Fakultet dekani: Baboyev A’lomirza To’lamirzayivich
Harbiy unvoni polkovnik (dotsent)
Tug’ulgan sanasi 02.11.1978 yil
Namangan viloyati Chortoq tumani
Qabul vaqti har kuni 15:00 dan 16:00 gacha
Tel:+998882961604,+998732444222.
Dekan o‘rinbosari: Raximov Alisher Sharafidinovich
Harbiy unvoni podpolkovnik (dotsent)
Tug‘ilgan sanasi 02.12.1980-yil
Samarqand viloyati
Pastdarg‘om tumani
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha
Ish telefoni: (+99873) 244-43-22
Uyali aloqa telefoni: (+99897) 720-97-27.
Dekan o’rinbosarlari:o’quv bo’limi boshlig’i:
Mustayev Ruslan Damirovich
1980 yil 22 sentyabrda Samarqand viloyati, Katta qo’rg’on tumanida tug’ilgan.
Harbiy unvoni: mayor
Ish telefoni: +99873-2444587.
Uyali aloqa telefoni: +99893-4840851.
Dekan o’rinbosarlari: Manaviy ishlar bo’yicha:
Karimov Rovshan Abdufattoyevich
1972 yil 05-mayda Farg’ona viloyati,Rishton tumanida tug’ilgan.
Harbiy unvoni: podpolkovnik
Ish telefoni: +99873 244-47-18
Uyali aloqa telefoni: +99897 209-90-24
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00
Dekan o’rinbosarlari: Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo`yicha dekan o`rinbosari:
Qo’chqorov Sobirjon Axadjonovich
1986- yil 28-avgustda Farg’ona viloyati, Toshloq tumanida tug’ilgan
Harbiy unvoni: leytenant
Ish telefoni: +99873 244-47-18
Uyali aloqa telefoni: +998991 678-48-86
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00
Fakultet manzili: 5111500, Farg`ona shahri,
Murabbiylar ko`chasi, 19-uy,
E-mail: harbiy@fdu.uz
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika instituti Harbiy kafedrasi Sovet ittifoqi Mudofaa vaziri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Maorif vaziri va kasb-hunar ta’lim Davlat qo‘mitasi raisining 1981-yil iyun oyidagi 267/989/159/172 – sonli qo‘shma qaroriga ko‘ra tashkil etilgan bo‘lib, kafedrada talabalar uchun dastlabki mashg‘ulotlar 1982-yil 3-mart kuni boshlangan.
Harbiy kafedra tashkil etilgan paytda ofitserlar 5 nafardan iborat bo‘lgan.
Talabalar o‘quv rejasiga muvofiq 3-kursni bitirganidan so‘ng yoz oylarida dala-o‘quv yig‘inlari o‘tkazilgan. Dastlabki paytlarda kafedra Sobiq Sovet ittifoqi Qurolli Kuchlari tarkibida bo‘lganligi sababli talabalar dala-o‘quv yig‘inlarini, asosan, Turkmaniston SSR, Termiz va Chirchiqdagi dala-o‘quv maydonlarida o‘taganlar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng dala-o‘quv yig‘inlari Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala-o‘quv maydonlarida o‘tkazila boshlangan.
Harbiy kafedrani 1981-yildan boshlab hozirgi kungacha quyidagi ofitserlar boshqargan:
1981-1988-yillar – polkovnik Xaydarov Rafik Saitovich;
1988-1992-yillar – polkovnik Tarasyuk Andrey Timovich;
1992-2008-yillar – polkovnik Umarov Baxtiyar Miraxmanovich;
2008-2009-yillar – podpolkovnik Akbarov Anvar Tojimatovich;
2009-2010-yillar – podpolkovnik Maxmudov Faxriddin Abduraimovich;
2010-2012-yillar – polkovnik Nakibov Kamalxon Usmanxanovich v.v.b.;
2012-2018-yillar – podpolkovnik Gafurov Mirza-Djamol Kasimovich;
2018-2019-yillar – podpolkovnik Kamilov Azizbek Baxriddinovich;
2019-2020-yillar – polkovnik Nakibov Kamalxon Usmanxanovich v.v.b.;
2020-2023-yillar - polkovnik Saidov Ixtiyor Muzrabovich;
2023-2024 yillar – podpolkovnik Raximov Alisher Sharafidinovich v.v.b.;
2024 yildan – polkovnik Baboyev A’lomirza To‘lamirzayevich.
