanida tug’ilgan. 1989 yilda Toshkaent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2025 yildan kafedra professori lavozimida ishlaydi. |
|
|
Yusupova Anora Karimovna |
Professor |
1958 yil 27 aprelda Fargo’na viloyati, Farg’ona shahrida tug’ilgan. 1980 yilda Farg’ona pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 1990 yildan buyon matematika kafedrasida kafedra dotsenti, 2023 yildan kafedra professori lavozimida ishlaydi. |
|
|
Ne’matov Islom |
Dotsent |
1938 yil 14 aprelda Fargo’na viloyati, Marg’ilon shahrida tug’ilgan. 1961 yilda Farg’ona pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 1977 yildan buyon matematika kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. |
|
|
Madraximov Asqarali Ermatovich |
Dotsent |
1948 yil 10 yanvarda Fargo’na viloyati, Toshloq tumanida tug’ilgan. 1969 yilda Farg’ona pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 1986 yildan buyon matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
|
|
Azizov Ergash Yuldashevich |
Dotsent |
1961 yil 10 dekabrda Fargo’na viloyati, Marg’ilon shahrida tug’ilgan. 1984 -yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika o’qituvchi. 1991 yildan buyon matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
|
|
G‘afforov Raxmatjon |
Dotsent |
1984 yil 3 noyabrda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2007 yil Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Matematik analiz. 2009 yildan matematika kafedrasida o`qituvchisi, 2015-yildan matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yildan buyon matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
|
|
Mamadaliyev Botirjon Mullaaminovich |
Dotsent |
1983 yil 12 oktabrda Fargo’na viloyati, Quva tumanida tug’ilgan. 2009 yil Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik o’qitish metodikasi o’qituvchi. 2009 yildan Matematika kafedrasida kafedra katta o’qituvchi, 2024-yildan buyon matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
|
|
Kukieva Sayyora Saidakbarovna |
Dotsent v,b. |
1972 yil 11 fevralda Fargo’na viloyati, Marg’ilon shahrida tug’ilgan. 1994 yilda Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika o’qituvchisi. 2002 yildan buyon matematika kafedrasi o’qituvchisi, 2025-yildan dotsen v.b lavozimida ishlaydi. |
|
|
Juraboyev Sayidaxbor Solijonovich |
Katta o‘qituvchi |
1989 yil 9 martda Farg’ona viloyati, Qo’shtepa tumanida tug’ilgan. 2013 yil Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar. 2013 yildan buyon matematika kafedrasida o`qituvchisi, 2024-yildan (PhD) katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Nishonboyev Azizbek Solijonovich |
Katta o‘qituvchi |
1984 yil 8 dekabrda Fargo’na viloyati, Beshariq shahrida tug’ilgan. 2007 yilda Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika. 2009 yildan buyon matematika kafedrasida o’qituvchi, 2022 yildan katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Mirzakarimova Nigoraxon Mirzahakimovna |
Katta o‘qituvchi |
1984 yil 1 iyunda Fargo’na viloyati, Quva tumanida tug’ilgan. 2007 yilda Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika o’qitish metodikasi. 2007 yildan buyon matematika kafedrasida kafedra o’qituvchisi, 2024-yildan katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Jo’rayev Otabek Tursunovich |
Katta o‘qituvchi |
1979 yil 10 avgustda Farg’ona viloyati, Oxunboboyev tumanida tug’ilgan. 2002 yil Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2025 yildan buyon matematika kafedrasida katta o’qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Melikuziyev Abror Akram ugli |
Katta o‘qituvchi |
1999 yil 15 martda Farg‘ona viloyati Uchko’prik tumanida tug‘ilgan. 2020 yil Farg’ona davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar. 2025 yildan buyon matematika kafedrasida katta o’qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Urinov Xalimjon Xamdamjonovich |
Katta o‘qituvchi |
1979 yil 20 iyulda Farg‘ona biloyati Rishton tumani tug‘ilgan.. 2005 yil Farg’ona davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial geometriya va topologiya. 2025 yildan buyon matematika kafedrasida katta o’qituvchisi lavozimida ishlaydi |
|
|
Toshbuvayev Boburmirzo Mashrab o‘g‘li |
O’qituvchi |
1997 yil 2 fevralda Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial geometriya va topologiya. 2022 yildan buyon matematika kafedrasi o`qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Topvoldiyev Fayzullo Foziljonovich |
O’qituvchi |
1987 yil 1 aprelda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2013 yil Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar. 2013 yildan buyon matematika kafedrasida o`qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Akbarova Sevaraxan Xusanbayevna |
O’qituvchi |
1993 yil 8 noyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2017 yilda Fargona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar. 2025 yildan buyon matematika kafedrasida o`qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
|
|
Matyakubova Nazira Xikmat kizi |
O’qituvchi |
1992 yil 28 aprelda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan. 2023 yil Toshkent davlat Pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: aniq va tabiy fanlarni o‘qitish metodikasi. 2025 yildan buyon matematika kafedrasida o`qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
MATEMATIK ANALIZ VA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Xalilov Qobiljon Solijonovich
1981-yil 29-avgust Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan.
