Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Farg‘ona davlat universiteti
Jismoniy madaniyat va sport faoliyati fakulteti 2-bosqich talabasi Humoyunmirzo
Halimov sportning karate yo‘nalishi bo‘yicha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida
o‘tkazilayotgan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini
munosib himoya qildi.
55 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan
yosh sportchimiz yuqori mahorat, kuchli iroda va qat’iyat namoyish etib,
musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natija O‘zbekiston sporti, xususan,
karate maktabi uchun muhim yutuqlardan biri bo‘lishi bilan birga, Farg‘ona
davlat universiteti jamoasi uchun ham katta faxr va quvonch bag‘ishladi.
Humoyunmirzo Halimovning xalqaro miqyosdagi
ushbu muvaffaqiyati universitetimizda sportga, iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilayotgan
e’tiborning yana bir yorqin natijasidir.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va
Farg‘ona davlat universiteti jamoasi Humoyunmirzo Halimovni ushbu yuksak natija
bilan samimiy muborakbod etadi!