Sovet ittifoqi paytida harbiy kafedraga quyidagi mansabdor shaxslar tashrif buyurishgan:
1984-yil Sovet ittifoqi Quruqlikda qo‘shinlari Qo‘mondonining o‘rinbosari general-polkovnik Naumenko Yuriy Anatolyevich;
1989-yil Sovet ittifoqi Quruqlikda qo‘shinlari Generallar shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Nadolskiy Anton Kononovich.
FarDU harbiy ta’lim fakulteti (kafedrasi)ga mustaqillik yillarida quyidagi mansabdor shaxslar tashrif buyurishgan:
1993-yil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Axmedov Rustam O‘rmanovich;
1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Teshaev G‘afurjon Qodirovich;
2021-va 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich.
Hozirgi vaqtda harbiy fakultet uchta siklga bo‘linadi va quyidagicha nomlangan:
Umumqo‘shin tayyorgarlik; Uslubiy tayyorgarlik; Maxsus tayyorgarlik sikllari.
Umumqo‘shin tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:
taktika;
harbiy topografiya;
otish tayyorgarligi;
texnik tayyorgarligi;
saf tayyorgarligi;
umumharbiy nizomlar;
harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti.
Maxsus tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:
Harbiy san’at tarixi va milliy meros;
harbiy qonunchilik asoslari;
harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi;
harbiy rahbar mahorati va etikasi;
harbiy psixologiya va pedagogika asoslari.
Uslubiy tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi;
o‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti;
qo‘l jangi va uni o‘rgatish uslubiyoti;
zamonaviy armiyaning rivojlanishining nazariyasi va amaliyoti.
O‘quv yig‘inlari harbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi va olgan bilimlarni mustahkamlash, HHI bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘qotar qurollardan otish mashqlarini amaliy bajarish, harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport tadbirlari va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha Yakuniy Davlat Attestatsiyasi o‘tkazish hamda talabalarni “Vatanga qasamyod”ga qabul qildirish uchun mo‘ljallangan.
Shtat tarkibidagi o‘zgarishlar:
Mudofaa vazirining 2017-yil 23-dekabrdagi 21/1/5056 – sonli direktivasi bilan tasdiqlangan shtatga ko‘ra Farg‘ona davlat universiteti harbiy fakultetida xizmatdagi ofitserlar tarkibi qisqartirilib, ular o‘rniga rezervdan va zahiradan ofitserlar bilan butlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabr PF-4496m sonli Farmoni va Mudofaa vazirining 2020-yil
28-iyuldagi 21/1/1188 – sonli direktivasiga asosan Farg‘ona davlat universiteti “Harbiy kafedra” nomiga o‘zgartirish kiritilib, “Harbiy ta’lim fakulteti” deb nomlandi.
Hozirgi kunda fakultetning asosiy shtatida faoliyat olib borayotgan tarkib:
Hozirgi kunda harbiy ta’lim fakultetning asosiy shtatida 2 nafar shartnoma asosidagi, 16 nafar rezerv va zahiradagi ofitserlar hamda universitet tomonidan ajratilgan qo‘shimcha shtat asosida 7 nafar rezerv va zahiradagi ofitserlar xizmat o‘tab kelmoqdalar.
Harbiy fakultet tashkil topgandan buyon 4000 dan ortiq zahiradagi va rezervdagi ofitserlar bitirib chiqdilar. Bular hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, xalq ta’limi tizimida va boshqa sohalarda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqdalar.