Fizika- matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon raqami: +99890-230-12-39
Qabul vaqti payshanba kuni soat 14:00 - 16:00
E-mail: qsxalilov@gmail.com
Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi Farg‘ona davlat universiteti rektorining 1993-yil 20-oktyabrdagi 471-“L” buyrug‘i asosan “Differensial tenglamalar” nomi bilan tashkil etilgan va 2013-yil 21-fevraldagi №47 buyrug‘i bilan uni nomi “Matematik analiz va differensial tenglamalar”ga o‘zgartirildi. Kafedra fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Q.O‘rinov rahbarligida ish boshlab, uning birinchi a’zolari fizika-matematika fanlari nomzodlari Z.A.Axmedov, T.G.Ergashev, X.N.Qosimov, Sh.T.Karimov, katta o‘qituvchi I.Bakirov, katta laborant G.Mavlyudovalardir. Kafedraga differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, matematik analiz, variatsion hisob va optimallashtirish usullari, vektor va tenzor analiz, kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, maxsus fanlar biriktirilgan. Shu yilning o‘zida kafedra qoshida A.Q.O‘rinov rahbarligida “Differensial tenglamalar va uning ba’zi tatbiqlari” nomli ilmiy-uslubiy seminar ish boshladi. (Hozirda seminar kengaytirilib “Differensial tenglamalar va unga turdosh matematik sohalarning dolzarb muammolari” deb nomlangan.) Kafedrada kichik kutubxona mavjud bo‘lib unda kafedra yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanish olib borish uchun zarur bo‘lgan ilmiy - uslubiy adabiyotlar, ilmiy jurnallar, referativ jurnallar va boshqa adabiyotlar mavjud. Kafedrada 70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.
Shuningdek, kafedrada 01.01.01-Matematik analiz va 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va stajyor tadqiqotchilik mavjud bo‘lib, 13 ta tayanch doktorant va 1 ta stajyor tadqiqotchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
O‘tgan davr mobaynida kafedrada 1 ta doktorlik, 8 ta nomzodlik va 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari tayyorlandi va muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarligida 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 2 nafar Ulug‘bek, 1 nafar Islom Karimov, 2 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohib va sohibalari tayyorlandi.
2023-yilda kafedra tayanch doktoranti M.Azizov V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan e’lon qilingan T.A. Sarimsoqov nomidagi stipendiya sohibi bo‘ldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari jumladan, Belgiyaning Gent universiteti, Ummonning Sulton Qaboos universiteti, Qozog‘istonning Nazarbayev universiteti, Rossiyaning Belgorod davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedra qoshida “Yuqori tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun masalalr tadqiq etish” markazi faoliyat olib boryapti. Olingan natijalar dunyoning nufuzli xalqaro bazalariga (Scopus, Web of Science) kiruvchi jurnallarda chop etilmoqda.
1 | O‘rinov Аhmadjon Qo‘shaqovich | Professor | 1950-yil 19-yanvarda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 1970-yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika o‘qituvchisi. 2005-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi professori lavozimida ishlaydi. |
2 | G‘oziyev Qobiljon Solijonovich | Dotsent | 1966-yil 7-mayda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1990-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2022-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
3 | Rafiqov Abdurasul Nabiyevich | 1972 - yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1995-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2023-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. | |
4 | Abduqodirov Abdurashid Tolibjonovich | Dotsent | 1976-yil 14-yanvarda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. 1998-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2022-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
5 | Karimov Kamoliddin To‘ychiboevich | dotsent | 1980-yil 27-iyunda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2005-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar. 2020-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi. |
6 | Nishonova Shahnoza Tohirjon qizi | Dotsent | 1984-yil 27-sentabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2007-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar magistri. 2023-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti. |
7 | Аzizov Muzaffar Sulaymonovich | Katta o‘qituvchi | 1988-yil 21-yanvarda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2013-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar magistri. 2024-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
8 | Mamanazarov Аzizbek Otajon o‘g‘li | Dotsent | 1992-yil 10-oktyabrda Аndijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2017-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika (differensial tenglamalar). 2023-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti. |
9 | Ismoilov Muxtorjon Hamidovich | O‘qituvchi | 1966 - yil 16 - yanvarda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa (Oxunboboev) tumanida tug‘ilgan. 1990 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2018-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
10 | Ikromova Nargisa Sayidakbarovna | O‘qituvchi | 1973 - yil 11 - noyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1996 - yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: matematik. 2018 - yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
11 | Tursunova Ergashoy G‘ayratjon qizi | O‘qituvchi | 1996-yil 3-yanvarda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2020-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: differensial tenglamalar magistri. 2020-yildan buyon matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlaydi. |
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Raximov Quvvatali Ortikovich
1979-yil 13-fevraldada Farg‘ona viloyati, Danga‘ra tumanida tug‘ilgan.
