Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %

​Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

images/file-1777696159687-800440518.png

Toirova Nargiza Isakovna

Fakultet dekani
Tugilgan joyi yili: 1974-yil Farg'ona shahar
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotcent

Qabul kunlari:

Payshanba - Juma, 14:00-16:00

images/file-1777696865084-157436113.jpg

Musaev Boburbek Mirzaakbarovich

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1990-yil 27-yanvarda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan.
Mutaxasisligi: Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Qabul kunlari:

chorshanba-payshanba 14:00-16:00

images/file-1777697239658-59700910.png

Abdullaeva Nigora Shavkatovna

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi
Tugilgan joyi yili1981 yil Andijon viloyat
Mutaxasisligi: Lingvistika (ingliz tili)

Qabul kunlari:

juma 14:00-16:00

images/file-1777697508411-174518881.png

Pakirdinova Sharofat Abdumutalibovna

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Tug'ilgan joyi: 1987 yil, Farg'ona
Mutaxassisligi: Tilshunoslik (ingliz tili)

Qabul kunlari:

dushanba-shanba, 9:00-11:00

images/file-1777697744241-323987448.png

Tursunov Shoxinur Maxammadqosim o‘g‘li

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Tug'ilgan joyi yili : 1995-yil 4-iyul, Andijon viloyati, Jalaquduq tumani.
Mutaxassisligi: Lingvistika (Ingliz tili)

Qabul kunlari:

Dushanba-shanba9:00-11:00

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda fakultetda 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va xodim faoliyat yuritmoqda. Fakultet tarkibida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi hamda Amaliy ingliz tili kafedralari faoliyat olib boradi.

Fakultetning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri zamonaviy pedagogik va innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy tillarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, kasbiy va kommunikativ kompetensiyalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Ta’lim jarayonida talabalarda Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur, yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlar, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Jahon talim tizimida kechayotgan transformatsion jarayonlar xorijiy tillarni samarali oqitish, talabalarning ogzaki va yozma nutq kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, ularning zamonaviy ilmiy va axborot resurslaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni taqozo etmoqda. Mazkur talablar asosida fakultetda ta’lim jarayoni nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan samarali foydalanish tamoyillari asosida tashkil etiladi.

Fakultet jamoasining ustuvor maqsadiingliz tilida erkin va samarali muloqot qila oladigan, zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega, xalqaro standartlar asosida faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir. Talabalarning zamonaviy ilmiy manbalar, global axborot resurslari va jahon ilm-fani yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, akademik hamkorlik hamda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish fakultet faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

ILMIY-PEDAGOGIK SALOHIYAT

Fakultetda faoliyat yuritayotgan professor-oqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati talim sifatini taminlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.

Fakultet professor-oqituvchilari quyidagi ilmiy ixtisosliklar boyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda:

·         10.00.04 — Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti;

·         10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;

·         10.00.11 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;

·         13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).

Fakultetning ilmiy-pedagogik salohiyat ko‘rsatkichi 70 foizdan ortiqni tashkil etadi. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslangan ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan.

Shuningdek, fakultetning 5 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Universiti Sains Malaysia (USM) universitetida doktorantura bosqichida tahsil olmoqda. Universiti Sains Malaysia (USM) QS World University Rankings 2027 reytingida 128-o‘rinni egallab, dunyoning top-150 universitetlari qatoridan joy olgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar fakultetning ilmiy-tadqiqot salohiyati, akademik faolligi va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan aloqalari izchil rivojlanib borayotganini namoyon etadi.

XALQARO HAMKORLIK VA LOYIHALAR

Fakultet xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish va talabalarning xalqaro akademik muhitdagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.

Jumladan, Nargiza Toirova, Dilafruz Ibragimova, Alimardon Toshmatov, Luiza Galimullina va Iqboljon Gaforov kabi professor-o‘qituvchilarning tashabbuslari va ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilgan. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati qariyb 150 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Fakultet negizida amalga oshirilgan muhim xalqaro loyihalar qatoriga quyidagilar kiradi:

·         EMI (English as a Medium of Instruction) loyihasi — 2019–2021-yillar;

·         English Access Microscholarship Program (ACCESS) — SUZ80020GR0040 raqamli loyiha, 2020–2022-yillar;

·         English Access Microscholarship Program (ACCESS) — 2022–2024-yillar;

·         Establishment of American Drama Club — SUZ80021GR3149 raqamli loyiha, 2021–2022-yillar.

