Xalqaro loyihalar
Amerika drama klubining tashkil etilishi
“Fergana Access Microscholarship dasturi
Fakultet dekani: Toirova Nargiza Isakovna
Tugilgan joyi yili: 1974-yil Farg'ona shahar
Ilmiy darajasi,unvoni:Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) docent
Qabul vaqti: Payshanba - Juma, 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: +998913262649
E-mail:nitoirova@mail.ru
Dekan o‘rinbosarlari:
Musaev Boburbek Mirzaakbarovich O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1990-yil 27-yanvarda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan.
Mutaxasisligi: Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Qabul vaqti: chorshanba-payshanba 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: (+99890) 566-22-04
E-mail: bobking2204@gmail.com
Abdullaeva Nigora Shavkatovna xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi
Tugilgan joyi yili1981 yil Andijon viloyati
Mutaxasisligi: Lingvistika (ingliz tili)
Qabul vaqti: juma 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: +998 97 555 03 81
E-mail: nigora.abdullayeva@gmail.com
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Pakirdinova Sharofat Abdumutalibovna
Tug'ilgan joyi: 1987 yil, Farg'ona
Mutaxassisligi: Tilshunoslik (ingliz tili)
Qabul vaqti: dushanba-shanba, 9:00-11:00
Mobil telefon: +998905849779
Elektron pochta: sharofatpakirdinova@gmail.com
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Tursunov Shoxinur Maxammadqosim o‘g‘li
Tug'ilgan joyi yili : 1995-yil 4-iyul,
Andijon viloyati, Jalaquduq tumani.
Mutaxassisligi: Lingvistika (Ingliz tili)
Qabul vaqti: Dushanba-shanba9:00-11:00
Uyali aloqa telefoni: +998 88 206 00 44
e-mail: shohinurtursunov@gmail.com
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2021-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda fakultetda 30 dan ziyod professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Fakultet tarkibida 2ta kafedra: Ingliz tilini o’qitish metodikasi va Amaliy Ingliz tili kafedralari mavjud. Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri xorijiy tillarni o’qitish orqali yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g’urur, yuksak axloq va ma’naviyat, qadimiy va boy merosimizga iftixor tuyg’usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir. Jahon ta’lim tizimidagi tub islohotlar talabalarning chet tillarni mukammal o’rganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda o’zlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart- sharoit yaratib berish, ularning xorijiy tilda og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish muammolarini ilgari surmoqda. Fakultetimiz jamoasining asosiy maqsadi talabalarni ingliz tilida o’qitish hamda shu tilda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, yoshlarning jahon tamadduni yutuqlari hamda butun dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdir. Bizdagi fidoiy va talabchan ustozlar sharofati bilan talabalarga ingliz tili har tomonlama mukammal, ham nazariy, ham amaliy o’rgatiladi. Shuningdek, fakultetimizda Nargiza Toirova, Dilafruz Ibragimova, Alimardon Toshmatov, Luiza Galimullina, Iqboljon G’afforov kabi professor-o’qituvchilarimiz say-harakatlari bilan bir nechta xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Quvonarlisi bu loyihalar qiymati qariyb 60.000$ ni tashkil qiladi. Xususan SUZ80020GR0040 raqamli English ACCESS Microscholarship Program (ACCESS) loyihasi, muddati 2020 – 2022, 2022-2204 yillar, “EMI (English as a medium of instruction)” loyihasi, muddati- 2019-2021, “Drama club” loyihasi, muddati- 1.10.2021 dan 30.09.2022 gacha amalga oshirilgan. Ushbu xalqaro loyihalarning zamirida yoshlarimizni til o’rganish jarayonini yanada chuqurlashtirish, Inglizzabon xalqlarning madaniyati va adabiyoti haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lish kabi dolzarb masalalar qamrab olingan. 2017 yildan boshlab ingliz tili va adabiyoti fakulteti AQSh elchixonasi bilan yaqin hamkorlikda boʻlib, AQShdan mutaxassislarni qabul qilib keladi. English Language Fellow programmasi bo’yicha amerikalik mutaxassis Grem Derri, (2017 yilning sentyabridan 2019 yilning mayigacha) 2020 yilning sentyabridan boshlab Keyt Virdjiniya Bridjman 2021-2024 yillar mobaynida Meri Strabala ingliz tili va adabiyoti fakultetida faoliyat ko’rsatdilar.
