Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %
18-Sentyabr/2026-yil

FARDUDA “ISLOM KARIMOV O‘QISHLARI” DOIRASIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BOSHLANDI

 Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati: tarixiy meros va madaniy yuksalish” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.
         Ilmiy anjuman O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi madaniy taraqqiyoti, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni ilmiy jihatdan o‘rganish, tahlil qilish hamda keng jamoatchilikka yetkazish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
         Anjuman ishtirokchilari — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari Temur Shirinov Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov hamda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov tomonidan milliy an’analarimizga xos samimiy va yuksak hurmat ruhida kutib olindi.
         Mehmonlar universitetda tashkil etilgan, Birinchi Prezident Islom Karimovning hayoti va faoliyati, mamlakatimiz mustaqilligi hamda taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatiga oid foto-suratlar va nashrlar namoyish etilgan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
         Ko‘rgazma bilan tanishuv jarayonida Islom Karimovning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi faoliyati, mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimiz oldida turgan muhim vazifalar hamda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi tashabbuslari haqida samimiy fikr almashildi. Kitoblar va tarixiy fotosuratlar yuzasidan kechgan suhbat anjuman ishtirokchilarida alohida taassurot qoldirdi.
        Anjuman doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyatining rivojlanish bosqichlari, tarixiy obidalar va madaniy merosni muhofaza qilish, milliy san’at va adabiyotning taraqqiyoti, ma’naviy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni kabi yo‘nalishlarda ilmiy ma’ruzalar va fikr-mulohazalar bildirildi.
         Tadbir olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ilmiy fikr va tajriba almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim ilmiy-ma’rifiy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
         “Islom Karimov o‘qishlari” doirasidagi mazkur anjuman milliy tariximiz va madaniy merosimizni chuqur o‘rganish, mustaqillik davrida erishilgan madaniy yutuqlarni ilmiy tahlil qilish hamda ularning ahamiyatini yosh avlodga yetkazish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biridir.
 

images/file-1789730254098-550871209.jpgimages/file-1789730254100-463853787.jpgimages/file-1789730254102-608128592.jpgimages/file-1789730254104-956589592.jpgimages/file-1789730254105-243251004.jpgimages/file-1789730254106-978098892.jpgimages/file-1789807001603-494687214.jpgimages/file-1789807001604-270338765.jpgimages/file-1789807001605-904985292.jpgimages/file-1789807001607-475711090.jpg