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Telefon raqami: +99893-648-03-40
Qabul vaqti juma kuni soat 14:00 - 16:00
E-mail: quvvatali.rahimov@gmail.com
1985-1986-yillarda maktablarning o‘quv jarayoniga informatika fani kiritildi. Ushbu fan o‘qituvchilarini tayorlash maqsadida 1986-yil 25-fevralda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan “Hisoblash markazi” asosida “Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi tashkil qilingan.
Pedagogika institutining barcha ta’lim yo‘nalishlari rejasiga “Informatika va axborot texnologiyalari” fani kiritilib “Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi professor-o‘‘qituvchilari institutining barcha yo‘nalishlariga mazkur fandan dars o‘tishgan.
1997-yili matematika fakulteti qoshida “Tatbiqiy matematika va programmalashtirish” kafedrasi tashkil etilgan. Bu kafedra matematika fakulteti yo‘nalishlari uchun xizmat qilsa, “Informatika va xisoblash texnikasi” kafedrasi universitetning barcha mutaxassisliklarga xizmat qilgan.
2000-yilda “Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi fizika fakulteti tasarrufidan matematika fakulteti tasarrufiga o‘tkazilgan.
2005-yil 26-martda “Informatika va hisoblash texnikasi” va “Tatbiqiy matematika va programmalashtirish” kafedralari birlashtirilib, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra “Amaliy matematika va informatika”, “Kasb ta’limi: Informatika va AT” va “Informatika o‘qitish metodikasi’‘ yo‘nalishlari bo‘yicha chiqaruvchi kafedra hisoblangan.
2015-yil 6-mayda universitet rektorining 128-sonli buyrug‘iga asosan amaliy matematika va informatika kafedrasi “Axborot texnologiyalari” kafedrasiga o‘zgartirildi.
Universitet rektorining 2018-yil 15-avgustdagi 708 sonli buyrug‘iga muvofiq 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab “Axborot texnologiyalari” kafedrasi ikkita kafedraga – “Axborot texnologiyalari” va “Amaliy matematika va informatika” kafedrasiga ajratildi. “Axborot texnologiyalari” kafedrasi universitetning barcha yo‘nalishlariga xizmat qilsa, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi hamda 5130200 - Amaliy matematika va informatika ta’lim yo'nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi.
Hozirgi kunda “Amaliy matematika va informatika” kafedrasida jami 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi, assoiy shtatda 1 nafar fizika-matematika fanlari doktori (Dsc), 3 nafar fizika-matematika fanlari nomzodlari, 1 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar fizika matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Amaliy matematika va informatika kafedrasi 5130200 – Amaliy matematika va informatika, 60540200-Amaliy matematika, 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari bakalavr yo‘nalishlari hamda 70540201 – Amaliy matematika (Amaliy matematika va axborot texnologiyalari) magistratura mutaxassisligiga chiqaruvchi kafedra hisoblanadi.
Shuningdek, 2022-yildan boshlab kafedra qoshida 01.01.03 – Hisoblash matematikasi va diskret matematika ixtisosligi boʼyicha tayanch doktorantura (PhD) ochilgan.
