Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %
images/file-1777355941747-432050401.png

Mamajonov Shuxratjon Asqarovich

Fakultet dekani
1971-yil 17-yanvarda Farg‘оna vilоyati, Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan.

Qabul kunlari:

Har kuni 14:00-16:00

images/file-1777356109588-492663116.png

Mamurov Shuxratbek Shakirovich

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan o`rinbоsari
1968-yil 6-noyabrda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida tug`ilgan.

Qabul kunlari:

Dushanbadan-shanbagacha 9:00-15:00

images/file-1777356344172-361231271.jpg

Musayev Iskandar Ibragimovich

O’quv ishlari bo’yicha dekan o`rinbоsari
1989 - yil 9 - iyulda Farg‘оna vilоyati Quva tumanida tug‘ilgan.

Qabul kunlari:

Dushanbadan-shanbagacha 9:00-15:00

images/file-1777356524704-133544020.jpg

Abduxakimova Xusnidaxon Abdullayevna

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1983-yil 3-martda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida tug‘ilgan

Qabul kunlari:

Dushanbadan shanbagacha 9:00-15:00

images/file-1777356669274-815836300.png

Yusupova Moxidil Abdumutalibovna

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi
1978-yil 26-dekabr Farg‘ona viloyati, Qo`shtepa tumani tug`ilgan.

Qabul kunlari:

Dushanbadan shanbagacha 9:00-15:00

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli qarori 9-bandiga asosan 2017-yilda Farg‘ona davlat universitetida Zootexniya fakulteti tashkil etilgan. Zootexniya fakultetida “Tuproqshunoslik” hamda “Zootexniya va agronomiya” kafedralari mavjud. “Zootexniya va agronomiya” kafedrasida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “Zootexniya: asalarichilik”, “Tuproqshunoslik” kafedrasida “Tuproqshunoslik” yo`nalishida talabalar tayyorlanmoqda.

Fakultetda o’quv-uslubiy ishlarni talab darajasida tashkillash, talabalarni yetuk mutaxassis qilib tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada yo’lga qo’yish borasida sidqidildan mehnat qilgan, jamoaga rahbarlik qilgan fakultet dekani lavozimida geografiya fanlari nomzodi dotsent R.T.Pirnazarov (2017-2018), qishloq ho‘jalik fanlari nomzodi, dotsent M.G’oziyev (2019-2020), biologiya fanlari doktori professor M.Isag‘aliyev (2020-2022) lar faoliyat yuritganlar.

Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 28-yanvardagi №30-sonli universitet tashkiliy tuzilmasi to‘g‘risidagi buyrug‘i 2.1-bandida zootexniya hamda uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo‘shma fakultetlari negizida yagona “Agrar qo‘shma fakultet” tashkil etish ва 2.2-bandida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va zootexniya va agronomiya kafedralari negizida “Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi” tashkil etish belgilangan.

Bugungi kunda fakultetda 5 nafar fan doktori, professor, 17 nafar yetakchi fan nomzodi, dotsent, 8 nafar katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi samarali faoliyat olib bormoqdalar.

2023-yil -yanvardan fakultetga iqtisod fanlari nomzodi dotsent O‘rinov Akmaljon Ahmadjonovich rahbarlik lavozimida faoliyat ko`rsatgan. 2024- o’quv yilidan boshlab biologiya fanlari falsafa doktori (Phd) Asqarov Kamoliddin Abdug‘aniyevich rahbarlik qilmoqda.

Fakultetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida jami 14 nafar tayanch doktorant, 2 nafar fan doktorantlari o‘zlarining ilmiy ishlarini olib borishmoqda. Xususan:

Fakultetda ilmiy-tadqiqot ishlari tizimli tashkil etilgan bo‘lib, 03.00.13-Tuproqshunoslik va 06.02.03-Xususiy zootexniya, Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi va 06.01.08 - O‘simlikshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilar faoliyat ko‘rasatib kelmoqda.

03.00.13 – Tuproqshunoslik bo‘yicha 3 nafar yosh doktarantlar;

06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha 2 nafar (tayanch doktorantura) yosh doktarant;

06.01.08 - O‘simlikshunoslik bo‘yicha 4 nafar yosh doktarant;

06.01.07- Mevachilik va uzumchilik bo‘yicha 4 nafar doktarant.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud. Jumladan, Tuproqshunoslik, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar hamda Mevachilik va sabzavotchilik kafedralari faoliyat olib bormoqda.

Fakultetda bugungi kunda ilmiy salohiyat 61 foizni tashkil etadi.

Fakultetda quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari tayyorlanadi:

60530700 – Tuproqshunoslik;

60810800 – Zooinjeneriya

60810400 – Agronomiya

60810200 – Agrokimyo va tuproqshunoslik

60812100 – Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi;

60811500 – Zooinjineriya (Asalarichilik);

60810900 – Agronomiya (Anorchilik);

60811800 – Mevachilik va uzumchilik;

60811900 – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik;

60812000 – Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish.

Fakultetda quyidagi magistratura mutaxasisliklari tayyorlanadi:

70530701 – Tuproqshunoslik;

70530702– Eksperemental agroximiya.

Fakultetda quyidagi doktorantura yo‘nalishlarida fan nomzodlari tayyorlanmoqda:

03.00.13 – Tuproqshunoslik bo‘yicha 1 nafar yosh doktarant;

06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha 1 nafar yosh doktarant.