Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %
images/file-1794547783382-774688595.png

Professor-o‘qituvchilar diqqatiga!

E’LON! Professor-o‘qituvchilar diqqatiga! Yevropa Ittifoqi davlatlari oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash va malaka oshirish uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 24-apreldagi 02-PA 1/1-2081xdfu-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari tibbiyot va texnologiyalar kongressi yakunlari yuzasidan Yo‘l xaritasi”ning 2.2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2026-yil 2-maydagi 9-yig‘ilishi qaroriga muvofiq, universitet professor-o‘qituvchilari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash va malaka oshirish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi. Tanlov professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or Yevropa tajribasini o‘rganish hamda Yevropa hamkor universitetlari (Erlangen-Nyurnberg, Mayns universitetlari va boshqalar), DAAD va boshqa xalqaro dasturlar doirasida akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Tanlovda ishtirok etish shartlari: – Farg‘ona davlat universitetida asosiy shtatda professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi; – kamida 2 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi; – ingliz, nemis yoki fransuz tilini stajirovka dasturida ishtirok etish uchun yetarli darajada bilishi (B2 darajasi yoki unga teng); – so‘nggi 3 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyatda muayyan natijalarga erishgan bo‘lishi (ilmiy maqolalar, o‘quv-uslubiy ishlanmalar, xalqaro loyihalarda ishtirok va boshqalar); – stajirovka (malaka oshirish) dasturi kafedra yo‘nalishiga mos bo‘lishi; – stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalarini asoslab bera olishi hamda o‘zlashtirilgan tajribani universitet ta’lim va ilmiy faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflarga ega bo‘lishi. Tanlov uchun talab etiladigan hujjatlar: – universitet rektori nomiga ariza; – ma’lumotnoma (CV); – ilmiy-pedagogik faoliyat natijalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot; – til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa); – stajirovka maqsadi va kutilayotgan natijalari bayon etilgan motivatsion xat (1–2 bet); – qabul qiluvchi tashkilotning taklifnomasi yoki dastur ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa); – xorijga chiqish pasporti nusxasi. Hujjatlar fakultet dekanining bildirishnomasi bilan taqdim etiladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 13-may. Hujjatlarni topshirish joyi: Universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limi. Saralash natijalari: 2026-yil 15-mayda ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon: 73 244-60-69.