1. | Karimov Shaxobidin Tuychiboyevich | Professor | 1964-yil 18-yanvarda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Fizika-matematika fanlari doktori(DSc). 2024-yil iyun oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida professor lavozimida ishlaydi. |
2. | Mirzaqulov Abdurasul Meliqo‘ziyevich | Dotsent | 1951-yil 25-aprelda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 1973-yil Farg‘ona davlat universitetini Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yil sentabr oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. |
3. | Tojiboyev Ibroximjon Tojaliyevich | Dotsent | 1982-yil 13-aprelda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2023-yil fevral oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. |
4. | Xaydarov Ibroximjon Usmonaliyevich | Dotsent | 1983-yil 9-fevralda Farg‘ona viloyati, Qo‘shteppa tumanida tug‘ilgan. 2004-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2024-yil avgust oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. |
5. | Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich | Dotsent | 1987-yil 26-fevralda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaxrida tug‘ilgan. 2016-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent. 2024-yil avgust oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. |
6. | Jurayev Vohidjon Tojimamatovich | Dotsent | 1986-yil 27-dekabrda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent. 2022-yil sentabr oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
7. | Mamatova Zilolaxon Xabibulloxonovna | Katta o‘qituvchi | 1989-yil 28-iyunda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD). 2023-yil dekabr oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
8. | Farmonov Sherzodbek Raxmonjonovich | Katta o‘qituvchi | 1985-yil 22-oktyabrda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. 2009-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: amaliy matematika va informatika. 2020-yil fevral oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
9. | Ismoilov Axrorjon Ikromjonovich | Katta o‘qituvchi | 1985-yil 24-avgustda Fargo‘na viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 2007-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: amaliy matematika va informatika. 2021-yil iyul oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
10. | Tojimamatov Israil Nurmamatovich | Katta o‘qituvchi | 1980-yil 25-fevralda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2014-yil Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini tamomlagan. Mutaxassisligi: kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti. 2024-yil iyun oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
11. | Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o‘gli | O‘qituvchi | 1986-yil 4-martda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: amaliy matematika va informatika. 2018-yil sentabr oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
12. | Umarov Bekzod Azizovich | O‘qituvchi | 1987-yil 7-iyunda Fargo‘na viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2014-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini tamomlagan. Mutaxassisligi: informatika va multimedia texnologiyalari. 2024-yil avgust oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
13. | Axmedov Axror Amonjonovich | O‘qituvchi | 1981-yil 11-mayda Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. 2008-yil Toshkent axborot texnologiyalar universitetini magistratura yo‘nalishini tamomladi. Mutaxassisligi: Axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish metodikasi. 2023-yil yanvar oyidan amaliy matematika va informatika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
Kafedra mudiri: Ro‘zaliyev Sherzodjon Avazjonovich
1983-yil 6-martda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Ish telefoni: +99873 244 44 65.
Uyali aloqa telefoni: +99891 206 83 03.
Qabul vaqti har kuni soat 10:00 - 12:00
E-mail: sherzodjonruzaliyev@gmail.com
Axborot texnologiyalar kafedrasi 1986-yilda «Informatika va HT» kafedrasi sifatida ochilgan. O‘tgan davr mobaynida kafedrani Q.Vaxobov (1986-1988-yillar), M.Karimov (1988-1990-yillar), Sh.Qosimov (1990-1993-yillar), A.Mirzaqulov (1993-2004-yillar), T.Tojiev (2004-2005-yillar), X.Qosimov (2005-2008-yillar «Amaliy matematika va informatika»), M.M.Turdimatov (2008-2009-yillar), D.J.Mamajonov (2009-2011-yillar), K.T.Karimov (2011-2014-yillar), I.U.Xaydarov (2014-2018-yillar, «Axborot texnologiyalari» kafedrasi), T.X.Tojiev (2018-2022-yillar), Q.Raximov (2022-2024-yillar) boshqarganlar. Sh.Ro‘zaliyev 2024-yildan «Axborot texnologiyalari» kafedra mudiri vazifasini bajarmoqda. Kafedrada jami 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan 1 nafari fan nomzodi, 1 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 3 nafar dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 3 nafari o‘qituvchi.
1. |
Tojiyev Tohirjon Xalimovich |
Dotsent |
1965-yil 7-oktyabrda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1990-yil Toshkent
davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi: Matematik modellashtirish.
Sonli usullar va dasturlar majmui. 2019-yil noyabr oyidan axborot
texnologiyalari kafedrasi dotsenti.
|
2. |
Yuldasheva
Gulbahor Ibragimovna
|
Dotsent v.b |
1968-yil 27-iyulda Farg‘ona
viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 1990-yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mutaxassisligi: Fizika informatika va hisoblash texnikasi. 2022-yil sentabr
oyidan axborot texnologiyalari kafedrasida dotsent
v.b lavozimida
ishlaydi.
|
3. |
Shermatova
Xilolaxon Mirzaevna
|
Dotsent v.b |
1978-yil 24-yanvarda
Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. 2009-yil
Farg‘ona davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi:
matematika o‘qitish metodikasi. 2022-yil fevral oyidan axborot texnologiyalari
kafedrasida dotsent v.b lavozimida ishlaydi.
|
4. |
Ibragimov
Shavkat Mamirovich
|
Katta o‘qituvchi |
1970-yil 20-avgustda
O‘sh viloyati,
O‘sh shahrida
tug’ilgan. 1992-yili Farg‘ona davlat universitetini
tamomlagan. Mutaxassisligi: fizika-informatika va hisoblash texnikasi o‘qituvchisi.