O‘quv-moddiy bazani takomillashtirishdagi ishlar:
2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati yordami bilan harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i polkovnik I.Saidov boshchiligida professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Mutaxassisliklar bo‘yicha malaka talablari
Sikllar
Umum qo`shin tayyorgarlik sikl
Dekan o‘rinbosari-umumqo‘shin tayyorgarlik sikli boshlig‘i: Raximov Alisher Sharafidinovich
Harbiy unvoni podpolkovnik
Tug‘ilgan sanasi 02.12.1980-yil
Samarqand viloyati
Pastdarg‘om tumani
Tel: +998977209727, Xizmat tel: +998732444322
1 |
Turgunbayev Toxirjon Abdugafurovich |
Dotsent |
1969-yil 24-fevralda Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 1996-yil Chirchiq OTQMBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: Tank taktik qo‘shinlar qo‘mondonligi. 2003-yildan buyon Harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
2 |
Tojiyev Xakimjon Xoliqovich |
Dotsent |
1974-yil 17-aprelda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. 1997-yil Toshkent OUQBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: Motoo‘qchi qo‘shin taktik qo‘mondonligi. 2014-yildan buyon Harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
3 |
Toshpulatov Abrorjon Mirhokimovich |
O‘qituvchi |
1985-yil 9- avgustda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 2007-yil Toshkent OUQBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi:Motoo‘qchi va chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi. 2019-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
4 |
Alijonov Baxtiyor Xoshomovich |
Katta o‘qituvchi |
1979-yil 3-dekabrda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa (Oxunboboyev) tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Chirchiq OHTQMBUYni tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 2022-yildan buyon Harbiy ta’lim fakultetida Katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
5 |
Umarov Ismoil Olimjonovich |
Katta o‘qituvchi |
1980-yil 24-avgustda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa (Oxunboboyev) tumanida tug‘ilgan. 2001-yil Chirchiq OHTQMBUYni tamomlagan. Mutaxassisligi: Havo desant qo‘shinlar taktik qo‘mondonligi. 2022-yildan buyon Harbiy ta’lim fakultetida Katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
Maxsus tayyorgarlik Sikli
Sikl bo`shlig`i: Pulatov Baxodir Abduraupovish
Tug’ulgan sanasi 12.05.1977 yil Toshkent shahar
Harbiy unvoni podpolkovnik
Ish telefoni: +99873-2444718
Uyali aloqa telefoni: +99890-160-62-43
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00
1 | Mamajonov Rahimjon Akramovich | Katta o‘qituvchi | 1970-yil 11-noyabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1996-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: |
2 | Axunov Ilxom Ibragimovich | O‘qituvchi | 1989-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2016-yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: |
3 | Mamajonov Soyibjon Halilovich | Dotsent | 1967-yil 9-iyunda Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2001-yil O‘R QK Akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi: Havo-desant qoֲ‘shinlari Qo‘mondonlik shtab operativ – taktik. 2019-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
4 | Abdullayev Baxriddin Tojaliyevich | Katta o‘qituvchi | 1968-yil 25-yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2002-yil O‘R QK Akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi: Havo-desant qoֲ‘shinlari Qo‘mondonlik shtab operativ – taktik. 2020-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
5 | Azimov Farxod Abduxalimovich | O‘qituvchi | 1978-yil 19-noyabrda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Chirchiq OTQMBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 2022-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
6 | Mamadalimov Azimjon Xasahboevich | Dotsent | 1972-yil 1-iyulda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchllar Akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi: Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi Qo‘mondonlik – operativ – taktik texnik ta’minoti. 2019-yildan buyon Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
Uslubiy tayyorgarlik sikl
Uslubiy tayyorgarlik sikl boshlig`i: Boltaboyev Abdug’ani Mamirovich
1968 yil 10 dekabr Farg`ona viloyati, Oxunboboyev Tumanida tug’ilgan.
Harbiy unvoni: mayor
Ish telefoni: +99873-2444718
Uyali aloqa telefoni: +99891-122-53-30
Qabul vaqti chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00
1 |
Abdusalomov Ulug‘bek Sattorovich |
Dotsent |
1978-yil 27-iyulda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Samarqand OHAQMBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: Avtomobil texnikasini ishlatish va ta’mirlash. 2019-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
2 |
To‘xtanazarov Ilhom Ibragimjanovich |
Dotsent |
1974-yil 8-iyulda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1997-yil Toshkent OUQBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: Motoo‘qchi qo‘shin taktik qo‘mondonligi. 2019-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
3 |
Tojiboyev Muzaffar Tursunpo‘latovich |
Dotsent |
1979-yil 5-martda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2003-yil Chirchiq OTQMBYUni tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 2020-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
4 |
Akbarov Anvar Tojimatovich |
Dotsent |
1959-yil 18-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 1994-yil Butunrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 1998-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida dotsent lavozimida ishlaydi. |
5 |
Tilavoldiyev Shaxobiddin Xoldarovich |
Katta o‘qituvchi |
1966-yil 16-fevralda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1991-yil FarDUning ChHT fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 1998-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida Katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
6 |
Qo‘chqorov Sobir Axatjonovich |
O‘qituvchi |
1986-yil 28-avgustda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda FarDUning Harbiy kafedra TTN yunalishi magistranurani tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |
7 |
Madaliyev Raxmiddin Ismoilovich |
O‘qituvchi |
1973-yil 17-iyunda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 1998-yil FarDUning ChHT fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ChHT o‘qituvchisi. 2018-yildan buyon harbiy ta’lim fakultetida o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. |