Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %
21-Sentyabr/2026-yil

BIZNING TALABA — OSIYO O‘YINLARI SOVRINDORI!

Farg‘ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakulteti 2-bosqich talabasi Humoyunmirzo Halimov sportning karate yo‘nalishi bo‘yicha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.
          55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan yosh sportchimiz yuqori mahorat, kuchli iroda va qat’iyat namoyish etib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
          Ushbu natija O‘zbekiston sporti, xususan, karate maktabi uchun muhim yutuqlardan biri bo‘lishi bilan birga, Farg‘ona davlat universiteti jamoasi uchun ham katta faxr va quvonch bag‘ishladi.
          Humoyunmirzo Halimovning xalqaro miqyosdagi ushbu muvaffaqiyati universitetimizda sportga, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yorqin natijasidir.
          O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Humoyunmirzo Halimovni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi!

images/file-1789974996494-50477597.jpgimages/file-1789974996494-281996387.jpgimages/file-1789974996494-509601743.jpgimages/file-1789974996496-392369976.jpg