2015-yil sentabr oyidan axborot texnologiyalari
kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi.
|
5. |
Mamatqodirov Muhammadali Mamatisaqovich |
O‘qituvchi |
1976-yil 2 fevralda Andijon viloyati, Marhamat
tumanida tug‘ilgan. 1999-yili Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
Mutaxassisligi: matematika-informatika o‘qituvchisi. 2019-yildan axborot
texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda.
|
6. |
Abdullayev Shaxboz Solijon O‘g‘li |
Katta o‘qituvchi |
1993-yil 29-dekabrda
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2019-yil
Farg‘ona davlat universiteti “Matematika yo’nlishlari bo‘yicha” magistratura mutaxassisligini
bitirib 2024-yildan axborot texnologiyalari
kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda.
|
7. |
Komilova
Zulxumor Xokimovna
|
O‘qituvchi |
1975-yil 19-fevralda
Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2008-yil, Qo‘qon davlat pedagogika
institutini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika. 2017-yil sentabr
oyidan Axborot texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi.
|
8. |
Ismoilova Dilrabo Sidikjonovna |
O‘qituvchi |
1978-yil 15-noyabrda
O‘sh viloyati,
O‘sh shahrida
tug‘ilgan. 2009-yil Farg‘ona davlat
universitetini (magistratura) tamomlagan. Mutaxassisligi: matematika o‘qitish
metodikasi. 2015-yil sentabr oyidan Axborot texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi
lavozimida ishlaydi.
|
9. |
Aldashev
Ilhomjon To’xtaboevich
|
O‘qituvchi |
1979-yil 4-iyul Andijon viloyati, Izbosgan
tumanida tug‘ilgan. 2014-yil TATU FF Kasb ta’limi (Informatika va multimediya
texnologiyalari ) magistratura mutaxassisligini tamomlagan. 2019-yildan axborot
texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda.
|
10. |
Mirzakbarov
Dilshodbek Davlatboyevich
|
O‘qituvchi |
1976-yil 22-yanvar Farg‘ona viloyati
Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 1998-yil Farg‘ona davlat
universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: fizika-informatika o’qituvchisi. 2019-yildan axborot
texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda
|
11. |
Toshboltayev Faxriddin O‘rinboyevich |
Katta o‘qituvchi |
1988-yil 1-oktiyabrda Farg‘ona
viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2014-yil Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Farg‘ona filialini Kasb ta’limi “Informatika va multimediya
texnologiyalari” magistratura mutaxassisligini bitirgan. 2024-yil 27-dekabr
kuni 13.00.02 Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boyicha)
pedagogika fanlar bo‘yicha himoya qilib 2025-yildan axborot texnologiyalari
kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlamoqda.
|
TEXNOLOGIK TA`LIM KAFEDRASI
Professorlar | Dotsentlar | Katta o‘qituvchilar | Oqituvchi | DSc va PhD | Ilmiy salohiyat |
1 | 4 | 2 | 1 | 8 | 84% |
Kafedra mudiri: Otajonov Salim Madrahimovich
1958 - yil 27-fevralda O'zbekistonning Farg'ona viloyatida tug'ilgan
Telefon raqami: +99893-643-14-33
Qabul vaqti seshanba kuni soat 14:00 - 16:00
E-mail: otajonov_s@mail.ru
Texnologik ta’lim kafedrasi dastlab Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2018 - yil 3-sentabr 154-k buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti qoshida Hayotiy faoliyati xavfsizligi kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va unga fizika-matematika fanlari doktori V.Rasulov kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 15 ta asosiy shtatda professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borgan. Ilmiy saloxiyat 33% tashkil etgan.5112100 –“Mexnat ta’limi”, 5640100–“Hayot faoliyati xavfsizligi” bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlagan.
2019 yil 20-sentabrda Farg‘ona davlat universiteti rektorining 213-k sonli buyrug‘iga binoan kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi A.Xudoyberdiyev, 2020 - yil 8- maydagi Farg‘ona davlat universiteti rektorining 96-k sonli buyrug‘iga asosan kafedra mudiri etib, fizika-matematika fanlari doktori, professor S.Otajonov kafedra mudiri etib tayinlanganlar. 2021 – yil 3-noyabrda 503-sonli buyrug‘ga binoan Hayotiy faoliyati xavfsizligi kafedrasi nomi Texnologik ta`lim kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. Xozirgi kunga kelib kafedrada 9 nafar asosiy shtatda, 5 nafar ichki o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda shu jumladan, 1 nafar fan doktori professor ilmiy unvonli, 7 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 4 nafar dotsentlar, 2 nafar katta o‘qituvchilar, 2 nafar o‘qituvchilar. Asosiy shtatdagi ilmiy saloxiyat 84% tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
60112300 -Texnologik ta`lim
60111300- Texnologik ta`lim
Magistratura:
70112301-Ta`lim tarbiya nazaryasi va metodikasi (Texnologik ta`lim)
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Texnologik ta’lim” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor ilmiy unvoni, 3 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 2 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Yutuqlar
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Ergashev R.N. (PhD, 2025 y.),
Hojikarimova G.T. (PhD, 2025 y.)
Ilmiy unvon olganlar: Raxmonqulov M.X. (dotsent, 2025 y.).