Bundan tashqari, Fulbrayt stipendiati Keti Reymond fakultet talabalair va oʻqituvchilarning ilmiy maqola yozish koʻnikmalarini oshirishga yordam berish maqsadida 2019 yil 11 maydan 1 iyunigacha (uch hafta) va 2020 yil 2 maydan 16 maygacha (ikki hafta) fakultetda faoliyat olib bordi.
English Teaching Assistant programmasi bo’yicha Amerika Access loyihasi talabalari va fakultet talabalari bilan 2021 yilning fevralidan 30 dekabrigacha (ETA) Xanna Rotvell va Kseniya Matisni taklif qilingan.
Germaniyadan Rayner Bleyx 2022 yilda SES dasturi boʻyicha fakultet talabalari bilan ishladi.
2024 yilning 18 aprelida amaliy ingliz tili va ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedralari tomonidan xalqaro konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada AQShdan 4 va Malayziyadan 4 nafar mutaxassis oʻz ma'ruzalari bilan faol ishtirok etdi:
•Djon D. Banting, filosofiya doktori, bosh katta oʻqituvchi, ingliz tilini intensiv oʻrganish dasturi direktori, amaldagi lingvistika kafedrasi, Djordjiya davlat universiteti, AQSh
•Robin Valeri Kesi, katta oʻqituvchi, ingliz tilini intensiv oʻrganish dasturi direktori, amaldagi lingvistika kafedrasi, Djordjiya davlat universiteti, AQSh
•Sheron Santmayer, oʻqituvchi, ingliz tilini intensiv oʻrganish dasturi direktori, amaldagi lingvistika kafedrasi, Djordjiya davlat universiteti, AQSh
•Xizer Kemp, ingliz tili professori, Minnesota davlat universiteti, AQSh
Bu oʻquv yilida Ave Mariya Kim fakultetda ingliz tili va adabiyoti talabalarining madaniy xilma-xillik kompetensiyasini rivojlantirish uchun assistent oʻqituvchi sifatida ishlaydi.
Bu esa ta’lim jarayonida talabalarga haqiqiy ingliz ta’lim muhitini his qilishga va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Amaliy ingliz tili kafedrasi
|
Professorlar |
Dotsentlar |
Katta o‘qituvchilar |
O’qituvchilar |
DSc va PhD |
Ilmiy salohiyat |
|
0 |
3 |
10 |
8 |
9 |
47% |
Kafedra mudiri: Usmanova Sevara Sultonovna
Mutaxasisligi: Lingvistika: Ingliz tili
Tug’ilgan joyi. Farg’ona viloyati Farg’ona shahri
Qabul vaqti: dushanba-seshanba 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: +99891 116 05 33
E-mail: mahkamovasevara078@gmail.com
Kafedra 2021 yilda tashkil etilgan. Hozirda kafedrada 20 nafar yuqori malakali professor - o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 8 nafar Phd, 5 nafar katta o`qituvchi va qolganlar o’qituvchi lavozimida faoliyat ko’rsatadi.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha spesifikasi: kafedra professor-o‘qituvchilari tilshunoslik fanining qiyosiy tilshunoslik, xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolari, tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi. Ilmiy muassasalar hamda o‘rta ta'lim maktablari, kollej va liseylar uchuningliz tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tayyorlaydi.
Yo‘nalish va mutaxassisliklar nomi, shifri va qisqa tavsifnomasi: Kafedra ingliz tili-bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy til va adabiyoti mutaxassislari yetishtirib chiqaradi. Ular to‘rt yil mobaynida ingliz tilshunosligining asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘la ma'lumot oladilar.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: kafedra a'zolari ingliz tilshunosligining dolzarb muammolari bilan shug‘ullanadi. Kafedrada 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi hamda 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.Kafedrada barchao`qtuvchilari CEFR va xalqaro sertifikatlariga ega.
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Amaliy ingliz tili” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar DSc ilmiy unvoni, 7 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 2 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 12 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 18 dan ortiq monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Nutq ko’nikmalari integratsiyasi
2.O’qish va yozish amaliyoti
3.Til aspektlari amaliyoti
4.Amaliy fonetika
5.Nutq va matn tahlili
6.Mamlakatshunoslik
7.Adabiyotshunoslikka kirish
8.Tili o’rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti
9.Qiyosiy adabiyotshunoslik
10. Ilmiy ish asoslari
11. Til sertifikatiga tayyorlash amaliyoti
Xalqaro hamkorlik
Amaliy ingliz tili kafedrasi dunyodagi yetakchi ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu hamkorliklar doirasida qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy maqolalar tayyorlash, stajirovka dasturlari, onlayn seminarlar va turli xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda.