Mazkur xalqaro loyihalar doirasida talabalarning ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshirish, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlarning madaniyati va adabiyoti haqidagi bilimlarini kengaytirish hamda xalqaro ta’lim muhitiga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli akademik va madaniy tadbirlar amalga oshirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlik 2017-yildan boshlangan bo‘lib, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida English Language Fellow Program dasturi asosida AQShdan malakali mutaxassislar ta’lim va ilmiy faoliyatga jalb etildi.

Xususan, amerikalik mutaxassis Grem Derri 2017-yil sentabridan 2019-yil mayigacha, Keyt Virjiniya Bridjman 2020-yil sentabridan boshlab, Meri Strabala esa 2021–2024-yillarda faoliyat yuritib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan hamkorlik qildi.

Shuningdek, Fulbright dasturi doirasida AQShlik mutaxassis Keti Reymond 2019-yil 11-maydan 1-iyungacha hamda 2020-yil 2-maydan 16-maygacha ta’lim faoliyatida ishtirok etdi. Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy maqola yozish hamda akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

English Teaching Assistant (ETA) dasturi doirasida amerikalik mutaxassislar Xanna Rotvell va Kseniya Matis 2021-yil davomida fakultet talabalari, jumladan, ACCESS loyihasi ishtirokchilari bilan hamkorlik qilib, ularning ingliz tilidagi kommunikativ va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shdilar.

2024–2025-o‘quv yilida Ave Mariya Kim ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning madaniy xilma-xillik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat doirasida assistent-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritdi.

2022-yilda Germaniyaning SES (Senior Experten Service) dasturi doirasida mutaxassis Rayner Bleyx fakultet talabalariga ta’lim berib, ularning kasbiy va til kompetensiyalarini rivojlantirishga ko‘maklashdi.

2025–2026-o‘quv yilida Universiti Sains Malaysia (USM) professori Mohamad Pakri Rashidiy fakultetning magistr va bakalavr talabalariga ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.

XALQARO KONFERENSIYALAR VA AKADEMIK HAMKORLIK

 

Fakultetning xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati doirasida 2024-yil 18-aprel kuni Amaliy ingliz tili hamda Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedralari tomonidan xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada AQSh va Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar ishtirok etib, zamonaviy til ta’limi, amaliy lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasining dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qildilar.

AQShdan konferensiyada quyidagi mutaxassislar faol ishtirok etdi:

·         Djon D. Banting, PhD, katta o‘qituvchi, Ingliz tilini intensiv o‘rganish dasturi direktori, Amaliy lingvistika kafedrasi, Jorjiya davlat universiteti;

·         Robin Valeri Kesi, katta o‘qituvchi, Ingliz tilini intensiv o‘rganish dasturi direktori, Amaliy lingvistika kafedrasi, Jorjiya davlat universiteti;

·         Sheron Santmayer, o‘qituvchi, Ingliz tilini intensiv o‘rganish dasturi, Jorjiya davlat universiteti;

·         Xizer Kemp, ingliz tili professori, Minnesota davlat universiteti.

Mazkur xalqaro konferensiya fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xorijiy mutaxassislar bilan ilmiy fikr almashish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va akademik aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

ZAMONAVIY TA’LIM MUHITI

Xorijiy mutaxassislarning talim jarayoniga jalb etilishi talabalarga ingliz tilidagi real akademik va kommunikativ muhitda bilim olish, turli madaniyatlar bilan bevosita tanishish, ilgor tajribalarni ozlashtirish hamda ingliz tilidan tabiiy va samarali foydalanish imkonini bermoqda.

Mazkur hamkorlik talabalarning kommunikativ, madaniyatlararo va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, talim mazmunini boyitish hamda oquv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti zamonaviy talim standartlari, ilgor xorijiy tajriba va innovatsion pedagogik yondashuvlarni uygunlashtirgan holda, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlamoqda. Fakultet bitiruvchilarining akademik va kasbiy yutuqlari ta’lim samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.

Bugungi kunda fakultetni tamomlagan bitiruvchilarning 35 foizdan ortig‘i AQSh, Janubiy Koreya hamda boshqa nufuzli xorijiy universitetlarda magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Ushbu ko‘rsatkich bitiruvchilarning mustahkam akademik tayyorgarligi, yuqori salohiyati hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatini namoyon etadi. Shuningdek, bu natija fakultet bitiruvchilarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish va turli akademik muhitlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur tayyorgarlikka ega ekanini ko‘rsatadi.