Xomidova Feruza (Bannop Otaqulov nomidagi davlat stipendiyasi, 2025 y.), ilmiy rahbari: Yakubov I.D.
Mamajonov Ulig‘bek (Evropaning Polsha, Varshava universiteti grant soxibi bolib, ushbu universitet magistrantiga aylandi, 2024 y.), ilmiy rahbari: Otajonov S.M.
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Ardinuo platformasi va elektron ijodkorlik
2.Polimer va kompazitsion materiallar va ularning qo‘llanilishi
3.Materialshunoslik va konstruksion materiallar
4.Texnik mehanika
5.Radioelektronika asoslari
6.Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
7.Avtomatik boshqariladigan zamonaviy asbob va jixozlarni ishlatish texnologiyasi
Magistratura:
1.Ijodiy faoliyat texnologiyasi
2.Texnologik ta’limning prognostikasi
3.Texnologik madaniyat va kompitentlik asoslari
4.Texnologik ta’limning texnik va texnologik asoslari
Xalqaro hamkorlik
Texnologik ta’lim kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Rossiya Janubiy Federal universiteti bilan tuzilgan Memorandum asosida va Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 25-oktabrdagi 431-k-sonli buyrug‘i bilan Rossiya Federatsiyasi Janubiy federal universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Abdulvohidov Kamaludin Gadjievich tashrif buyurdi.
Qirg‘iziston Respublikasi Osh texnologiyalar universitetining professional ta’lim kafedra mudiri Sirga Berdibekova va professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda 11 nafar talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kafedrada bizning yo‘nalishga mos bo‘lgan fanlar o‘tilishi munosabati bilan ularni ma’ruzalar o‘qish uchun universitetga jalb etish va talabalar almashinuvini amalga oshirish, shuningdek ular bilan xamkorlikda ilmiy –tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.
2022 yil Vilnius universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida kafedra professor-o‘qituvchilaridan Sh.Shuxratov, S.Otajonov, N.Yunusovlar ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ma’ruzalar o‘qish uchun Vilnius universitetida bo‘lib qaytdilar.
2025-yil 6–8-may kunlari Marokashning Al Xoceima shahri Abdelmalek Essaadi universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiyada professor S. Otajonov “Chuqur aralashma satxga ega bo‘lgan CdTe asosidagi geterastrukturalaridan yangi avlod quyosh elementlarini olish va uni amaliyotga tadbiq etish” hamda “CdTe yupqa qatlamlarida fotovoltaik hodisalar” mavzularida taqdimotlar o‘tkazdi.
Mahalliy hamkorlar:
Namangan davlat texnika universiteti
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
№ | F.I.SH. | Ilmiy darajasi va unvoni | Ma’lumot | Xalqaro bazalardagi profil linki |
1 | Otajonov Salim Madraximovich | professor | 1958 yil 27 fevralda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1979 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori. Mutaxassisligi: Umumtexnika fanlari va mexnat o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon kafedra profess | |
2 | Karimov Baxodir Xoshimovich | dosent | 1949 yil 2 aprelda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaharda tug‘ilgan. 1970 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. Mutaxassisligi: Fizika o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon kafedra dotsenti. | |
3 | Axmedov Tursunboy Axmedovich | Dosent | 1943 yil 8 martda Andijon viloyati, Shaxrixon tumanida tug‘ilgan. 1961 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi. Mutaxassisligi: Fizika va ishlab chiqarish asoslari o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon kafedra dotsenti. | |
4 | Raxmonqulov Maxammadjon Xamroqulovich | Dosent | 1959 yil 19 iyunda Farʼona viloyati Fag‘ona shaxrida tug‘ilgan. 1980 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan.Fizika-matematika fanlari nomzodi. Mutaxassisligi: Umumtexnika fanlari o‘qituvchisi. 2018 yildan kafedra o‘qituvchisi. | |
5 | Shodmonov Xomidjon Mirzaaxmedovich | Dosent | 1946 yil 2-mayda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1967 yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi qishlaq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ixtisosligi berilgan. 2022 yildan kafedra dotsenti | |
6 | Botirov Kadir Abdullayevich | O‘qituvchi | 1961 yil 6 sentyabrda Farʼona viloyati Fag‘ona shaxrida tug‘ilgan. 1982 yil Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: mexnat o‘qituvchisi. 2018 yildan kafedra o‘qituvchisi. | |