Amaliy ingliz tili kafedrasi dunyodagi yetakchi ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida amaliy ingliz tili kafedrasi qo‘shma tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar tayyorlash, stajirovka dasturlarini tashkil etish, onlayn seminarlar hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Amaliy ingliz tili kafedrasi Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tarkibida nufuzli xalqaro universitetlar bilan qo’shma dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, dunyoning TOP 300 talikdagi universitetlar ro’yxatiga kiruvchi Malaziyaning USM universiteti bilan qo’shma o’quv seminarlar tashkil qilinmoqda. AQSH ning Georgiya davlat universitetiga qo’shma dastur bo’yicha so’rov yuborildi. Intensive English fakulteti dekani Dr. John Bunting mazkur taklifni universitet mutasaddilariga muhokamaga qo’ydi. Qolaversa, Malaziyaning USM universiteti, O’sh davlat universiteti (Qirg’iziston), Abay universiteti (Qozog’iston) bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatib, ushbu universitetlarning yetakchi olimlarini ma’ruzalar o‘qishga taklif qilgan.
Erasmus va boshqa xalqaro grantlar uchun loyihalar ishlab chiqish bo’yicha A.Toshmatov, L.Galimullina, A. Qosimov seminar treninglarda ishtirok etishdi va Access Microscholarship loyihasini davom ettirish bo’yicha AQSH elchixonasiga grant loyiha yuborildi.
Amaliy ingliz tili kafedrasining o’qituvchilari Umaraliyeva Munojot va Ne’matov Abdullajon o’zlarining ilmiy ishlarini dunyonig top 300 talik ro’yxatiga kiruvchi Malayziyaning USM (2026 QS-134) universitetida davom ettirishmoqda.
Mahalliy hamkorlar:
Jahon tillari universiteti
Andijon davlat chet tillari universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Kongitiv-tilshunoslik bo’yicha qo’shma tadqiqotlar
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Izoh: Xalqaro bazalardagi profil linki ko’rsatilgan qatorga Scopus, Web of Science (WoS) va Google Scholar bazalaridagi maqolalarning havolalari keltiriladi
|
№ |
FIO |
Lavozimi |
O‘zi haqida ma’lumot |
Xalqaro bazalardagi profil linki |
|
1. |
Usmanova Sevara |
Kafedra mudiri, |
1988- yil Farg’ona viloyati Farg’ona shahrida tug’ilgan. 2011-yil Farg’ona davlat universitetini, 2013-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan (Magistratura). Mutaxassisligi: ingliz tili. 2013-yildan Farg`ona Davlat Universitetida faoliyat yuritadi. 2022-yildan buyon matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlaydi |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=LpWpdBUAAAAJ |
|
2. |
Abdullayeva Nigora |
Dotsent v.b |
1981 yil Andijon viloyati Andijon shahrida tug’ilgan. 2001-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2011 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2025-yildan buyon amaliy ingliz tili kafedrasi dotsenti v.b lavozimida ishlaydi |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=sIDT93kAAAAJ |
|
3. |
Ibragimova Dilafruz |
Katta o`qituvchi |
1977-yilda Andijon viloyatida tug’ilgan. 1997-yil Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. 1997-yildan Farg`ona Davlat Universitetida faoliyat yuritadi. |
https://scholar.google.com/citations?user=YfaBmKYAAAAJ&hl=en&oi=ao |
|
4. |
Umaraliyeva Munojat |
Katta o`qituvchi |
1982-yil Farg’ona viloyati Toshloq tumanida tug’ilgan. 2004-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2007 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2004-yildan Farg`ona Davlat Universitetida faoliyat yuritadi. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=3XFUnsIAAAAJ |
|
5. |
Toshmatov Alimardon |
Katta o`qituvchi |
1977-yil Andijon viloyatida tug’ilgan.1999 yil Farg’ona davlat universitetini tamomlagan. 2016-yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=-LdGDEoAAAAJ |
|
6. |
Murotova Dilnoza |
Katta o`qituvchi |
1995 yil Farg’ona viloyati, Rishton tumanida tug’ilgan. 2018-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2021 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2022 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?user=Ch73QA0AAAAJ&hl=ru |
|
7. |
Shokirova Marhabo |
O`qituvchi |
1983 yil Buxoro viloyati Peshku tumanida tug’ilgan. 2004-yil O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini (bakalavr), 2006-yil O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini (Magistr) tamomlagan. 2015 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=lX8CChUAAAAJ |