7 | Ergashev Ravshanbek Nazirovich | Katta o‘qituvchi | 1983 yil 4 –avgustda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani tug‘ilgan. 2006 Farg‘ona politexnika instituti Elektronika va mikroelektronika yo‘nalishuni tamomlagan. 2025 yildan buyon kafedra katta o‘qituvchisi | |
8 | Xojikarimova Gulasal Tadjialiyevna | O‘qituvchi | 1987 yil 30 –sentabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani tug‘ilgan. 2020 y.Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) tamomlagan. 2021 yildan buyon kafedra o‘qituvchisi | |
9 | Yunusov Nurzodbek | O‘qituvchi | 1991 yil 8 –iyulda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani tug‘ilgan. 2016 Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika robotatexnika yonalishini tamomlagan. 2021 yildan buyon kafedra o‘qituvchisi |
Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlar
Dotsentlar | Katta oʻqituvchilar | Oʻqituvchilar | DSc va PhD | Ilmiy salohiyat | |
4 | 12 | 4 | 5 | 20 | 80% |
Kafedra mudiri: ZAYNOLOBIDINOVA SAPURAXON MALIKOVNA
1979-yil 9-yanvarda Andijon viloyati Marhamat tumanida tugʻilgan
Telefon raqami: +99890-303-33-69
Qabul vaqti seshanba kuni soat 14:00 – 16:00
E-mail: sapura.zaynolobgidinova@gmail.com
Fizika kafedrasi Farg‘ona davlat universitetining eng qadimiy va nufuzli kafedralaridan biri hisoblanadi. U dastlab 1930-yilda Fizika-matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, bu davr O‘zbekistonda ilm-fan, xususan, tabiiy fanlarning rivojlanishida muhim bosqichlardan biri bo‘lgan. Kafedra tashkil topgan ilk yillarda uni taniqli olim, professor Ye.E. Sirotin boshqargan. U o‘z faoliyati davomida fizikani o‘qitish metodikasini takomillashtirish, tajriba laboratoriyalarini tashkil etish va yosh mutaxassislarni tayyorlashga katta hissa qo‘shgan. 1937–1976-yillar mobaynida kafedraga dotsentlar R.G. Sigalov va X. Karimov rahbarlik qilganlar. Bu davrda fizika yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot ishlari kengaytirilib, talabalarga eksperimental va nazariy fizika bo‘yicha mustahkam bilim berishga alohida e’tibor qaratilgan. Kafedra a’zolari o‘sha yillarda O‘zbekistonning turli ta’lim muassasalariga malakali fizik mutaxassislar tayyorlab bergan. 1973-yilda Fizika kafedrasi asosida Umumiy fizika va Nazariy fizika kafedralari ajratilib, fizika ta’limining ixtisoslashgan yo‘nalishlari shakllantirildi. Bu o‘zgarish kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirdi va yangi laboratoriyalar tashkil etilishiga turtki bo‘ldi.
Umumiy fizika kafedrasini 1960–1962-yillarda hamda 1980–1986-yillarda professor B. Otaqulov boshqargan. U o‘z davrining yetuk olimi bo‘lib, fizika fanining nazariy va amaliy yo‘nalishlarini rivojlantirishda, shuningdek, yosh kadrlarni tayyorlashda katta xizmat qilgan. Keyingi yillarda ushbu kafedrani dotsentlar E.I. Bilyalov va T. Azimov, professorlar K. Onarqulov (1998–2002), Yu. Po‘latov (2002–2007), S. Otajonov (2007–2008), R. Rasulov (2008–2012), yana K. Onarqulov (2012–2024) va B. Axmedov (2024) kabi taniqli olimlar boshqargan. 2024-yildan boshlab Fizika kafedrasiga S. Zaynolobidinova rahbarlik qilmoqda. Uning rahbarligi ostida kafedrada zamonaviy o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 25 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shulardan 4 nafari fan doktori, 16 nafari fan nomzodi yoki PhD darajasiga ega. Kafedra a’zolari nafaqat ta’lim sohasida, balki ilmiy izlanishlarda ham faol bo‘lib, respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda o‘z maqolalari bilan muntazam qatnashib kelishadi. Kafedra huzurida talabalarning “Yosh fiziklar” to‘garagi faoliyat yuritadi. Bu to‘garak orqali talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinib, ularning mustaqil izlanish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Shuningdek, kafedra zamonaviy Raman spektroskopiya, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, kvant mexanikasi, elektrodinamika va optika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bugungi kunda Fizika kafedrasi o‘zining 90 yildan ortiq tarixiy an’analarini davom ettirgan holda, Farg‘ona davlat universitetining ilmiy va ta’limiy faoliyatida yetakchi o‘rin egallab, yuqori malakali fizik mutaxassislar tayyorlashni davom ettirmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr
1.60530900 – Fizika
2.60530500 – Fizika yoʻnalishlari boʻyicha
Magistratura:
1.70530501 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
Ilmiy darajalar:
1.01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
2.01.04.02 – Nazariy fizika
Hozirda kafedrada:
1.5 ta tayanch doktorant
2.1 ta stajyor tadqiqotchi
ilmiy izlanish olib bormoqda.
Ilmiy va ijodiy faoliyat
Kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy seminar: “Qattiq jismlar fizikasi”
Ilmiy markaz: “Kristall strukturalar va ularning fizik xossalari” markazi
Olingan ilmiy natijalar Scopus va Web of Science bazalarida chop etilmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari quyidagi universitetlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi:
1.L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston)
2.M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
3.УФА davlat universitetlari (Rossiya)
4.Qozon universitetlari (Rossiya)
5.O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va ITI instituti
6.O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan, Andijon davlat universitetlari
Yutuqlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug‘iga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilining sentabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida Farg‘ona davlat universitetida “Eko-innovatsion-2025” loyihalar tanlovida Fizika kafedrasi tayanch doktoranti Valijon Ro‘ziboyev “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o'rinni egalladi.
4 ta doktorlik, 4 ta nomzodlik, 12 ta PhD dissertatsiya himoya qilingan Ulug‘bek, Navoiy stipendiyalari sohiblari tayyorlangan I.Mo’minov (DSc. 2025)
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Mexanika
2.Molekulyar fizika
3.Fizpraktikum
4.Elektr va magnetizm
5.Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
6.Optika
7.Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
8.Nazariy mexanika
9.Atom fizikasi
10.Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi
11.Radioelektronika asoslari
12.Elektrodinamika
13.Atmosfera fizikasi
14.Robototexnika asoslari
15.Kvant mexanikasi
16.Fizikaning dolzarb muammolari
17.Termodinamika va statistik fizika
18.Astronomiya va astrofizika
19.Fizikada zamonaviy innovatsion yondashuvlar
20.Nanofizika va nanotexnologiya asoslari
21.Qiziqarli fizika va olimpiada masalalarini yechish metodikasi
Magistratura:
1.Elektromagnit nurlanishlarning muxitlar bilan ta’sirlashuvi
2.Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari
3.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
4.Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasi
5.Fizikaning dolzarb muammolari
6.Kondensirlangan muhitlar fizikasi
7.Kvant elektronikasi
8.Nanotexnologiya asoslari
9.Kristallarning zonaviy nazariyasi
10.Yarimo‘tkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ilmiy yo‘nalishlar
1.Murakkab zonali kristallarda zonalararo ko‘p fotonli yorug‘lik yutilishining spektral tadqiqi
2.Maktab fizika ta'limida fanlar integratsiyasini takomillashtirish
3.Chekli optik qalinlikka ega bo‘lgan muhitlarda qutblangan yorug‘lik energiyasini ko‘chirilishining o‘ziga xos xususiyatlari
Xalqaro hamkorlik
Fizika kafedrasi bugungi kunda dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan keng qamrovli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu hamkorliklar xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish va yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini bermoqda. Hamkorlik doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy universitetlar olimlari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borib, natijalari xalqaro miqyosdagi nufuzli jurnallarda chop etilmoqda. Shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun stajirovkalar tashkil etilib, ular xorijiy ilmiy laboratoriyalar va markazlarda amaliy ko‘nikmalarni egallashmoqda.
Bundan tashqari, kafedra muntazam ravishda onlayn seminarlar, vebinarlar va ilmiy anjumanlar o‘tkazib, xorijiy olimlar ishtirokida zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari muhokama qilinmoqda. Hamkorlik natijasida bir qator innovatsion loyihalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular yarimo‘tkazgichlar fizikasi, nanomateriallar, optoelektronika va termoelektrik materiallar sohalarini qamrab oladi. Shu tarzda, Fizika kafedrasi xalqaro miqyosda o‘z ilmiy salohiyatini yuksaltirib, Farg‘ona davlat universitetining xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlashga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
1.L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston)
2.M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
3.УФА davlat universitetlari (Rossiya)
4.Qozon universitetlari (Rossiya)
5.O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va ITI instituti
6.O‘zbekiston Milliy universiteti, Namangan, Andijon davlat universitetlari
7.Rossiya Federatsiyasi:
1.Qozon federal universiteti
2.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
2.O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va ITI instituti
Mahalliy hamkorlar:
1.O‘zbekiston Milliy universiteti
2.Namangan davlat universiteti
3.Andijon davlat universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Nazariy fizika bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar
Fizika kafedrasiga tegishli hujjatlar
1.Malaka talablari (https://drive.google.com/drive/folders/1G4jYZhflw6tLLM6MHLxIziEhVugHv1gF?usp=sharing)
2.O‘quv rejalari (https://drive.google.com/drive/folders/1GdL7bTTCiVfz1YMigVyiVOUB62qVlKTE?usp=sharing)
3.O‘quv dasturlari (https://drive.google.com/drive/folders/15_MM1Mdw2RmPatV5lQmFYYhQ3BECnY3y?usp=sharing)
4.Sillabuslar (https://drive.google.com/drive/folders/15g0G_CRu-cMyLsLtp561PAS6hppIQeFN?usp=sharing)
|