|
8. |
Xolmatov Shaxriyor |
O`qituvchi |
1992 yil Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ilgan. 2014-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2017 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2017 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=OhYhyqYAAAAJ |
|
9. |
Galimullina Luiza |
Katta o`qituvchi |
1982 yil Farg’ona viloyati, Rishton tumanida tug’ilgan. 2003-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2008 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2018 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=XeOtpQgAAAAJ |
|
10. |
Qurbonov Nasibullo |
O`qituvchi |
1992 yil Farg’ona viloyati Quva tumanida tug’ilgan. 2014-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2017 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2020 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=LprmxB0AAAAJ |
|
11. |
Shermamatova Sevara |
O`qituvchi |
1994 yil Farg’ona viloyati, Bog’dod tumanida tug’ilgan. 2019-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2021 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2021 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?user=TCmhKGIAAAAJ&hl=ru |
|
12. |
Abduolimova Maftuna |
O`qituvchi |
1995 yil Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumanida tug’ilgan. 2018-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2021 yil Farg’ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2021 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=EXKw_AwAAAAJ |
|
13. |
Latipov Sherzod |
PhD, O`qituvchi |
1990 yil Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 2012-yil O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini (bakalavr), 2021 yil Webster universitetini tamomlagan. (magistr) 2021 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=q4eIJngAAAAJ |
|
14. |
Qosimov Abdulxay |
PhD, O`qituvchi |
1995 yil Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 2018-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2021 yil Webster universitetini tamomlagan. (magistr). 2021 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=uJ3-flwAAAAJ |
|
15. |
Jumaniyoz v Danyor |
O`qituvchi |
|
|
|
16. |
Xurshida Umarova |
Katta o`qituvchi |
1985-yil Farg'ona viloyati Oxunboboyev tumanida tug'ilgan. 2006-yil Farg'ona davlat universitetini (bakalavr), 2016-yil Farg'ona davlat universitetini (magistr), 2025-yil Farg'ona davlat universiteti 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha tayanch |
https://scholar.google.com/citations?user=Kta2Q7IAAAAJ&hl=en&authuser=3&oi=sra |
|
17. |
Maftuna Mamajonova |
Kattao`qituvchi |
1985 yil Farg'ona viloyati Toshloq tumanida tug'ilgan. 2005-yil Farg'ona davlat universitetini (bakalavr), 2022-yil Farg'ona davlat universitetini (magistr), 2025-yil Farg'ona davlat universiteti 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturani tamomlagan. 2025-yildan Farg'ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?user=0xcWcBMAAAAJ&hl=ru |
|
18. |
Xakimova Ziyoda |
Katta o`qituvchi |
1997-yil Rishton tumanida tugʻilgan. 2016-2020 FarDU bakalavr, 2020-2022 FarDU magistr. Universitetdagi faoliyatini 2022-yil boshlagan |
https://scholar.google.com/citations?hl=en&authuser=3&user=6yqDRdUAAAAJ |
|
19. |
Aliyeva Sarvinoz |
Katta o`qituvchi |
1998 yil Farg'ona viloyati, Farg'ona shaxrida tug'ilgan. 2020-yil Farg'ona davlat universitetini (bakalavr), 2022-yil Farg'ona davlat universitetini (Magistr) tamomlagan. 2023-yildan Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti hisoblanib, 2025-yil iyun oyida tayanch doktaranturani muddatidan oldin tamomlab, 2025-yil sentabr oyidan Farg'ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?user=lz4kTmgAAAAJ&hl=en |
|
20. |
Ne’matov Abdullajon |
O`qituvchi |
2000 yil Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ilgan.. 2022-yil Farg’ona davlat universitetini (bakalavr), 2024 yil Edinburg universitetini (Magistr) tamomlagan. 2025 yildan Farg’ona davlat universitetida ish faoliyatini boshlagan. |
https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=en&authuser=3&user=ePZQhDYAAAAJ |
INGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASI
Dotsentlar | Katta o‘qituvchilar | Oqituvchi | DSc va PhD | Ilmiy salohiyat | |
47.5% |
Kafedra mudiri: Axmedova Matlubaxon Ibragimdjanovna
Tugilgan joyi:1979- yil Farg’ona viloyati Quvasoy shahar
Mutaxasisligi: Pedagogika (faoliyat turlari bo’yicha)
Qabul vaqti: juma 14:00-16:00
Uyali aloqa telefoni: +99936814114
E-mail: akhmedovamatlyuba@gmail.uz
Kafedra to’g’risida qisqacha ma’lumot:
Hozirda kafedrada 17 nafar yuqori malakali professor - o‘qituvchilar bo‘lib, ulardan 1 nafari professor, 1 nafari fan nomzodi, 2 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 6 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 10 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta‘limi xodimi, Professor Jamol Jalolov faoliyat yuritgan. Kafedraning 5 nafar professor – o‘qituvchilari dunyoning top 300 taligi ro‘yxatida 38 - o‘rinni egallagan Kazanskiy (Privoljskiy) federalniy universitetida, 3 nafari Malayziyaning USM universitetida (dunyoning top 300 taligi royxatida 146 –o’rin) ixtisosliklari bo‘yicha malakalarini oshirganlar. Hozirgi kunda Malayziyaning USM universiteti proferssorlariA.Nagaletchimee, Siti Soraya Lin Binti Abdullah Kamal, Mohamad Pakri Rashidiy kafedrada ilmiy hamkorlik doirasida faoliyat olib bormoqda.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha spetsifikasi: kafedra professor-o‘qituvchilari tilshunoslik fanining qiyosiy tilshunoslik, xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarb muammolari, tarjimashunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi. Ilmiy muassasalar hamda o‘rta ta‘lim maktablari, kollej va litseylar uchun ingliz tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tayyorlaydi.
Yo‘nalish va mutaxassisliklar nomi, shifri va qisqa tavsifnomasi: Kafedra ingliz tili-magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha va ingliz tili-bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy til va adabiyoti mutaxassislari yetishtirib chiqaradi. Magistratura yo‘nalishi ikki yil, bakalavr esa to‘rt yil mobaynida nemis va fransuz tilshunosligining asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘la ma'lumot oladilar.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: kafedra a‘zolari ingliz tilshunosligining dolzarb muammolari bilan shug‘ullanadi. Kafedrada 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va komp'yuter lingvistikasi hamda 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Kafedraning erishgan yutuqlari
Qurbonova Mohidil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini g‘olibi bo‘lgan.
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Abdurahimova F.B. (PhD, 2024 y.), Turdiyeva G.A. (PhD, 2024 y.), Kasimova M.U. (PhD, 2024 y.), Mirzayev A.B. (PhD, 2025 y.), M.Sh.Tojiboyeva (PhD, 2025 y.).
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
Magistratura:
7.Xalqaro hamkorlik
Texnologik ta’lim kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
8.Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar
Malayziyaning Sains universiteti bilan tuzilgan Memorandum asosida va Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2024-yil 18-apreldagi shartnomasi bilan Malayziya fanlar universiteti ma’sofaviy ta’lim fakultetining o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) Zulnaidi bin Ya Acob (Scopus h-indeksi 4), falsafa doktori (PhD) Siti Soraya Lin Binti Abdullah Kamal (Scopus h-indeksi 2), falsafa doktori Nagaletchimee Annamalai (Scopus h-indeksi 10), falsafa doktori Omar Ali Ahmad al-Samadi (Scopus h-indeksi 2)ga Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasida dars mashg‘ulotlari o‘tishlariga ruhsat berildi.tashrif buyurdi. Shuningdek, kafedraning o‘qituvchilari F.bdurahimova, A.Ohunov, A.Mirzayevlar Malayziyaning top 300talikka kirgan universiteti USMda 14 kunlik stajirovkaga bo‘lib qaytishdi.
Qirg‘iz Respublikasi Batken davlat universiteti va Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutlari bilan xamkorlikda 4 nafar talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kafedrada bizning yo‘nalishga mos bo‘lgan fanlar o‘tilishi munosabati bilan ularni ma’ruzalar o‘qish uchun universitetga jalb etish va talabalar almashinuvini amalga oshirish, shuningdek ular bilan xamkorlikda ilmiy –tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.
Ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi dotsent Mamajonova Mahbuba Mirzayevna ko'p yillik mehnatlari uchun "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar
№ | FISH | Lavozimi | O‘zi haqida ma’lumot | Xalqaro bazalardagi profil linki |
1 | Axmedova Matlubaxon Ibragimjonovna | Dotsent | 1979-yil 10-yanvarda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda O`zbekistona davlat Jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili o‘qituvchisi.2014-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2024 yildan boshlab Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. | https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=mVtUbPYAAAAJ |
2 | Kasimova Guljaxon Maxmudovna | Professor | 1950-yil 13- fevralda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili. 1989-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi | https://scholar.google.com/citations?user=BAzKGp8AAAAJ&hl=ru |
3 | Mamadjanova Mahbuba XXX | Dotsent | 1944-yil 18- martda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1968-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili. 1981-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=w973pd4AAAAJ |
4 | Mohamad Rashidi bin Mohd Pakri | Dotsent | 1971-yil 26-mayda Kedah shtatida tug‘ilgan. 1993-yilda Baling tumani Viskonsin universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Teaching English as a Second Language. 2025-yil sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?user=oZjYnbQAAAAJ&hl=en |
5 | Abdurahimova Feruza Bahodirovna | katta o’qituvchi | 1988-yil 18-avgustda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili o‘qituvchisi. 2017-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. | https://scholar.google.com/citations?user=vDQoQ0UAAAAJ&hl=ru |
6 | Gofurova Nozima Ikramovna | katta o’qituvchi | 1987-yil 24-iyunda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili o‘qituvchisi. 2015-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi.. | https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/479 |
7 | Kasimova Mukammal Umaraliyevna | katta o’qituvchi | 1989-yil 11-iyunda Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida tug‘ilgan. 2022 yilda Toshkent Webster universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi –ingliz tili o‘qtuvchsi. 2022-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=saEhxroAAAAJ |
8 | Turdiyeva Gulmira Akramjonovna | katta o’qituvchi | 1988-yil 1-dekabrda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. 2019-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: ingliz tili o‘qituvchisi. 2019-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. | |
9 | Axundjonova Mohira Azamovna | Katta o’qituvchi | 1954-yil 1-mayda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 1976-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini tamomlagan Mutaxassisligi: ingliz tili o‘qituvchisi. 1998-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi | |
10 | Pakirdinova Sharofat Abdumutallibjonovna | Katta o’qituvchi | 1987-yil 10-yanvarda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan Farg‘ona davlat universitetini 2008 yilda bitirgan. Mutaxassisligi –ingliz tili o‘qtuvchsi. 2015-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=lS7LZ8AAAAAJ |
11 | Gaforov Ikboljon Uktamovich | Katta o’qituvchi | 1986-yil 7-martda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. 2019 yilda Toshkent Webster universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi –ingliz tili o‘qtuvchsi. 2019-yildan Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritadi. | https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=FSw6YR8AAAAJ https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59406035200&origin=resultslist |
12 | Oxunov Asilbek Olimjon o`g`li | O‘qituvchi | 1991-yil 17-yanvarda Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. 2014-yilda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi:, ingliz o‘qituvchisi. 2021-yildan buyon Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?user=SJkX8nkAAAAJ&hl=ru |
13 | Qo`chqorova Zulfizar Abduxamid qizi | O‘qituvchi | 1997-yil31-avgustda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon tumanida tug‘ilgan. 2019- yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o’qituvchisi. 2021 yil 6-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=PcAJ_rkAAAAJ |
14 | Mirzaev Ashurali Baxtiyor o`gli | O‘qituvchi | 1997 yil 24-mayda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2020- yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o’qituvchisi. 2021 yil 6-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=77t2SvUAAAAJ https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=59650787000&origin=recordpage |
15 | Axmadaliyeva Gulmira Ma’rufjon qizi | O’qituvchi | 1991-yil 17-dekabrda Andijon viloyati, Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2019- yil Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o’qituvchisi. 2021 yil 2-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=huZi08gAAAAJ |
16 | Turdimatova Madina Ravshanbek qizi | O‘qituvchi | 1995-yil 8-sentyabrda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2019- yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o’qituvchisi. 2021 yil 6-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=4XOed3QAAAAJ |
17 | Irgasheva Nigora Kamolxon qizi | O‘qituvchi | 1993-yil 28-sentyabrda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shaxarda tug‘ilgan. 2016- yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o‘qituvchisi. 2016-yildan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | |
18 | Tojiboyeva Mohinur Sherali qizi | Katta o‘qituvchi | 1995-yil 14-iyunda Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 2018- yil Samarqand davlat chet tillar universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o’qituvchisi. 2025 yil 17-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?user=IJd2QMMAAAAJ&hl=en |
19 | Ismoilova Gulyora xabibullo qizi | O‘qituvchi | 1996-yil 29-oktyabrda farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2019- yil Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi ingliz tili o‘qituvchisi. 2021 yil 8-sentyabrdan buyon Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi | https://scholar.google.com/citations?hl=en&user=ugKQvcwAAAAJ |